OddiybO`ymodaron – Achillea millefoliumL. qoqio‘tdoshlar-Asteraceae oilasiga mansub, ko`p yillik bo`yi 20-50 (ba‘zan 80) sm ga etadigan o`t o`simlik. Ildizpoyasi shoxlangan bo`lib, еr ostki novda hosil qiladi. Bunday novdadan ildizoldi eying va poyalar o`sib chiqadi. Poyasi bir nechta, tik o`suvchi, yuqori qismi shoxlangan bo`lib, ular qalqonsimon gul to`plamlari bilan tamollanadi. Bargi oddiy, ikki marta patsimon ajralgan bo`lib, poyada bandsiz ketma ket o`rnashgan. Gullari savatchaga to`plangan. Savatchalar o`z navbatida qalqonsimon to`pgulni tashkil etadi. Mevasi – yassi, tuxumsimon, kulrang pista. Lyun oyidan boshlab yoz oxirlarigacha gullaydi, mevasi avgustdan boshlab etiladi.
Levzeya – Rhaponticum carthamoides (Willd.) Iljin. (Leuzea carfhamoides (Willd.) D.C.); qoqio‘tdoshlar – Asteraceae oilasiga kiradi.
Levzeya ko`p yillik, bo`yi 50-180 sm ga etadigan o`t o`simlik. Ildizpoyasi yog`ochlangan, yo`g`on, shoxlangan bo`lib, еr ostida gorizontal joylashgan. Bargi oddiy, umumiy ko`rinishi ellipssimon yoki cho‘ziq tuxumsimon, 5-8 ta chuqur patsimon bo`lakka ajralgan. Ildiz oldi barglari band1i, poyadagi barglari esabandsiz bo`lib, poyada ketma- ket joylashgan. Gullari yirik, sharsimon savatchaga to`plangan. Mevasi – pista. Iyul-avgust oylarida o`stiriladi. Iyunda gullaydi.
Sibirning va sharqiy Qozog`istonning tog`lik tumanlarida (Sayan, Oltoy va Kuznetsk Olatog`ida, Jungar Olatog‘da) uchraydi. Maxsarsimon levzeya O`zbekistonga 1955-yilda Leningradning botanika bog`idan olib kelib ekilgan. O‘simlik yorug‘sevar, nisbatan qurg`oqchilikka chidamliligi, sovuqqa bardoshliligi, o`sib rivojlanish davomida issiqqa talabchan emasligi bilan ajralib turadi va 5°C darajagacha sovuqqa chidaydi.
O`zbekistonning tog` va tog` oldi tuproqlarida yaxshi o`sadi. Levzeya o`simligi ko`p yillik bo`lgani uchun urug`idan va ildizpoya qalamchalaridan ekib o`stiriladi.
Dorivor fenxel – Foeniculum officinalis AH. Ziradoshlar – Apiaceae oilasiga kiradi. Ko`p yillik (plantatsiyalarda ikki yillik qilib o`stiriladi), bo`yi 90-200 sm ga etadigan о‘t o`simlik. Poyasi tik o`suvchi, ko`p qirrali va sershoxli. Bargi uch-to`rt marta patsimon ajralgan va qini bilan poyada ketma-ket joylashgan. Barg bo`laklari ingichka chiziqsimon yoki ipsimon. Gullari mayda, sariq bo`lib, murakkab soyabonga to`plangan. Soyabonda o`rama va o`ramacha eying bo`lmaydi. Kosacha bargi juda mayda, tojbargi 5 ta, chanchisi 5 ta, onalik tuguni ikki xonali, pastga joylashgan. Mevasi – qo`shaloq pista, iyul-avgust oylarida gullaydi, mevasi sentyabrda pishadi.