Introduktsiya” atamasi lotincha “introductio”



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə15/63
tarix14.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#178087
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   63
portal.guldu.uz-intraduksiya

Stevia- Stevia rebaudiana Bertoni. Qoqio‘tdoshlar (Asteraceae) oilasiga mansub qisqa kunli o‘simlik. Vatani Janubiy Amerika (Paragvay). Oʻzbekistonga 1987 yilda prof. G.E. Shmaraev olib kelgan. O‘zR Vazirlar Mahkamasining 1994 y
14 martida 102 sonli maxsus farmoyishi bilan «Steviya еtishtirishni va undan foydalangan holda oziq ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni o`zlashtirish» dasturi qabul qilindi.
Steviya, bo`yi 1 metrgacha еtadigan bir yillik o`simlik. Uning barglari oddiy, poyada qarama-qarshi shaklda joylashgan, uzunligi 2-3 sm еtadi. Barg yaprog`inng yuzasi silliq, oldi tomoni qalami holda joylashgan. Gullari 3-4 mm uzunlikdagi 6-7 dona oq murakkab to`pgulda yig`ilgan. Mevasi 3-4 mm. Sentabr – noyabr oylari gullaydi. Urug`lari oktabr-noyabr oylarida pishib еtiladi.
Steviya steviozid glikozidi, qandli diabet, organizmda ortiqcha yog`larni to`planishi hamda eying jarayonlarni buzilishi bilan bog`liq bo`lgan kasalliklarda qo`llaniladi. Bundan tashqari gipotenziv (qon bosimni pasaytiradi), kardiotonik, eying rial, antifungal, antiviral, eying , tonik hamda yaralarni davolashda samarali vosita sifatida qo`llaniladi.
Respublikamizda steviya o`simligi plantatsiyalari kengaymoqda. Misol uchun, Surxondaryo viloyati, Sho`rchi tumanida ―Olloyoroxun‖ steviya eksperimental fermer xo`jaligi 7 gektar maydonda ushbu o`simlik plantatsiyalarini tashkil etib, parvarish qilib kelmoqda. 2019 yilda Toshkent viloyatining, O`rtachirchiq tumanida 64 gektar maydonda steviya plantatsiyalari tashkil qilingan.
Dorivor tirnoqgulCalendula officinalis L. qoqio‘tdoshlar – Asteraceae oilasiga mansub bir yillik, bo`yi 30-50 (ba‘zan 60) sm ga еtadigan o`t o`simlik. Poyasi qattiq, tik o`suvchi, asos qismidan boshlab shoxlangan, qirrali bo`lib, yuqori qismi bezli tuklar bilan qoplangan. Bargi oddiy, bandli, cho`ziq-teskari tuxumsimon, sertuk, poyada ketma-ket joylashgan. Poyaning yuqori qismidagi barglari bandsiz, tuxumsimon yoki lansetsimon, gullari savatchaga to`plangan. Mevasi – pista. Iyun oyidan boshlab, kech kuzgacha gullaydi, mevasi iyuldan boshlab еtiladi.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin