Introduktsiya” atamasi lotincha “introductio”



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə11/63
tarix14.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#178087
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63
portal.guldu.uz-intraduksiya

Dorivor lavanda – Lavandula officinalis . Doim yashil buta, bo`yi 0,5 -1 m gacha etadi. Vatani O`rta Yer dengizi bo`yidagi mamlakatlar, ko`proq Fransiyada uchraydi. Joy tanlamaydigan o`simlik, ohakka boy bo`lgan toshloq yonbag`irlarda, hattoki 1700 – 1800 m gacha balandlikda ham uchraydi. 1930 yil Suxumi botanika bog`idan olib kelingan ko`chatlar O‘rta Osiyo davlat universiteti Botanika bog`iga ekilgan. Hozirda respublikamizda keng o`stirilmoqda.
Qalampir yalpiz – Mentha piperita L., yalpizdoshlar – Lamiaceae oilasiga kiradi. Ko`p yillik, bo`yi 30-100 sm ga еtadigan o`t o`simlik. Poyasi bir nechta, tik o`suvchi, to`rt qirrali, tuksiz yoki siyrak tukli. Bargi oddiy, cho`ziq tuxumsimon yoki lansetsimon, o`tkir uchli, qirrasi o`tkir arrasimon. Barglar poyada qisqa bandlar bilan qarama-qarshi joylashgan. Gullari mayda, pushti, och binafsha yoki qizil-binafsha rangda, poya va shoxlar uchida g`uj joylashgan boshoqchasimon gul to`plami hosil qiladi. Mevasi kosachabarg bilan birlashgan 4 ta yong`oqcha.
Qalampir yalpiz yovvoyi holda uchramaydi. Uni Mentha eying L. bilan Mentha spicata Gilib. Ning o`zaro chatishishidan vujudga kelgan, deb faraz qilinadi. O`zbekistonning barcha hududlarida ekib o`stirilmoqda.
Qalampir yalpiz bargi preparatlari, efir moyidan tayyorlangan yalpiz suvi va nastoykasi ko`ngil aynishiga va qayt qilishga qarshi hamda ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilashda ishlatiladi.
Ortosifon (buyrak choy) – Orthosiphon stamineus Benth., yalpizdoshlar – Lamiaceae oilasiga kiradi. Ko`p yillik, bo`yi 1-1,5 m ga etadigan doim yashil yarim buta yoki buta. Poyasi bir nechta, to`rt qirrali, asos qismi yog‘ochlangan bo`lib, pastki qismi to`q binafsha, yuqori qismi yashil-binafsha yoki yashil, bo`g`imlari esa binafsha rangga bo`yalgan. Bargi oddiy, bandi bilan poyada qarama-qarshi o`rnashgan. Gullari halqaga o`xshash to`planib, shingilsimon to`pgulni tashkil etadi. Guli qiyshiq, och binafsha rangli. Mevasi – 1-4 ta yong`oqchadan iborat. Vatani Janubi-Sharqiy Osiyoning tropik rayonlari. U tabiiy holda Indoneziyada (Yava, Sumatra va Borneo orollarida), Birmada, Filippinda va Shimoliy-Sharqiy Avstraliyada o`sadi.
Ortosifon o`simligining preparati siydik haydovchi vositasi sifatida buyrak (buyrak tosh kasalligi) hamda xoletsistit va yurak glikozidlari bilan birgalikda yurak qon tomiri sistemasi kasalliklarida ishlatiladi. Ortosifon bir yillik ko`chat ekini sifatida Gruziya subtropiklarida еtishtiriladi. O`zbekistonning ixtisoslashtirilgan xo`jaliklarida sinovdan o`tkazilgan. Aniqlanishicha, buyrak choyi ochiq va oftobli еrlarda yaxshi o`sadi.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin