Introduktsiya” atamasi lotincha “introductio”



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə13/63
tarix14.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#178087
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   63
portal.guldu.uz-intraduksiya

Kunjut-Sesanum indicum L. kunjutsimonlar-Pedaliaceae oilasiga kiradi. Kunjut bo`yi 60-100 sm ga etadigan o‘t o‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, tukli, yashil yoki qizgish, 4-8 qirrali. Bargi oddiy tekis qirrali bo‘lib, turli shaklda: pastki qismlaridagi yumaloqroq, yuqori qismidagi barglari esa ingichka. O‘rta qismidagilari lansetsimon yoki cho‘ziq tuxumsimon. Guli yirik. 1-3 ba‘zan beshtadan barg qo‘ltig‘ida joylashgan. Gulkosachasi 5-8 bo‘lakli, gultojisi 2 labli. Mevasi 4-8 xonali chanoq. Lyun-iyul oylarida gullaydi. Mevasi avgust-sentyabrda etiladi.Kunjutning vatani Janubi-g‘arbiy Afrika. O‘rta Osiyo respublikalarida, Zakavkaziya. Qrim, Krasnodarsk o‘lkasida, Ukrainada va Moldaviyada ekiladi.
XushbO`y ruta-Ruta graveolens L. rutadoshlar – Rutaceae oilasiga kiradi. Bo`yi 70 sm gacha bo‘‘lgan hidi yoqimli yarim buta. Poyasi yog`ochlangan, pastki to‘loni shoxlangan bo‘lib, har yili ko`plab bir yillik novdalar hosil qiladi. Bargi oddiy, umumiy ko‘rinishi uchburchaksimon, ikki va uch marta patsimonajralgan, kulrang-yashil bo‘lib, poyada uzun bandi bilan ketmaket joylashgan. Barg bo‘lakchalari cho`ziq-teskari tuxumsimon, to`mtoq uchli bo‘‘lib, undajuda ko`p nuqtalar(efir moyi saqlaydigan joylar) bor. Gullari yashilroq-sariq rangli. Qalqonsimon to`pgulga yig`ilgan. Eng yuqoridagi gullarida gulkosacha va gultoji barglari 5 tadan, qolganlari esa 4 tadan, otaligi 8-10 ta, onalik tuguni 4-5 xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi 4-5 xonali. Sharsimon ko`sakcha. Lyun-iyul oylarida gullaydi. Janubiy Qrimdagi quruq tosh va shag`alli qiyaliklarda o`sadi.
Qora smorodina-Ribes nigrum L., toshyorardoshlar-Saxifragaceae oilasiga kiradi. Qora smorodina bo`yi 1-1.5 (ba‘zan 2) m bo‘lgan buta. Poyasining po`stlog‘I to‘q sariq qo`ng‘ir yoki qizil jigarrang tusli bo‘ladi. Bargi panjasimon 3-5 bo‘lakli bo‘lib, bandi bilan poyada ketma-keto`rnashgan. Gullari shingilga to`plangan. Kosachabargi 5 ta, tojbargi ham 5 ta, pushti-kulrang, otaligi 5 ta, onalik tuguni bir xonali, pastga joylashgan. Mevasi – xushbo`y hidli, yumaloq shaklli, ko`p urug‘li ho‘l meva. May-iyun oylarida gullaydi, mevasi iyul-avgustda pishadi. Qora smorodina yovvoyi holda Rossiya o‘rmon zonasidagi nam o`rmonlarda, nam o‘tloqlarda,botqoq chetlarida va ariq bo`ylarida o`sadi.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin