Introduktsiya” atamasi lotincha “introductio”


Introdutsent dorivor o`simliklar



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə9/63
tarix14.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#178087
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   63
portal.guldu.uz-intraduksiya

Introdutsent dorivor o`simliklar


Hozirgi kunda rasmiy tibbiyotdagi dori preparatlarining asosini dorivor o`simliklardan olinib tayyorlanmoqda. Tarkibida alkaloidlar, kumarinlar, glikozidlar, efir moylari, vitaminlar kabi tibbiyotdagi qimmatli xo‘l ashyo hisoblangan o`simliklarni madaniy holda ko`paytirish, morfologik va bioekologik xususiyatlarini, kimyoviy tarkibini o`rganish, introduksiya qilish hamda ilmiy asosda еtishtirish texnologiyasini ishlab chiqish muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir.
Yalpizdoshlar (Lamiaseae Lindl.)oilasi 200 ga yaqin turkum va 3500 ga yaqin turni o`z ichiga oladi. Turli hayotiy shakl (ko`p yillik o`t, chala buta va buta) ga ega bo`lgan vakillarining ko`pchiligi tarkibida efir moyi saqlashi sababli dorivorlik xususiyatiga ega. Toshkent Botanika bog`iga boshqa floraga mansub ayrim dorivor turlar ham introduksiya qilinib, dastlabki introduksion sinovdan o`tkazilgan.
Tog„ jambil – Thymus serpullum L., bo`yi 15-35 sm gacha еtadigan ko`p yillik o`simlik. Rossiyaning Yevropa qismida, Sibir, Uzoq Sharq, O`rta va G`arbiy Yevropada tarqalgan bu tur quyosh yaxshi tushadigan joylarda o`sadi.Poyasi yog`ochlashgan, 4 qirrali, pastki qismidan kuchli shoxlanadi. Barglari tuxumsimon shaklda, etli, uzunligi 5-10 mm, eni 2-3 mm. Gullari mayda, och-pushti rangda bo`lib, boshchada yig`ilgan.Urug`i mayda, yumaloq, jigarrang tusda, usti silliq, diametri 2-2,5 mm keladi. Avgust-sentabr oylaridan еtiladi. 1000 dona urug`ining vazni 0,2-0,3 g keladi.
Dorivor marmarak – Salvia officinalis L., bo`yi 0,5-1 m gacha o`sadigan doim yashil buta. O`rta Yer dengizi mamlakatlarida tarqalgan bu o`simlik quyosh nuri yaxshi tushadigan quruq tog` yonbag`irlarida o`sadi. Yevropa mamlakatlarda madaniylashtirilgan. Poyasi tik o`suvchi, birinchi yili to`rt qirrali, quyi qismi yog`ochlanadi, yashil qismi bezli tukchalar bilan qoplangan. Ildizi baquvvat, o`q ildiz, ko`p tarmoqli. Bandli barglari poyada qarama-qarshi joylashgan, uzunchoq lansetsimon, uzunligi 2-8 sm, eni 1-2,5 sm. Gullari ikki labli, ko`k-binafsha rangda bo`lib, barg qo`ltiqlarida joylashgan. Urug`i yumaloq, qoramtir-jigarrang tusda, diametri 7-8 mm. 1000 dona urug`ining og`irligi 7-8 g. Toshkent Botanika bog`iga 1947 yil Moskva farmatsevtika instituti Botanika bog`idan keltirilgan.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin