Introduktsiya” atamasi lotincha “introductio”



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə17/63
tarix14.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#178087
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63
portal.guldu.uz-intraduksiya

Tukli erva (pol-pola) Aerva lanata Juss. Machindoshlar (tojixo`rozdoshlar)
– Amaranthaceae oilasiga kiradi. Ko`p yillik, shoxlangan eyin`yi 55-70 sm ga еtadigan o`t o`simlik. Tukli erva Afrika. Osiyo, Filippin va Yangi Gvineyaning tropik va subropik mamlakatlarida tabiiy sharoitda o`sadigan ko`p yillik begona o`t. O`zbekistonda esa bir yillik o`t o`simligi hisoblanadi. Barglari lansetsimon, ovalsimon yoki ellipssimon, tekis qirrali bo`lib, qisqa bandi yordamida poya va shoxlarda qarama- qarshi joylashgan. Gullari mayda, och yashil rangli bo`lib, qisqa boshoqsimon gulto`plamiga o‘rnashgan. Urug`I yaltiroq, qora rangli. O`simlikning hamma qismi sertukli, kulrangda. Undan xom-ashyo olish uchun barcha tuproqlarda ekish mumkin. Uning еr ustki qismi dorivor xom-ashyo sifatida urib olinadi.
O`tkir (nayza) barg sano Cassia acutifolia Del., burchoqdoshlar – Fabaceae oilasiga kiradi. Har ikkala sano o`simligi bo`yi 1 m ga еtadigan yarim buta. Poyasi shoxlangan, pastki qismidagi shoxlari еrda sudralib o`sadi. Bargi juft patli murakkab, 4-8 ta juft bargchalardan tashkil topgan bo‘lib , poyada bandi bilan ketma- ket o`rnashgan. Gullari shingilga to`plangan. Iyun oyining oxiridan boshlab, kuzgacha gullaydi. Mevasi sentyabrdan boshlab еtiladi.
Sano o`simligi yovvoyi holda Afrikaning cho`l va yarim cho`l viloyatlarida (Sudan, Nubiya va Qizil dengiz bo`yida) hamda Arabistonning janubida uchraydi. Bir yillik o`simlik sifatida O`rta Osiyo va Kavkazda o`stiriladi. Cassia acutifolia Del. Iskandariya porti orqali chet elga chiqarilgani uchun u yana Afrika, Misr yoki Iskandariya sanosi deb ham yuritiladi. Cassia anugutifolia Vahl. Hindistonda o`stirilgani uchun Hindiston sanosi deb ataladi. Sanoning yana bir turi – to`mtoq bargli sano (Italiya sanosi) Cassia obovata Collad. Bor.
Sano surgi sifatida ishlatiladigan va bavosil kasalligida qo`llaniladigan choy – yig`m alar tarkibiga ham kiradi.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin