Anissimon (oddiy) arpabodiyon – Pimpinella anisum L. (Anisum vulgare Gaertn) ziradoshlar – Apiaceae oilasiga kiradi. Arpabodiyon bir yillik, bo`yi 30-60 sm ga еtadigan o`t o`simlik. Poyasi tik o`suvchi, tukli, ko`p qirrali, yuqori qismi shoxlangan. Ildizoldi va poyaning pastki qismidagi barglari uzun bandli, yumaloq, buyraksimon, tuxumsimon yoki bo`lakli, yirik tishsimon qirrali. Gullari mayda,
ko`rimsiz, oq rangli, murakkab soyabonga to`plangan bo`lib, soyabonguldoshlar oilasiga xos tuzilgan. Mevasi – qo`shaloq pista. Iyun-iyul oylarida gullaydi, mevasi avgustda etiladi.
Vatani Turkiya. Arpabodiyon mevasi preparatlari va moyi tibbiyotda bronxit kasalligida balg`am ko`chiruvchi, ichak faoliyatini yaxshilovchi, el haydovchi dori sifatida hamda farmatsevtikada dorilar mazasini yaxshilash uchun ishlatiladi.
Oddiy arpabodiyon yoki oq zira-ukrop hidi anqib turadigan bir yillik yoki ikki yillik o`simlik bo`lib, O`zbekistonda barcha sug`oriladigan еrlarda yoki lalmikor еrlarda ham o`sadigan yorug`sevar va qurg`oqchilikka moslashadigan o`simlik hisoblanadi.
O‘zbekistonda necha tur dorivor o‘simliklar o‘sadi?
O‘zbeikistonda dorivor o‘simliklar introduktsiyasi bilan shug‘ullangan olimlarni sanab bering?
Introdutsent dorivor o‘simliklarni aytib bering?
Hayoriy shakliga ko‘ra introdutsentlarga ta‘rif bering?
Yalpizdoshlar oilasiga mansub dorivor o‘simliklarni izohlab bering?
Qoqio‘tdoshla oilasiga mansub dorivor o‘simliklarni izohlab bering?
4-mavzu: Introduksiya obyektlari va uslublari Reja:
1.Introduksiya obyektlari
2.Introduksiya uslublaari
O`simliklar introduksiyasi usullari. O'simliklarniintroduksiyaqilishdaturlixilusullarqo'llaniladi:dastlabkiintroduktsiya sinovlariuchun introdutsentlarni tanlashusullari, introduksiya ob'ektiva maqsadlariga qarab introduktsiya jarayonini o'tkazish usullari, introdutsentlarningmoslashishdarajasinianiqlashusullarivaboshqalar.Ma‘lumki,o'simliklarintroduksiyasini odatda introduksiksiya markazlarida introduktor olimlar tomonidanamalgaoshiriladi.Ularo`simliklarnitanlashvabirsharoitdanboshqasharoitgao`tkazishni o`rganish, o`simlik organizmlarining o`zgaruvchanlik qonuniyatlarinibilish hamda rivojlantirish va xalq xo`jaligida foydalanish usullarini ishlab chiqishbilan shug`ullanadilar.
O'simliklarni introduksiya qilish ularning irsiy belgilarini o'zgartirmasdan va o'zgartirish bilan sodir bo'lishi mumkin. S.Ya.Sokolov (1957) introduktsiyaning barcha usullarini irsiy xususiyatlarining sezilarli o'zgarishi bilan bog'liq bo'lmagan (oddiy introduksiya) va irsiy xususiyatlarining o'zgarishi bilan bog'liq bo'lgan usullarga (murakkab introduksiya) ajratadi.