Evgenolrayhoni – OcimumgattisimumL., yalpizdoshlar – Lamiaceae oilasiga kiradi. Evgenol rayhoni bo`yi 70-100, ba‘zan 150 sm ga etadigan sershox yarim buta. Poyasi kam tukli. To‘rt qirrali, asos qismidan boshlab ko‘p shoxlangan. Bargi oddiy, cho‘ziq tuxumsimon, tishsimon qirrali bo‘lib, poyada bandi bilan qarma- qarshi joylashgan. Gullar sarg‘ish, labgullilar oilasiga xos tuzilgan. Avgust oyida gullaydi.. Evgenol rayhonining vatani Janubiy Afrika, Madagaskar va unga yaqin orollar. Rossiya shariotida bir yillik o‘simlik sifatida o‘stiriladi. Evgenol rayhonining boshqa rayhonlar bilan chatishtirib etkazilgan Yubiley navi Qrim,Krasnodar o‘lkasida hamda Gruziya, Armaniston, Moldaviya, Qirgiziston respublikalarida o‘stiriladi.
Besh bo`lakli arslonquloq – Leonurus quinquelobatus Gilib. Ko`p yillik o`t, bo`yi 50-80 sm gacha etadi. O`rtacha darajada namga talabchan, begona o`tli erlarda, dala cheti va yo`l yoqalarida, o`rmon etaklarida o`sadi. Toshkentga 1956 yil sobiq ittifoq Sibir filiali Botanika bog`idan olingan urug`laridan ekib o`stirilgan va istiqbolli tur deb topilgan. Hozirda Toshkent botanika bog`ining ―Dorivor o`simliklar laboratoriyasi‖ da o`sadi.
Oddiykanakunjut-RicinuscommunisL. sutlamadoshlar –Euphorbiaceae oilasiga kiradi.Bir yillik o`t 0`simlik bo‘lib. Bo`yi 2 m ga etadi. Poyasi shoxlangan. Bargi yirik, tuksiz, 5-11 barmoqsimon bo‘lakli bo‘lib, barg plastinkasining markaziga o`rnashgan uzun bandi bilan poyada ketma-ket joylashgan. Barg bo‘lakchalari cho`ziq tuxumsimon, cheti tishsimon qirrali. Gullari shingilga to‘plangan. Guli ko`rimsiz, bir jinsli. Gulqo`rg`oni oddiy, onalik gullari shingilning yuqori qismiga, otalik gullari esa pastki qismiga joylashgan. Mevasi uch urug‘li, uch chanoqli, tikan bilan qoplangan ko‘sak. Ko‘sak pishganda yoriladi va urug‘lari sochilib ketadi.lyun-sentyabr oylarida gullaydi, mevasi iyul-oktyabrda yitiladi. Vatani tropik Afrika. Tropik zonada o‘sadigan kanakunjut ko`p yillik bo‘lib, poyasi yog`ochlangan, bo`yi 10 m ga etadi. Kanakunjut bir yillik o`t 0`simlik sifatida O`rta Osiyo, Shimoliy Kavkaz, Ukrainaning janubiy qismida va Volga bo`yida ekiladi.