Florani ekologo-tarixiy tahlil qilish usuli (Kultiasov, 1953). Mualllifning fikricha, floraning ta‘rixini bilish va turlarda evolyutsion jarayonda kuzatiladigan moslashishlarni aniqlashtirish, hayotiy shakllar to`g`risidagi qarashlarni tahlil qilish orqali o`simlikni madaniylashtirishni oldindan bashorat qilish imkonini beradi. M.V. Kultiasov introduksiya uchun namunalar tanlashda uni ekologo-tarixiy tahlil qilish lozimligini va o`simliklar introduksiyasini nafaqat ekologik, balkim tarixiy muammo deb tushinish lozimligini o`qtiradi. Introduksiya uchun material tanlashda o‘simliklarni hayotiy shakllarini iloji boricha yangi shartlarga javob beradigan tarzda tanlanishi kerak. M.V. Kultiasov floradagi o'simliklarning 3 mingdan ortiq turini sinab ko'rdi va ushbu tajriba natijasida o'simliklar tabiiy yashash joylarida o'zlarining barcha imkoniyatlarini namoyon qilmasligini aniqladi. Ya‘ni introduksiya uchun manba tanlashda, turning kelib chiqishi jarayonidagi tabiiy-tarixiy shart-sharoitlarni hisobga olish lozim. U bunday xulosaga yovvoyi holda o`suvchi Tyanshan bedasini madaniylashtirish jarayonida kelgan. Tyanshan bedasi o`zi o`sib turgan tabiiy sharoitda hosildorlik potensialini to`liq namoyon qilmagan. Uni madaniylashtirish sharoitida hosildorlik ko`rsatkichlari yildan-yilga ortib borgan. Demak, har qanday o`simlik turida o`zining tarixiy evolyutsion rivojlanishi jarayonining turli bosqichlarida tashqi muhit omillariga chidamlilikning potensiali yuzaga keladi va irsiyatida mutahkamlanib boraveradi. Ko`pchilik hollarda tabiiy tarqalish arealida ushbu potensial yashirin holda bo`lib, fenotipda namoyon bo`lmasligi mumkin. O`simlik yangi sharoitga tushishi bilan, ko`pchilik adaptiv potensiallari fenotipda namoyon bo`lishi mumkin.
Introdutsentlarnitanlashningflorogenetikusuli (Kormilitsin, 1959; Sobolevskaya, 1953). Mazkur usul tabiiy flora tarkibini turli darajada o`rganish va uning potensial imkoniyatlarini aniqlashga asoslanadi. Ushbu usul ayni vaqtda o`simlik turi uchun optimal bo`lgan barcha fiziko-geografik sharoitlarni hisobga olishga asoslangan, ya‘ni aynan shu sharoitlarda o`simlik turining filogenezi yuzaga kelgan va u shu sharoitlarda shakllangan.