14
Foyda moddiy ishlab chiqarish sohasida tadbirkorlik faoliyati jarayonida yaratiladi. Ishlab
chiqarish omillari (mehnat, kapital va tabiiy resurslar) va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
foydali ishlab chiqarish faoliyati birikishi natijasida mahsulot ishlab chiqariladi, u
iste’molga sotilganda, tovar bo‘lib hisoblanadi.
Tovar-pul munosabatlari sharoitida korxona darajasida sof daromad foyda shaklini oladi.
Tovarlar bozorida korxonalar nisbatan alohida tovar ishlab chiqaruvchi bo‘lib maydonga
chiqadilar. Bozorda mahsulotga narx belgilab, uni iste’molchilarga sotadilar.
Sotish natijasida ular pul tushumini oladilar, bu esa daromad olinganligini anglatadi.
Moliyaviy natijani aniqlash uchun tushumni mahsulot ishlab chiqarishga ketgan xarajat bilan
taqqoslash kerak.
Agar tushum xarajatlardan yuqori bo‘lsa, moliyaviy natija foyda
olinganligidan dalolat
beradi. Tadbirkor doimo foyda olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi, lekin bunga doim
ham erisha olmaydi. Agar tushum xarajatlarga teng bo‘lsa, unda faqat mahsulot ishlab
chiqarish va sotish xarajatlari qoplangan bo‘ladi, xolos. Bunda zarar ko‘rilmaydi, lekin ishlab
chiqarish, ilmiy-texnik va ijtimoiy rivojlanishning manbai sifatidagi foyda ham olinmaydi.
Agar korxona xarajatlari tushumidan ko‘p bo‘lsa, u zarar ko‘radi, ya’ni salbiy moliyaviy
natijaga erishadi. Bu holat uni ancha murakkab moliyaviy ahvolga solib qo‘yadi.
Foydani bozor munosabatlarining o‘ta muhim toifasi sifatida talqin etish mumkin.
1. Foyda korxona faoliyati natijasida olingan iqtisodiy samarani xarakterlaydi.
Lekin
yagona foyda ko‘rsatkichi yordamida korxona faoliyatining barcha tomonlarini baholab
bo‘lmaydi. Bunday universal ko‘rsatkichning bo‘lishi ham mumkin emas.
Aynan shuning
uchun korxonaning
ishlab chiqarish, xo‘jalik va moliyaviy faoliyatini tashkil qilishda
ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Foydaning ahamiyati shundan iboratki, u yakuniy
moliyaviy natijani aks ettiradi, shu bilan birga uning miqsori va o‘zgarishga
korxonaning
xarajatlariga bog‘liq bo‘lgan hamda bog-liq bo‘lmagan omillar ta’sir qiladi.
Foyda
rag‘batlantiruvchi funksiyasini bajaradi. Buning mazmuni shundan iboratki, foyda bir
vaqtning o‘zida moliyaviy natija va korxona moliyaviy resurslarining asosiy elementi
hisoblanadi. O‘z-o‘zini moliyalashtirish tamoyilining real ta’minlanishi olingan foyda bilan
belgilanadi. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan keyin korxona ixtiyorida
qoladigan sof foyda korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishni, korxonaning
ilmiy-texnik va ijtimoiy rivojlanishini, xodimlarni moddiy ragbatlantirishni moliyalashtirish
uchun yetarli bo‘lishi kerak.
2. Foyda turli darajadagi byudjetlarni ragbatlantirish manbalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
U soliqlar ko‘rinishida byudjetlarga kelib tushadi va boshqa daromad tushumlari bilan bir
qatorda ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishni moliyalashtirish, davlat tomonidan o‘z faoliyatini
bajarishni ta’minlash, davlatning investitsiya, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va ijtimoiy
dasturlarini amalga oshirish uchun ish-atiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida foydaning ahamiyati juda katta. Foyda olishga intilish tovar
ishlab chiqaruvchilarni iste’moliga kerak bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini
oshirishga, ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlarni kamaytirishga undaydi. Erkin raqobat
sharoitida bu orqali nafaqat tadbirkorlarning maqsadiga, balki ijtimoiy ehtiyojlar qondirilishiga
ham erishiladi. Zararlarning ham o‘z o‘rni bor. Ular mablag‘larni yo‘naltirishda, ishlab
chiqarishni tashkil qilishda va mahsulotni sotishdagi xatolarni yoritib beradi.
Foydaga iqtisodiy toifa sifatida qaraganda, u haqda abstrakt holda gapiriladi. Lekin
korxonaning xo‘jalik va moliyaviy faoliyatini rejalashtirishda hamda baholashda, korxona
ixtiyorida qolgan foydani taqsimlashda foydaning aniq ko‘rsatkichlari ishlatiladi. Foyda bu
korxonaning mahsulot sotishdan olingan foydasi (zarari) bilan mahsulot ishlab chiqarish va
15
sotish bilan bog‘liq bo‘lmagan foydalari (zararlari) yig‘indisidir. Mahsulot sotish deyilganda,
nafaqat, natural-moddiy shaklga ega bo‘lgan ishlab chiqarilgn tovarlarni sotish,
balki ishlarni
bajarish, xizmatlar ko‘rsatish ham tushuniladi. Oxirgi moliyaviy natija sifatida foyda
korxonaning barcha xo‘jalik operatsiyalarning buxgalteriya hisobi va balans moddalarini
baholash asosida aniqlanadi. Foyda atamasining ishlatilishi shu bilan bog‘liqki, korxona
ishining yakuniy moliyaviy natijasi uning chorak, yil yakuni bo‘yicha tuziladigan balansida
aks etadi.
Moliyaviy
natijalarni
buxgalteriyada
hisobga
olishning
asosiy
vazifalari
quyidagilardir:
- moliyaviy natijalarning shakllanishi to‘g‘ri ekanligini o‘rganish;
-olingan foyda miqsorini har oyda hamda yil boshidan o‘z vaqtida va to‘g‘ri hisob-
kitob qilish;
-moliyaviy natijalar bilan bog‘liq operatsiyalarni
va ularning taqsimlanishini
buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida va tegishli registrlarda to‘g‘ri aks ettirish.
Dostları ilə paylaş: