Islom Karimov


Qadriyatlar va ularning jamiyat hayotidagi o‘mi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə10/29
tarix17.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#144616
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Islom Karimov-fayllar.org

Qadriyatlar va ularning jamiyat hayotidagi o‘mi.

Milliy qadriyatlar tushunchasi

Qadriyatlar muammosi Platon davridan boshlab tadqiqotlar obyekti sifatida yashab kelmoqda. Unga nemis klassik falsafasi tomonidan ancha aniqliklar kiritildi. Nemis olimi Kant birinchi marta insonni qadriyatlami aniqlash asosida talqin etdi:

Inson ikkita olamga mansub mavjudot sifatida tushunildi:



  1. erkin bo‘lmagan, hali o‘z yo‘lini anglab yetmagan, o‘z instinktiga ergashib yuradigan tabiat olami. Bu olamda qadriyatlar mavjud bo‘lmaydi;



erkinlik va idroklash olami. U o‘zining taqdirini belgilaydi, va uni o‘zi belgilagan o‘z ideallari, maqsadlari asosida quradi. Bu olamda qadriyatlar mavjud, lekin ular ochiq mujassam boimaydi, balki maqsad sifatida namoyon boiadi. Qadriyatlarni Kant talqinicha idrok etishda uning sof subyektiv hosila ekanligi, ya’ni ularni har bir shaxs o‘z hayoti qadriyatlarini o‘zi aniqlashi ilgari suriladi.

Ko‘plab insonlar uchun obyektiv mazmunga ega umumiylik mavjud emas. Ular uchun qadriyatlar aniq obyektlar hayoti vaziyatlarga bog‘liq holda chorlaydigan his-tuyg‘ular va ichki kechinmalardir.

Shunga muvofiq holda qadriyatlarni uchta tushunchasi shakllandi:



  1. Qadriyat — har qanday foydali va ma’qul bo'lgan narsa. Bu utilitar nuqtayi nazar sifatida paydo bo‘ldi.



  2. Qadriyat ideal, muqaddas hodisa, his-tuyg‘ular intilishi sifatida tushiniladi. Bu san'atga mansub tushuncha sifatida amalga oshiriladi.



  3. Qadriyat inson uchun obyektlami muhim ahamiyat kasb etishi sifatida anglanadi. Qadriyat o‘z mazmuniga muvofiq obyektiv mazmunga egadir. Obyektiv qadriyatlar odamlar tomonidan aynan bir xil munosabatlarni paydo bo‘lishini bildirmaydi. Shuning uchun ham qadriyatlarni baholash subyektiv bo‘lishi mumkin. Qadriyatlarning obyektiv ekanligini aniqlash uchun mezonlar ishlab chiqiladi. Bu kabi mezonlar sifatida hodisalar yoki voqealarning ijtimoiy jihatdan foydali ekanligini ko‘rsatish mumkin. Undan qadriyatlar iyerarxiyasi va umuminsoniy qadriyatlar to‘g‘risidagi masala paydo bo‘ladi. Umuminsoniy qadriyatlar deganda, barcha davrlarda mavjud bo‘lgan va barcha insonlar qadriyatlari tushuniladi. Barcha qadriyatlar ichida umuminsoniy qadriyatlar unchalik ko‘p emas:



  1. Hayot. 2. Salomatlik. 3. Bilim. 4. Mehnat.



Aksiologik nuqtayi nazardan qaraganda oddiy askar va qo‘mondonning hayoti garchi amalda namoyon boimasa ham bir xil qimmatga egadir. Umuminsoniy qadriyatlar bizning hayotimizda ideallar sifatida ishtirok etib turishiga bogiiq ravishda ulardagi umuminsoniy mazmunning mavjudligi darajasiga muvofiq ravishda qadriyatlar iyerarxiyasini tuzish mumkin. Qadriyatlar iyerarxiyasini qadriyatlarni tasniflash bilan adashtirib boimaydi. Qadriyatlarni sinflarga boiish mumkin:



  • Turmush darajasi bo‘yicha: a) oliy qadriyatlar; b) moddiy hayot qadriyatlari; d) ijtimoiy; g)ma’naviy.



  • Subyektlar bo'yicha: a) shaxsiy qadriyatlar; b) guruhiy qadriyatlar; d) sinfiy qadriyatlar; e) ijtimoiy.



  • Ijtimoiy ong shakllari bo‘yicha: a) fanlar qadriyatlari; b) ahloqiy qadriyatlar; d) estetik qadriyatlar; e) siyosiy qadriyatlar; f) huquqiy qadriyatlar; g) diniy qadriyatlar.



Umuman olganda, qadriyatlar deganda, ma’lum birjamiyat odamlari, alohida olingan shaxsning manfaatlari va ehtiyojlarini qondirish vositasi, shuningdek me'yorlar, maqsadlar va ideal sifatidagi undovchi hamda qo‘zg‘atuvchi g‘oyalari, predmetining mohiyati, hodisasi shuningdek, ulaming xususiyatlari tushuniladi. Ko'pincha yuqorida ko‘rib o‘tgan qadriyatlar bilan uyg‘unla- shadigan, lekin o'zining alohida xususiyatlariga ega bo'lgan milliy qadriyatlar ham bir necha minglab yillardan buyon rivojlanib va takomillashib kelmoqda.

Milliy qadriyatlar ildizlarini anglab yetishda, tasniflashda va aniqlashda uni soddalashtirishdan ehtiyot bo‘lish zarur. Bu ijtimoiy va oliy qadriyatlarning bir-birlari bilan o‘zaro bog‘liq bo'lgan hamda o‘zaro bir-birini taqozo qiladigan, lekin, shu bilan birga, nisbatan o‘zini barqarorligi va mustaqilligini saqlay oladigan hodisasi sifatida namoyon bo‘ladi.

Fanda «milliy qadriyatlar», «milliy qadriyatli-yo‘naltirilgan ong» va «milliy mhning universal umuminsoniy qadriyatlari» ma'lum etnosni ijtimoiy, psixologik o‘ziga xosligini, boshqa shu kabi birliklardan farqlanishini, mazkur etnosning barcha a'zolarini umumiy g'oyalar va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatmalar asosida birlashuvini ifodalaydi. Rjvojlanish va shakllanishining turli bosqichlarini o‘z boshidan kechirayotgan ko‘plab etnoslartarixini o‘rganish shuni ko'rsatadiki, etnos a’zolarining birligi boshqa narsalardan ko‘ra ko‘proq ma'lum psixik xislatlarning mavjudligi, voqealar va munosabatlami o‘zlashtirish va baholash kabi qadriyatlardagi umumiylik bilan ta’minlanadi. Milliy qadriyatlarni anglashda shu kabi his-tuyg‘ular va munosabatlarning ayni shu birikuvlari nuqtayi nazari bilan yondashish talab etiladi.

Milliy ruhning universal umuminsortiy qadriyatlari, milliy qadriyatlar va milliy qadriyatli yo'naltirilgan ong nafaqat psixolo- gik — his-hayojonli xarakter kasb etadi, balki etnik biriik to- moiiidan e'tirof etiladigan hayotiy muhim moddiy obyektlar, timsollar, nishon-belgilarni ham o‘zida ifodalaydi. Bu qad- riyatlaming e'tirof etilgan muhimligi asosida aniq bir etnos vakili bo‘lgan insonning tub manfaatlari yotadi: yashamoqlik, rivojlanish, ideal maqsadlarga erishish. Har bir millat faqat uning o'zigagina mansub bo‘lgan temperament birikuvi, tafakkurlash va dunyoni idrok etish turi bilan yaqqol ajralib turadi. Ma’lum bir o‘ziga xos shaklda axborot olayotgan millatning ichki dunyosining noyob- ligi, ichki tuzilishining barqaroriigida har qanday millat vakil- larining bioijtimoiy hamjamiyati va madaniy birligi sifatidagi qadriyati turadi.

Shu tariqa, milliy qadriyatlar va milliy ruhning universal umuminsoniy qadriyatlari — bu u yoki bu etnos vakillarining muayyan-tarixiy shart-sharoitlardagi ijtimoiy va shaxsiy ma’na- viyati rivojlanishining rag‘batlantiruvchi omilidir.

Shuningdek, 0‘zbekiston olimlari ham mustaqillik yillarida «qadriyat» va «milliy qadriyatlar» tushunchalariga ancha aniqliklar kiritdi. «Falsafiy ensiklopediya»da «qadriyat» tushunchasi shunday ta’riflanadi: «Qadriyat falsafiy va sotsiologik tushuncha. U birin- chidan, bir obyektning ijobiy yoki salbiy qimmatini, ikkinchidan, ijtimoiy ongning normativ belgilovchi-baholovchi jihati (subyektiv qadriyatlar yoki ong qadriyatlarijni ifoda etadi»9-. Yana boshqa falsafiy va sotsiologiyaga doir asarlarda esa bu tushuncha quyidagicha berilgan: «Qadriyat — voqelikdagi muayyan hodisalaming iqtiso- diy, ijtimoiy va ma'rifiy ahamiyatini ko'rsatish uchun qo'llanila- digan tushuncha. Qadriyatlar o‘z mazmuni va xarakteriga ko‘ra, progressiv va reaksion turlaiga ajraladi». Albatta, ko‘rinib turibdiki, turii talqinlar bir-biridan farqlansa-da, ular mohiyatan bir-birini to‘ldiruvchi unsurlar sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Umuminsoniy qadriyatlar, eng awalo jamiyat va inson uchun eng qadrli va uning ma'naviy kamoloti uchun xizmat qiluvchi umumijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi narsalar, hodisalar, faoliyatlar kabilar, ulami ijtimoiy ifodalash uchun ishlatiladigan tushunchalardir. Demak, umuminsoniy qadriyat deganda, jamiyat a'zolarining hammasi uchun umumiy ahamiyatga ega bo‘lgan va har bir kishining hayotiga ijobiy ta’sir etadigan, kishilaming xatti-harakati, amaliy faoliyati, yashash tarzi, boshqalarga munosabati ham umuminsoniy qadriyatlaming mezoni sifatida baholanadi. Masalan, erkinlik, tinchlik, tenglik, mustaqillik, birodarlik, demokratiya va h. k.

Demak, qadriyatlar quyidagi vazifalarni bajaradi:

Birinchidan, jamiyatning boyligi, poydevoridir. Uni avaylab- asrash va rivojlantirish har bir insonning muqaddas burchi hisoblanadi; Ikkinchidan, qadriyatlar o'tmishni bugun va kelajak bilan bog‘lash vositadir;

Uchinchidan, qadriyatlar ma'naviy yetuk - barkamol insonni tarbiyalovchi, ularni kamolotga yetaklovchi kuchdir;

To‘rtinchidan, qadriyatlar jamiyatni jahon hamjamiyatiga integratsiya qiluvchi ishonchli vositadir94.

Prezident I.A.Karimov ma'naviyat va milliy qadriyatlarning noyob va bebaho boylik ekanligini ta'kidlab, quyidagi fikrlarni bildirgan edi: «Biz bugun ayrim davlatlardan, moddiy nuqtayi nazardan orqaroqda bo'lsakda (bunga ko‘pgina tarixiy obyektiv sabablar bor), ma'naviyat nuqtayi nazaridan qaraganda ulkan g‘urur bilan aytishimiz mumkin: buyuk ajdodlarimizdan qolgan qadriyatlar va urf-odatlarga, nasl-nasabimiz va qonimizga singib ketgan buyuk hayotbaxsh kuchga egamiz. Bu borada ustunligimiz butun ma'rifiy dunyoda e’tirof etilgan. Ana shu qutlug1 merosga munosib bo‘lib yashash, bu beqiyos boylikni yanada boyitib rivojlantirish, milliy o‘zligimiz va umuminsoniy qadriyatlar asosida kelajak binosini barpo etish muqaddas burchimizdir».95




  1. 0‘zbekistonda milliy qadriyatlarning tiklanishi va ularni demokratik jarayonlar bilan uyg‘unlashuvi



0‘zbekistonda davlat mustaqilligi e’lon qilinganidan keyin islohotlar orqali kun tartibiga demokratik jamiyat qurish masalasi qo'yildi. Mustaqillikning ilk davridan boshlab amalga oshirilgan demokratik o'zgarishlar tabiiy ravishda milliy xarakter kasb eta boshladi.

Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakat demokratik taraqqiyot yo'lini tanladi. Bunda asosan, demokratik rivojlanish yo‘lining faqat zamonaviyligi yoki boshqa jozibador jihatlari uchun emas, balki bu yo'lning milliy manfaatlaiga mosligi, ularning ifodalaganligi, demokratiyaga erishish xalqimizning bir necha asrlardan buyon orzu-umidlari sifatida yashab kela- yotganligiga muhim e'tibor berilgan edi. Lekin, rivojlangan mamlakatlardan demokratik turmush tarzini ko'chirib olib, uni mamlakatdagi islohotlarda qo'llash kutilgan natijani bermasligi aniq edi. Chunki, demokratik qadriyatlar va tamoyillar ma’lum bir mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyati, davlatchilik tarixi, bozor iqtisodiyotiga o‘tish darajasi, millatning mentaliteti, fuqarolarning siyosiy madaniyati darajasi kabi qator omillarga bog'liq edi. Ayniqsa, g‘arbdan o'zining dini, ma'naviyati va axloqiy me'yorlari bilan ancha farq qiladigan Sharq olami uchun demokratik tamoyillar milliy xususiyatlar bilan uyg'unlashgan tarzdagina muhim ahamiyat kasb etishi mumkin edi. Demokratik qadriyatlarni o‘zlashtirish g‘arb uchun individualizm, ko‘proq xususiy manfaatlarni qondirish, alohida olingan shaxs dun- yoqarashi ustuvorligini ifodalash, shaxs erkinligini hayotda namoyon qilish uchun zarurat sifatida ro‘y bergan boisa, Sharq uchun demokratiya ko‘proq ma'naviy qadriyatlarni hayotda amal qilishini ta’minlash, milliy an’analar va milliy meros asosida yashab kelayotgan jamiyatni milliy qadriyatlar asosida moderni- zatsiyalash uchun zarur edi.

Shuning uchun ham mamlakatda demokratik jamiyat qurish islohotlari milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tiklash bilan uyg‘un holda chuqurlashib bordi. Prezident l.A.Karimov 1992- yilda o‘zining «0‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» asarida quyidagi vazifani qo‘ygan edi:

«0‘zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o‘z yo‘li to'rtta asosiy negizga asoslanadi. Bu negizlar:




  1. umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;



  2. xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va nvojlantirish;



  3. insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;



  4. vatanparvarlik*.



Shu bilan birga, mustaqil 0‘zbekistonning kuch-qudrati manbayi — xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi ekanligini yana bir karra ta'kidlab ko‘rsatib o‘tadi. Prezident l.A.Karimov milliy-ma’nayiy qadriyatlaming yangi jamiyat qurishdagi o‘rnini yuksak baholab quyidagi fikrlarni bildiigan edi: «Ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi ularning hozirgi dunyo va axborot sivilizatsiyasi qadriyatlariga moslashishini ham anglatadi. Biz hozirgi sivilizatsiya o‘zida ifoda etadigan ijobiy qadriyatlar jumlasiga huquqiy demokratik jamiyat qurish jarayoni bilan bog'liq bo‘lgan qadriyatlarni kiritamiz. Bu — inson huquqlariga rioya etish, tadbirkorlik erkinligi, so‘z erkinligi, matbuot erkinligi va hokazolardir. Ushbu demokratik qadriyatlar jamiyatimiz uchun muhim ahamiyatga egaligi haqida gapirar ekanmiz, bu qadriyatlar tarixiy jihatdan ham, etnik-madaniy jihatdan ham xalqimizning o‘ziga xos xususiyatlariga zid emasligini qayta-qayta ta'kidlashni istardik. Qolaversa, tadbirkorlik, erkin savdo, ijtimoiy adolat, o‘zaro murosayu madora va boshqalarning fikrini hurmat qilish degan tushunchalar bizning zaminimizda tarixiy ildizlai^a ega. Shu bilan birga, biz o‘ylamay-netmay nusxa ko'chirishga ham qarshimiz. Amaliyot bunday qadamning tayyorgarlik ko‘rmagan omma ongi uchun xavfli ekanligini ko‘rsatmoqda»97.

Sobiq ittifoq davrida «demokratiya» tamoyillarini hayotda joriy etish niqobi ostida mafkuralar pluralizmi, turli xil dun- yoqarashga ega boiish, siyosiy partiyalarning o‘zaro muholifiy faoliyat yuritishi, o‘zaro raqobatdoshlik, milliy qadriyatlar va madaniyatga amal qilish uzoq davrlar ta'qiqlab kelinganligi uchun ham mustaqillikning dastlabki davrida milliy qadriyatlami nafaqat demokratiya bilan uyg‘unlashtirish, balki milliy qadriyatlarni tiklashning o‘zi katta bir muammoga aylangan edi. Shuning uchun ham mamlakatda bu muammolarni bartaraf etish haqida Prezident l.A.Karimov quyidagi fikrlarni bildirgan edi: «Siyosiy erkinlikni ancha tez va nizolarsiz qo‘lga kiritish mumkin. Bunga sobiq sovet respublikalarining siyosiy suverenitetni qo‘lga kiritishi misol bo‘la oladi. Nisbatan tez iqtisodiy erkinlikka erishish mumkin. Buni ham biz Sharqiy Osiyoning sanoati rivojlangan mamlakatlari misolida ko‘rib turibmiz. Lekin davlatning ichida siyosiy erkinliklarni ta'minlash — puxta o‘ylab, har tomonni hisobga olib yondashishni, odamlar ongida uzoq muddat moslashishni talab qiladigan jarayondir. Hozirgi demokratik jamiyatning eng muhim voqeliklaridan biri ijtimoiy raqobatdir. Xalqimizning an’anaviy qadriyatlari u bilan uyg‘unlashtirilmog‘i kerak. Bozor tuzilmalari rivojlanib borgan sari bu raqobat ancha bema'ni tus olishi, ijtimoiy ziddiyatga aylanib ketishi mumkin. Bunday raqobatga ma'rifiy, ijodiy tus berishga, uni musobaqaga, bunyodkorlikka aylantirishga birinchi navbatda iqtisoc' ot bilan bog‘liq bo'lmagan, eng awalo, madaniy-axloqiy mcxanizmlar yordamida erishish mumkin. Bu mexanizmlar qayta tikl nayotgan milliy qadriyatlar bilan hozirgi zamon sivilizatsiyasi singdirayotgan yashash me'yorlarining umumlashmasidan iborat bo‘lmog‘i darkor»9!i.

Albatta, mustaqillik e’lon qilingan paytda jahon hamjamiyatining mustaqil 0‘zbekistonni tan olishi, davlatimizning keng tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati o‘zbek xalqining ma'naviy qadriyatlari va imkoniyatlari tiklanishiga, o‘zini boshqa xalqlaroilasidagi to‘la huquqli millat sifatida anglab yetishiga yanada katta kuch baxsh etdi. Keng miqyosdagi xalqaro aloqalar jahon madaniyatini yanada chuqurroq bilish, umuminsoniy qadriyatlardan bahramand bo'lish uchun qulay shart-sharoitlar yaratdi.

0‘zbekistonning jahonga ochilishi natijasida rivojlangan mamlakatlardan zamonaviy madaniyat va zamonaviy bilimlar kirib kelishi barobarida demokratik g‘oyalar ham tezlik bilan yoyila boshladi. Dunyoning demokratik qadriyatlaridan bahramand bo‘lishda aholining bilimdonligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu davrda faqat bilimli, ma'rifatli jamiyatgina demokratik taraqqiyotning barcha afzalliklarini qadrlay olishini va, aksincha, bilimi kam, omi odamlar avtoritarizmni va totalitar tuzumni ma'qul ko‘rishiga doir tasawurlar shakllandi.

Mustaqillik sharofati bilan mamlakat aholisining bilim doirasi yanada kengayib bordi. Dunyoning keng ochilishi natijasida tarixiy va hozirgi zamon voqeliklaridan bahramandlikning o'sishi xalqimizning ijtimoiy tafakkurida ilgari o‘rnashib qolgan hayotni idrok etishning mavhum va aqidaparastlik qoliplarini yengib o‘ta boshladi, uning mustaqil fikr yuritish va ro‘y berayotgan hodisalarni mustaqil baholay olish qobiliyati shakllana boshladi.

Ana shunday bir paytda, Prezident l.A.Karimov Ma’naviy Tiklanish tushunchasining mohiyatini quyidagicha talqin etgan edi: «Ma’naviy Tiklanish — fikrlash tarzini mustaqillik ruhi belgilaydigan yangi avlodga mansub ijodiy ziyolilarning paydo bo‘lishi demakdir. Bizning tushunishimizcha, qotib qolgan eski aqidalardan voz kechish — ocz tarixiy o‘tmishimizdan voz kechish degani emas. Bu biryoqlama va tor fikrlashdan voz kechish demakdir. Milliy tafakkur o‘z taraqqiyotida madaniy qurilish vazifalariga dunyo miqyosida yondashishi, boshqa xalqlarning taqdiri, ularning o‘zaro munosabatlari bilan yaqindan qiziqishi, ular hayotining eng teran nuqtalarigacha kirib borishi, milliy manfaatlami hisobga olishi kerak. Xalqimizning kelajagi, eng awalo, uning o'ziga, ma’naviy qudratiga va milliy ongining ijodiy kuchiga bog‘liqdir. Moddiy farovonlikka tabiiy intilish millatning ma'naviy va aqliy o‘sish ehtiyojiga g‘ov boimasligi lozim. Ma'naviylik va ma'rifiylik xalqimizning ko‘p asrlik tarixi davomida doimo uning eng kuchli o‘ziga xos xususiyati boiib keldi. Bizning an'anaviy qadriyatlarimizni hozirgi demokratik jamiyatning qadriyatlari bilan uyg'unlashtirish kelajakda yanada ravnaq topishimizning, jamiyatimiz jahon hamjamiyatiga qo‘shilishining garovidir»".

Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab 0‘zbekiston davlati bosh islohotchi sifatida fuqarolik jamiyatini shakllantirishda umuminsoniy tamoyillarga amal qildi. Ma'lumki, demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan tamoyillari mavjud. Insonning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi hamda uni amalga oshirishi, ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi, barcha fuqa- rolaming teng huquqliligi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi, davlatning asosiy organlari saylanishi, ularning saylovchilar oldida hisob berishi, tayinlash yo‘li bilan shaklla- nadigan davlat organlarining saylovchi tashkilotlar oldidagi javobgarligi va boshqalar shular jumlasiga kiradi100.

Lekin, 0‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishning o‘ziga xos xususiyati shunda ediki, bu jarayon xalqaro tajribalami qo'llash doimo milliy qadriyatlar va tamoyillarni e'tiborga olgan holda bordi. Ayniqsa, Sharq olamiga mansub bo'lgan milliy an’analar islohotlarning muhim jihatlari sifatida namoyon bo‘ldi. Ayniqsa, Prezident I.A.Karimovning quyidagi fikri bu jarayonda dasturilamal bo‘ldi: «Sharqda demokratik jarayonlarning qadimdan shakllangan o‘ziga xos va o‘ziga mos xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bo‘lmaydi. Ya'ni Sharqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi. Bu sohada inqilobiy o‘zgarishlar yasashga urinishiar g‘oyat noxush, hatto fojiali natijalarga olib keladi. Inqilobni G‘arb olimlari ham «ijtimoiy taraqqiyotning ibtidoiy va yowoyi shakli» deb ataganlar. Tabiiyki, bunday yo‘l bizga aslo to‘g‘ri kelmaydi101.



0‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish va bozor iqtisodiyotiga o‘tish islohotlarini tinchlik, barqarorlik va hamjihatlikda amalga oshirilganligining asosiy manbayi ham milliy qadriyatlar, milliy an'analar va milliy madaniyatni tiklash jarayonlari yangi jamiyat qurishning tarkibiy sifatida qaralganligi, ularni demokratik jamiyat qurish prinsiplari va shartlari sifatida belgilanganida bo'ldi. Prezident



  1. A.Karimov bu haqda so‘z yuritar ekan, quyidagi fikrni bildiradi: «...demokratik jarayonlar xalqimiz milliy madaniyatining o'ziga xos jihatlarini, uning tabiatini o‘zida mujassam etmog'i kerak. Ma’lumki, g‘arb namunasi ko‘p hollarda individualizm falsafasiga tayanadi va ommani haddan tashqari siyosiylashtirishga olib keladi. Osiyo mintaqasi va musulmon Sharqidagi demokratik qadriyatlar va o'zgarishlarning rivojlanish tajribasi o‘ziga xos xususiyatlar, o‘ziga xos an'analarga ega. Sharqda demokratiya tushunchasi hamjihatlik g‘oyasi, jamoatchilik fikrining ustuvorligi zaminida shakllanadi. Bizning mamlakatimizda demokratik jarayonlar xalqimizning qonunni hurmat qilish, qonunga itoat etish kabi fazilatlariga mos ravishda rivojlanishi zarur. Axloqiy, ma’naviy qadriyatlar siyosiy munosabatlarda ham ustunlik kasb etishi darkor1"2.



Mamlakatda demokratik jamiyat qurishda Sharq uyg‘onish davrida yashagan Vatandoshlarimiz — Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino kabilar tomonidan ilgari surilgan fozil jamiyat va uning asosiy mezoni-qadriyati bo'lgan ijtimoiy adolat prinsipi yana qaytadan tiklandi. Adolat prinsipi milliy prinsip sifatida namoyon bo'ldi. Bu haqda Prezident I.A.Karimov quyidagi g'oyani ilgari surdi: «Biz shunchaki demokratik jamiyat emas, demokratik odil jamiyat qurmoqchimiz. Adolat va haqiqatga intilish esa xalqimiz tabiatining eng muhim fazilatlaridan biridir. 0‘tmishda oliy adolat g‘oyasi mansabdor shaxslarga qo‘yiladigan talab va bahoning asosi bo'lgan. U davlatchilik negizlarini belgilash, islomiy qoidalar va shariat mezonlarining poydevorini tashkil etgan. Biz tariximizdagi ana shu jihatlarni hisobga olmasak, qudratli, erkin, demokratik davlat qura olmaymiz. Adolat va haqiqat g'oyasi ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarini qamrab olmog'i darkor. Adolat va haqiqat g‘oyasi qonunchilik faoliyatimizning zamini, bosh yo'nalishi bo‘lmog‘i shart. Davlatchilik va fuqarolik munosabatlari, mehnat va uy-joy, nafaqa va soliq, tabiatni muhofaza qilish va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari, qo‘yingki, hayotimizning hamma jabhalari ana shu zaminga tayanishi zarur. Bugun jamiyatda ijtimoiy mulkiy jarayonlaming obyektiv o'zgarishi yuz berayotgan bir paytda adolat g‘oyasini ixcham bir xulosa bilan ifodalash mumkin. Ya’ni davlat jamiyatning keskin tabaqalanishiga — oshib-toshib ketgan boylaru kambag‘al-qashshoqlaiga bo‘linib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak»’03.



  1. Milliy, umumbashariy va demokratik qadriyatlar sintezi - demokratik jamiyat qurish sharti sifatida.



0‘zbekiston mamlakati hududida bir necha ming yillar davomida davlatchilik, miliiy va etnoijtimoiy an’anaiari yashab kelmoqda. Ularning hammasi miliatning shakllanishida muhim rol o‘ynab, hozirgi rhilliy qadriyatlarning shakllanishiga olib keldi. Mazkur milliy qadriyatlarning umummilliy xarakter kasb etadiganlari millatnihg yashash tarzi yoki millatning rivojlanish omili sifatida ham namoyon bo‘la boshladi. Mustaqillikning dastlabki davrida esa mazkur milliy qadriyatlaming aksariyati iigari, ya’ni ittifoq davrida toptalgani, ijtimoiy-siyosatdan ajratib qo'yilganligi uchun qaytadan tikianish jarayoniga zarurat sezmoqda edi. Endi demokratik jamiyat qurish vazifalari va qaytadan tiklanish zamrati paydo bo‘lganligi sababli mazkur milliy qadriyatlar yangi jamiyat qurishning tamoyillari sifatida namoyon bo‘la boshladi.

Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki davrida yuqorida keltirilgan milliy qadriyatlardan tashqari yana quyidagi qadriyatlarni tiklash yangi jamiyat qurish vazifalari sifatida namoyon boia boshladi:




  1. xalqimiz hayotida kuchli jamoachilik mhiyatining saqlanib qolganligi;



  2. oila, mahalla, el-yurtning harbir inson uchun muqaddasligi;



  3. ota-ona va boshqaruv rahbarlariga nisbatan hurmat- ehtiromning saqlanib qolganligi;



  4. millatning ovozi bo‘lgan ona tiliga bolgan izzat-hurmatning kuchliligi;



  5. kattalami hurmat qilish, kichiklami izzat qilish odatlarini ng mavjudligi;



  6. jamiyatda ayol zotiga nisbatan alohida hurmat-ehtirom ko‘rsatilishi;



  7. xalqimizning sabr-bardoshli, mehnatsevar ekanligi;



  8. xalqimiz o‘rtasida halollik va mehr-oqibatlilikning keng tarqalganligi;



  9. xalqimiz mentalitetida o‘zgarishlarga doir islohotlarni shoshilmay, asta-sekin olib borishga moyilligi;



  10. xalqimizning tafakkur tarzi va ijtimoiy qarashlarining rivojlanganligi;



  11. xalqimiz milliy ma'naviyati va madaniyatining o‘ziga xos Sharqonaligj.



Mustaqillik davrida milliy qadriyatlarning fuqarolik jamiyati qurish, demokratik tamoyillarni jamiyatda qoilashdagi o‘mi masalasi nafaqat davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi, balki, demokratik jamiyat qurishning «0‘zbek modeli»ni tarkibiy qismi sifatida e’tirof etildi. Chunki, bir necha ming yillar davomida shakllangan milliy qadriyatlardan birdaniga voz kechib bo‘lma- ganidek, millatning bir necha ming yillarda odatlanib qolgan qadriyatlarisiz hech qanday islohotlami amalga oshirolmasligi tabiiy bir holdir. Ayniqsa, Sharq olamida turli xalqlaming bir necha ming yilliklar ichida shakllantirgan va rivojlantirgan milliy qadri- yatlari yashash tarzining qirralari sifatida mahkam o‘mashganligi, uni hech qanday kuch yo‘qota olmasligi uchun yangi jamiyat qurishni ham ularsiz amalga oshirib bo‘lmaydi.

Ittifoq davrida milliy qadriyatlar tazyiqlar va ta’qiqlashlarga uchragan bo‘lsa ham ular xalqimiz ruhiyatida, tarixiy xotirasida saqlanib qoldi. Prezident I.A.Karimov bu haqda quyidagi fikrni bildiradi. «Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O‘zbekiston xalqi avloddan avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o'ziga xos an'analarini saqlab qolishga muvaffaq boidi».104 Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab milliy qadriyatlarni tiklash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi darajasiga ko‘tarildi. Bu sohadagi dolzarb vazifalarni Prezident I.A.Karimov quyidagicha ifodalagan edi: «Biz ma'naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o‘zlikni anglashning o‘sishidan, xalqning ma'naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz»105.

Shu bilan birga, Prezident I.A.Karimov milliy qadriyatlarni milliy rivojlanish, demokratik jamiyat qurish bilan bog‘liq jihatlaridan keng foydalanishni, hozirgi davr sivilizatsiyasi talablariga javob bermaydigan qadriyatlarga zaruratning yo'qligini quyidagicha ifodalab bergan edi: «... o'tmish qadriyatlarga, an’analarga va turmush tarziga betartib ravishda, orqa-ketini o‘ylamay qaytish boshqa bir keskinlikka — hozirgi davmi qabul qilmaslikka, jamiyatni yangilash zaruriyatini inkor etishga olib kelishi mumkin» edi106. Shuningdek, «milliy qadriyatlar millat uchun muhim va jiddiy ahmiyatga ega bo'lgan jihat va xususiyatlar. 0‘z milliy qadriyati bo‘lmagan millat yoki elat yo‘q. Millatning tanazzuli — milliy qadriyatlaming tanazzulidir. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, kelajagi, uni tashkil etgan avlodlar, ijtimoiy qatlamlar, milliy ong, til, ma'naviyat hamda madaniyat bilan uzviy bog‘liqholda namoyon bo‘ladi»107. Negaki, milliy qadri- yatlar nafaqat mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaydigan ma’naviy asoslardan biri, balki demokratik, adolatli, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishning asosiy manbayi hamdir. Markaziy Osiyo xalqlari tomonidan yaratilgan milliy qadriyatlar uzoq tarixiy jarayonlarda mashaqqatli va og'ir sinovlami o‘z boshidan kechirdi. Darhaqiqat, mintaqa xalqlari uch-to‘rt ming yillik davr ichida jahon e’tirof etgan Markaziy Osiyo sivilizatsiyasini yaratdi.

Markaziy Osiyo xalqlari o‘z tarixiy taraqqiyoti jarayonida mintaqada yashagan barcha xalqlarga mansub bo‘lgan ularni birlashtirib turishga qobil bo‘lgan milliy qadriyatlami yaratdi:




  1. tug‘ilgan ota makon va ona yurtga ehtirom his-tuyg‘ularining kuchli bo'lishi;



  2. ajdodlami xotirlash, ular qoldirgan qadriyatlarga sadoqat tuyg'ularining mavjudligi;



  3. yoshi ulug‘, mo‘ysafidlaming obro‘-e’tiborini joyiga qo‘yish, yoshlarga g‘amxo‘rlik qilish va ularga izzat ko‘rsatish;



  4. insoniy muomala va munosabatlarda ma’naviy qadriyatlaiga qat'iy amal qilish;



  5. ajdodlardan meros bo‘lib qolgan hayo, andisha, og‘ir vazminlik, sabr-toqat kabi qadriyatlami saqlash, rivojlantirish va ularga amal qilish.



Demokratik qadriyatlaming rivojlanishi faqat zamonga emas, balki makon va kengliklar, ulardagi taraqqiyot bosqichlariga ham bog‘liqdir. Ular shakliyjihatdan muayyan kengliklarda rivojlanadi. Masalan, ulaming rivojlanishi uchun muayyan kengliklaiga zarurat tug'iladi:



  1. mahalliy;



  2. milliy;



  3. mintaqaviy.



Ularda shakllangan mahalliy, milliy va mintaqaviy qadriyatlar rivojlanib borgani sari umuminsoniy ahamiyat kasb etib boradi.

0‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishda milliy qadriyatlardan keng foydalanishdan tashqari diniy qadriyatlarni tiklanishiga ham muhim ahamiyat berilmoqda. Chunki, aksariyat diniy qadriyatlar milliy qadriyatlar sifatida namoyon bo‘lishi tabiiy bir holdir. Milliy qadriyatlar ham, diniy qadriyatlar ham fozil jamiyat qurishni, farovonlikni, komil insonni shakllantirishni, ijtimoiy adolat o‘rnatishni, tinchlikni, millatlararo ahillikni oliy qadriyatlar sifatida e'tirof etadi.

Demokratik qadriyatlaming shakllanishi bir necha pog'onalar va ularning o‘zaro aloqadorligi, o‘zaro uyg‘unlashuvi natijasida sodir boiadi. Tarixiy jarayonlar bu qadriyatlarning mahalliy, milliy, mintaqaviy va umuminsoniy shakllarda namoyon boiishini ko‘rsatdi.

Tarixiy rivojlanish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, demokratik jamiyatni umuminsoniy va milliy qadriyatlar uyg‘unligisiz barpo etib boimaydi. Umuminsoniy qadriyatlarning asosiy vazifasi olamni bilish va uni amaliy o‘zgartirishning muhim omili sifatida rivojlandi. Umuminsoniy va milliy qadriyatlar uyg‘unligi inson ma’naviy kamolatining eng muhim omili sifatida e’tirof etildi.


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin