Islom Karimov


Bozor iqtisodiyotiga o‘tish ro



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə7/29
tarix17.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#144616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Islom Karimov-fayllar.org

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish rollari. O’tgan zamonda «jahon sotsialistik tizimiga» kirgan mamlakatlar tajribasi ma'muriy- buymqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning uchta asosiy yoiini namoyon etdi: birinchi (tarixan xiyla erta) — bozor insti- tutlarini asta-sekin shakllantiradigan evolutsiyaviy (tadrijiy) yoi (Xitoy, O’zbekiston, qandaydir jihatdan Vengriya); ikkinchi — «shok terapiyasi» bo’lib, u yoki bu darajada Rossiyada, markaziy va Sharqiy Yevropaning ko‘pchilik mamlakatlarida (klassik shaklda — Polshada) qoilandi; uchinchi — inqilobiy yoi. Bu yoi XX asrdan boshlab bir necha mamlakatlarda o‘z ifodasini topdi. Lekin, bu yoining oxir-oqibati totalitar jamiyat qurish bo’lganligi uchun o‘tish yoii sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotib bormoqda.

Bu har ikki yoining o‘zaro farqlanishi tizimga oid o‘z- garishlarni va barqarorlik chora-tadbirlarini amalga oshirish muddatlarida, xalq xo‘jaligini bozor mexanizmlari bilan qamrab olish darajasi, davlatning muvofiqlashtirish funksiyasi hajmi kabilardagi turli xilliklarda ifodalanadi.

Bozor iqtisodiyotiga o'tishda evolutsiyaviy yoki «shok terapiyasi» nafaqat s'iyosiy rahbariyat irodasiga, balki jamiyatdagi muhitda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tarixiy va boshqa omillarning darajasiga bog‘liqligi bilan o'zini namoyon qildi. Evolutsiyaviy yo‘l bir necha avlodlar almashinuvi kechgan qishloq xo'jaligi nisbatan rivojlangan, xususiy tadbirkorlikka moyil aholisi bo'lgan, og‘ir sanoat va harbiy-sanoat majmuasi ulushi unchalik katta bo'lmagan, siyosiy va xo‘jalik yurituvchi elita orasida islohotlar o‘tkazishdan manfaatdor bo’lgan mamlakatlar uchun xos bo’ldi.

«Shok terapiyasi» yoii noilojlik natijasida ko‘riladigan chora- tadbirlar oqibatida tanlandi. Ko‘pchilik holatlarda bu yoi ma'muriy- buyruqbozlik tizimidan meros bo’lib qolgan og‘ir moliyaviy ahvolga barham berish, tuzilmaviy nomutanosibliklar tufayli keskin tovar defitsitini paydo bo’lganligi bilan ham bogiiq bo’ldi.



Evolutsiyaviy yoi («gradualizm»). Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning evolutsiyaviy yoiini quyidagi umumiy qirralarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
  1. Davlat o‘zining uzoq muddatga mo’ljallangan islohotlar strategiyasi asosida bosqichma-bosqich, qadamba-qadam ma'muriy-buyruqbozlik tizimini bozor munosabatlariga almashtira boradi. Jumladan, bu kabi jarayon Vengriyada 1968-yildan 1990- yilgacha davom etdi, O'zbekistonda 1991-yildan, Xitoyda esa 1979-yildan buyon davom etmoqda.


  2. Islohotlaming boshlanishi iste’mol bozorida o'sishga moyil bo’lgan muvozanatni o‘matish bilan bogiiq bo’lib, bunda nafaqat tez moslashuvchan baholar tizimi yordamida, balki xususiy sektorda iste’mol mollarini ishlab chiqarishni tezlik bilan rivojlantirish, ular bilan bozomi toidirish, xizmat ko‘rsatishni kengaytirish vositasida o‘zgarishlar chuqurlashtirilib boriladi.


  3. Bozor munosabatlari dastlab ishlab chiqarish va iste'mol mollari savdo-sotiq sohalarini qamrab oladi, so‘ngra investitsiya sohalariga tarqaladi.


  4. Baholarni erkinlashtirish (liberallashtirish) islohotlarning keyingi bosqichlarida amalga oshiriladi, lekin bu jarayonda ko‘pincha yirik monopolistik moyilliklar mavjud bo‘lgan sohalarda aholi hayot darajasining tushib ketmasligi uchun baholar davlat tomonidan nazorat qilib borish taqozo etiladi.


  5. Yuqori inflatsiyaga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qattiq moliyaviy siyosat olib boriladi.


  6. Bozor infratuzilmalari faol ravishda shakllantiriladi, xususiy tadbirkorlik, xususan mayda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari rag‘batlantiriladi.


Qishloq xo‘jaligi va u bilan bogiiq iste’mol mollarini ishlab chiqamvchi sohalami rivojlantirishga doir chora-tadbirlami amalga oshirish bozor mexanizmlarini yanada rivojlantirishning o‘ziga xos energiya manbayi bo'lib, uning natijasida iste'mol bozori to'ldiriladi, islohotlarni chuqurlashtirishning ijtimoiy jihatlari mustahkamlanadi.

Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning radikal yo‘li («shok terapiyasi»).

«Shok terapiyasi» strategiyasi neoliberal g‘oyalaiga asoslanadi. Unga muvofiq, bozor iqtisodiyoti o‘zini o‘zi muvofiqlashtimvchi tizim hisoblanadi. Shuning uchun o‘zgarishlaming bosh vazifasi — bu davlatning iqtisodiy rolini juda ham pasaytirish, demakdir. Lekin, davlatda muhim funksiya — moliyaviy tizimning baraqarorligini qo'llab-quvvatlab turish saqlanib qoladi. Lekin, buning uchun bozoming o‘zini o‘zi muvofiqlashtirish roliga xalaqit bemvchi faoliyat — inflatsiyani keskin ravishda pasaytirib borishi talab etiladi.

Radikal tarzda o'tish strategiyasi muhim institutsional o'zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etadi:

  • bir vaqtning o‘zida asosiy mollar va xizmat ko‘rsatish baholarini erkinlashtirish, davlat tomonidan ko'rsatiladigan moddiy-texnika ta'minotidan ishlab chiqarish vositalari va iste'mol mo’llarining erkin savdosini erkinlashtirishga o‘tish. Bu chora- tadbirlar mol taqchilligini tugatishga olib keladi va bozoming o‘zini o‘zi muvofiqlashtirish mexanizmlarini ishga tushiradi;


  • tezlik bilan oldingi markaziy rejalashtirish tizimini yo'qotish va davlat muvofiqlashtiruvi ma'muriy usullarini, ayniqsa, kfeditlar berish shart-sharoitlarini yumshatish, pul emissiyasini chegaralash kabilarni iqtisodiy usullarga almashtirish;


  • davlat mulkini tezlik bilan xususiylashtirish, yerga xususiy mulkchilikni o'matish;


  • ichki bozor va iqtisodiyotni xorijiy mollar va kapital uchun keng ochish maqsadida tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish.





Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin