Islom Karimov



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə4/29
tarix17.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#144616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Islom Karimov-fayllar.org

Ma'muriy-buyruqbozlik (markazlashgan-rejali) tizim ilgari SSSR, Sharqiy Yevropa mamlakatlari, XXR, Kuba, Vyetnam, KXDR kabi mamlakatlarda hukmronlik qilgan edi63.

Xo‘jalik yuritishning bozor tizimi iqtisodiy rivojlanishning turli modelining shakllanishini taqozo etdi. Ulaming ichida rivojla- nishning amerikacha, yapon, nemis, shved, fransuz va janubiy Koreya modellari o'zining samarali va rivojlanuvchanligi bilan ajralib turadi.



Amerikacha model aholining faol qismini boyishiga, tadbirkorlik faolligini har tomonlama rag'batlantirish tizimi asosiga qurilgan. Aholining kam ta'minlangan gumhlari uchun turli imtiyozlar va ko‘mak berish hisobidan maqbul hayot darajasi yaratiladi. Bu modelda ijtimoiy tenglik masalasi qo‘yilmaydi. Bu model yuqori mehnat unumdorligiga va shaxsiy muvafaqqiyat qozonishga asoslanadi. Umuman amerikacha modelga iqtisodiy muvozanat va barqaror vaziyatni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan davlat ta'sirini qo'llash xarakterli jihatdir.

Yana rivojlanishning amerikacha modeli uchun quyidagilar xarakteriidir:


  • davlat mulki ulushining kamligi va davlatning muvofiq- lashtirish rolining kamligi;


  • tadbirkorlikning har tomonlama rag‘batlantirilishi (80 % yangi ish o'rinlari kichik biznes hisobiga ochiladi);



  • aholining boy va kambag'allarga keskin tabaqalashuvi;


  • aholining kam ta’minlangan guruhlari uchun maqbul hayot darajasining mavjudligi;


  • fuqarolarning mulkiy va ijtimoiy jihatlardan o‘zaro notengligini qisqartirishning oldindan ko‘zlanmasligi.




Yapon modeli uchun mehnat unumdorligining o'sishiga nisbatan aholining hayot darajasini (jumladan, ish haqi darajasi ham) orqada qolishi xarakterli jihatdir. Ana shu hisobdan mahsulot tannarxini pasaytirishga erishiladi, bu mahsulotlaming jahon bozoridagi raqobatbardoshligi oshib boradi. Bu kabi model milliy o‘zini o‘zi anglashning yuqori darajasiga erishish, ayrim olingan inson manfaatlaridan millat manfaatlarini ustuvorligini ta'minlash, aholini mamlakatni gullab-yashnashi uchun fidoyilik qilish salohiyatini rivojlanishi natijasi asosidagina yashay oladi. Yapon modelining yana bir xususiyati iqtisodiyotni modemizatsiyalash jarayonida (ayniqsa, uning boshlang‘ich davrida) davlatning faol roli bilan izohlanadi.

Rivojlahishning yapon modeli uchun xos jihatlar:


  • iqtisodiyotning asosiy sohalariga davlat ta'sirining yuqori darajada ekanligi;


  • iqtisodiyotning rivojlantirilishni oldindan belgilanishi;


  • firma rahbarlari bilan xizmatchilaming ish haqlari darajalari farqlarining kamligi;


  • modelning ijtimoiy yo‘naltirilganligi.




GFR ijtimoiy bozor xojaligi. Bu model fashistlar davridagi konsernlarni tugatish, barcha turdagi xo'jalik yuritish shakllariga (yirik, o‘rta, mayda) barqaror rivojlanish imkoniyatlarini yaratish asosida shakllandi. Shu bilan birga, mittelshtand deb ataluvchi, ya'ni mayda va o‘rta korxonalar, fermerlik xo'jaliklari homiylikning alohida turidan keng foydalanadi. Davlat baholashlar, bojlar va texnikaviy me'yorlami o‘matishga faol ta’sir etadi. Bu tizim asosida yotadigan bozor iqtisodiyoti yuqori samarali xo‘jalik faoliyatiga undaydigan rag‘batlantirishlarga ega bo’ldi.

Nemis modelining xarakterli jihatlari:
  • iqtisodiyotga davlat ta’sirining yuqori darajada ekanligi;


  • asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning oldindan bashorat qilinishi;


  • firma rahbarlari bilan xizmatchilaming ish haqlan darajalari farqlarining kamligi;


  • modelning ijtimoiy yo'naltirilganligi.




Shved modeli aholining kam ta’minlangan qatlamlari foydasiga milliy daromadni qayta taqsimlash hisobiga mulkiy tengsizlikni qisqartirishga moMjallangan kuchli ijtimoiy siyosat yuritish bilan ajralib turadi. Bu davlat hammasi bo‘lib 4 % asosiy fondlarga egalik qilsada, o'tgan asming 90-yillaridan boshlab davlat xarajatlari yalpi ichki mahsulotning 50 %idan ortiqrog'ini tashkil eta boshladi. Biroq, bu xarajatlarning yarmidan ko‘prog‘i ijtimoiy ehtiyojlar uchun yo‘naltiriladi. Tabiiyki, bunga yuqori soliq yuki (ayniqsa, jismoniy shaxslar hisobiga) sharoitidagina erishish mumkin. Bu model ishlab chiqarish funksiyasi raqobatdosh bozor asosida fao - liyat yuritayotgan xususiy tadbirkorlar yelkasiga tushadigan, yuqori hayot darajasini ta'minlash (bandlik, ta’lim, ijtimoiy sug‘urtalarni ham) va infratuzilmalarning ko‘plab unsurlari (transport, ilmiy- tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalar) davlat funksiyasi hisoblanadigan «funksional sotsiallashtirish» ham deb ataladi.


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin