Konchilik ishi va metallurgiya


O`zbekiston iqtisodiy siyosatining asosiy ustuvor yo`nalishlariorxonalar mohiyati va faoliyatining asosi



Yüklə 3,57 Mb.
səhifə5/222
tarix14.09.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#143341
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   222
УМК СОХА ИҚТ ВА МЕНЕЖ.

1.2.O`zbekiston iqtisodiy siyosatining asosiy ustuvor yo`nalishlariorxonalar mohiyati va faoliyatining asosi.
Avvalgi ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitlarida sobiq SSSR iqtisodiyoti yagona xalq xo’jaligi majmuasi sifatida tavsiflangan. Unda barcha ittifoqdosh respublikalarning butunittifoq iqtisodiyotini rivojlantirishdagi majburiy ishtiroki va “Markaz” tomonidan belgilab berilgan yo’nalishlar asosida o’z milliy iqtisodiyotini ham rivojlantirishi aks ettirilgan.
Birlik, birdamlik, yaxlitlik aslida hayotning ijobiy kategoriyalari hisoblanadi. Biroq davlat boshqaruv holatidan va birinchi o’rinda respublikalarning imkoniyatlari va manfaatlari nuqtai nazaridan qaraganda bunday “birlik” respublikalarga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim masalalarini mustaqil hal qilish imkonini bermasdi. Respublikalarning milliy iqtisodiyotlariga kiritiluvchi investisiyalar asosan umumittifoq “qozoni”dan olinardi va ko’pincha qoldiq tamoyili asosida amalga oshirilardi. Bir qancha tarmoqlar va yirik ishlab chiqarish birlashmalari bir vaqtning o’zida ham respublika, ham butunittifoq vazirliklariga va mahkamalariga bo’ysunar edi.
Ittifoqdosh respublikalar SSSRning yagona xalq xo’jaligi majmuasi tarkibida so’nggi bor qatnashgan 1990 yil bo’yicha statistik ma’lumotlar O’zbekiston iqtisodiyotining ahvoli va tuzilmaviy tuzilishi to’g’risida ma’lum bir tushuncha beradi: jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarida markazga bo’ysinuvchi korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar salmog’i 33%, sanoat va ishlab chiqarishda mashg’ul bo’lgan xodimlar miqdorida - 35%, sanoat va ishlab chiqarish asosiy fondlarida 65%ni tashkil qilgan bo’lsa, respublik hukumatiga bo’ysunuvchi korxonalar esa mos ravishda 67%, 65% va 35%ni tashkil etgan.
O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi milliy iqtisodiyotimizda miqdor va sifat o’zgarishlariga sabab bo’ldi. Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti jamiyatni demokratiyalashtirish, iqtisodiyot salohiyatlarini mustahkamlash va mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoriga kiritishga yo’naltirilgan, bozor munosabatlariga o’tishning mamlakatimiz uchun maxsus ishlab chiqilgan modeli asosida rivojlanib bormoqda. Bu model O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan iqtisodiyotni islohot qilishning beshta muhim tamoyiliga asoslangan hamda xo’jalik faoliyati yurituvchi subyektlarning erkinligi, xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni himoya qiluvchi zaruriy qonun hujjatlari bilan belgilab berilgan.
Iqtisodiyotning rivojlanishi uchun talab qilinuvchi ushbu vazifalarning amalga oshirilishida korxonalarga katta rol ajratilib, ular iqtisodiyotning asosiy ishlab chiqarish bo’g’ini bo’lish bilan birga mahsulot ishlab chiqarish, aholiga xizmat ko’rsatish tufayli iste’molchilarning talablarini ham qondiradilar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ma’muriy buyruqbozlik xo’jaligidan farqli o’laroq iqtisodiy faoliyat markazi barcha iqtisodiyotning asosiy bo’g’ini bo’lmish – korxonalar tomoniga siljib o’tadi.
Korxona – ijtimoiy ishlab chiqarishning bosh bo’g’ini bo’lib, unda ilmiy iqtisodiyotning asosiy iqtisodiy masalalari hal etiladi.
Mahsulotlar yaratish va xizmatlar ko’rsatish muayyan texnologik jarayonlar, mehnat qurollari materiallari, odamlarning bilimi va ko’nikmalari ijtimoiy mehnat taqsimoti va kooperasiyalashga asoslangan hoda mustaqil amalga oshiriladigan tizimga aytiladi.
Korxona ish o’rinlarini beradi ish haqi to’laydi soliqlar to’lash yo’li bilan davlat va ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishda qatnashadi.
Aynan korxonada mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari va ishchini ishlab chiqarish vositalari bilan o’zaro aloqasi amalga oshiriladi.
Korxona o’z faoliyatini o’zi boshqaradi, ishlab chiqarilgan mahsulotni olingan sof foydani soliq va boshqa to’lovlarni to’lagandan so’ng qolgan qismini tasarruf etadi.
Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va assortimenti, xilma-xilligi, xom ashyo yetkazib beruvchilar va haridorlar baholarni shakllantirish, resurslardan tejamli foydalanish, kadrlarni qo’llash, yuqori unumli texnika va texnologiyadan foydalanish masalalari hal etiladi.
Korxona faoliyatining samaradorligi ishlab chiqarishni quyidagicha tashkil etish shakllariga ega:
Konsentrasiyalash, bir joyga jamlash;
Ixtisoslashtirish;
Kooperasiyalash;
Ishlab chiqarishni murakkablashtirish kabi usullardan foydalanishga bog’liq.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan, korxona bu - huquqiy shaxs maqomiga ega, mustaql ravishda xo’jalik faoliyati yurituvchi subyekt bo’lib, o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulkidan foydalanish asosida iste’molchilar (xaridorlar) talabini qondirish va daromad (foyda) olish maqsadida mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqaradi va sotadi yoki ayirboshlaydi.
Korxona – ijtimoiy talablarni qondiruvchi va sof foyda olish maqsadida mahsulot ishlab chiqaruvchi, ishlar bajaruvchi, xizmat ko’rsatuvchi mustaqil xo’jalik yurituvchi iqtisodiyot subyektidir. O’zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoq va sohalarida turli xil mulkchilik shakliga ega bo’lgan 300 mingta xo’jalik faoliyati yurituvchi subyekt mavjud bo’lib, ulardan qariyb 280 mingini kichik korxonalar hamda mikrofirmalar tashkil etadi. Korxonalarning eng katta qismi savdo va umumiy ovqatlanish (34%), qishloq xo’jaligi (41%), sanoat (9,4%) va qurilish (56%) sohalarida ro’yxatga olingan. Jami korxonalar miqdorida nodavlat sektorining salmog’i katta bo’lib, 82 %ni tashkil qiladi.
Har bir mamlakatning sanoat quvvati hamda fan-texnika taraqqiyoti va iqtisodiyotni modernizasiyalash ko’rsatkichlarini birinchi o’rinda yirik korxonalar belgilab beradi. Shu sababli “kichik” iqtisodiyotni rivojlantirish, ya’ni kichik va o’rta korxona hamda mikrofirmalarga keng yo’l ochib berishda yirik korxonalarning o’rni va rolini unutmaslik darkor. Chunki bu korxonalarda ishlovchi xodimlar soni katta bo’lishdan tashqari, fan-texnika yutuqlarini hayotga tatbiq etish, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish, mehnatni rag’batlantirish hamda do’stona, sherikchilik aloqalarini (jumladan, xorijiy korxona va firmalar bilan) rivojlantirishga keng imkoniyatlar mavjud. Shu sababli yirik, o’rta va kichik korxonalarning optimalligi jamoatchilik ishlab chiqarishi talablari va milliy iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollaridan kelib chiqqan holda fan va xo’jalik amaliyotining eng muhim vazifasi hisoblanadi. Bu vazifani iqtisodiyotning har bir tarmog’i va sohasida hal qilishning yo’llari o’xshash bo’lmasligi yoki bir xil tavsifga ega bo’lmasligi mumkin. Har bir alohida yuzaga kelgan iqtisodiy holatda mavjud sharoitlar va rivojlanish afzalliklariga mos holda harakat qilish zarur.
Korxonalarning faoliyati milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlariga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatadi. Korxonalar qanchalik yaxshi, samarali va rentabelli ishlasa, butun iqtisodiyotning, jumladan, ularning o’zlarining ham ko’rsatkichlari yuqori bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti korxonalar faoliyatini erkinlashtiradi, ularning mustaqilligini mustahkamlaydi hamda ishlab chiqarishni tashkil etish va rentabellikning yuqori ko’rsatkichlariga erishishga keng imkoniyatlar yaratadi, deb hisoblanadi. Balki haqiqatdan ham shundaydir. Biroq korxona, ayniqsa, davlatga tegishli bo’lgan korxona qanday ishlashi, uning jamiyatga keltiruvchi foydasi, rentabellik darajasi, xodimlarning bandligi qanday bo’lishi faqat korxonalarnigina emas, davlatning ham ko’z oldida bo’lishi zarur. Xuddi shuning uchun ham davlat korxonalarga katta imkoniyatlar yaratib berish bilan birga ularni belgilangan tartibda nazorat qilib ham boradi. Davlat korxonalar “taqdiriga”, ularning ishlab chiqarish faoliyati yakuniy natijalariga befarq qarab tura olmaydi. Bankrotga uchragan korxonalar, zarar keltiruvchi ishlab chiqarish, iqtisodiy nochorlik - bularning barchasi korxona jamoasi uchun ham, davlat uchun ham og’ir yuk hisoblanadi.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, bozor iqtisodiyoti sharoitlarida barcha korxonalar ham raqobatchilikni yengib, samarali ishlab keta olmaydi hamda daromad yoki foyda ololmaydi. Natijada minglab korxonalar tashkil qilinib, xo’jalik faoliyati doirasiga qo’shiladi va deyarli shunchasi turli sabablarga ko’ra tugatiladi. Shu sababli bankrotlik, korxonalarning tugatilishi bozor iqtisodiyot sharoitlarida odatiy hol bo’lib, bu ahvolga tushib qolishdan ehtiyot bo’lish kerak bo’lsada, lekin bundan fojea ham yasash kerak emas.
Xalq orasida “Kambag’al va kasal bo’lgandan ko’ra boy va sog’lom bo’lgan afzal” degan gap bor. Shu gapga amal qiladigan bo’lsak, yaxshisi korxonani bankrot bo’lishga olib kelmaslik, uning iqtisodiy mustaqilligi, mehnat qobiliyati va daromadligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni qo’llash zarur. Korxonaning mehnat qobiliyati va daromadligi milliy iqtisodiyotga qo’shiladigan hissa bo’lishdan tashqari respublikamizda tobora ko’payib borayotgan aholini ish bilan ta’minlashda ham ahamiyat kasb etishini unutmaslik muhim. Ko’rinib turibdiki, istalgan korxonaning milliy iqtisodiyotdagi o’rni va ahamiyati ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, olinadigan foyda yoki daromad miqdoridan tashqari bu korxonaning aholini ish bilan ta’minlashdagi ishtirokiga ham bog’liq bo’ladi. Aholini ish bilan ta’minlar ekan, korxonalar o’zlarining bevosita ishlab chiqarish funksiyalarini bajarishdan tashqari ishsizlikning kamayishiga, demak, to’g’ri, mehnat faolligining ortishi va ijtimoiy ahvolning yaxshilanishiga ham sababchi bo’ladi.
Bu yerda hamma narsa faqat korxonanning o’ziga bog’liq emasligi ko’rinib turibdi, albatta. Chunki korxona o’z faoliyatini amalga oshirish jarayonida xom ashyo, material, asbob-uskuna va boshqa ishlab chiqarish vositalari yetkazib beruvchi yoki mahsulot iste’molchilari sifatida harakat qiluvchi boshqa korxonalar bilan o’zaro aloqaga kirishadi. Bu munosabatlarda har bir kamchilik va nuqsonlar, jumladan, xom ashyo, material va asbob-uskunalarni vaqtida yetkazib bermaslik, o’z vaqtida haq to’lamaslik, qarzlarni to’lash muddatlarining o’tkazib yuborilishi va boshqa xo’jalik yuritish qoidalari va majburiyatlarining buzilishi korxona iqtisodiy ahvolining yomonlashishiga, uning nochorlikka uchrashiga olib keladi. Shu sababli korxonalar faoliyatini samarali va yuqori rentabelli darajada amalga oshirish zaruriyati, barcha korxonalar ishlab chiqarishni kerakli tarzda tashkil qilish hamda o’z hamkorlari va davlat oldidagi majburiyatlarni qat’iy tarzda bajarish intizomi bilan uzviy bog’liqdir.
O’zbekistonda ko’plab kichik, o’rta va yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, ular iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarini – og’ir sanoatdan yengil sanoatgacha, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashdan ilmiy ishlab chiqarishgacha qamrab olgan. Ular o’z faoliyatida ishlab chiqarishning barcha omillaridan - yer, tabiiy va mehnat resurslari, texnika va texnologiyalar, investisiyalar, hozirgi zamon fani tomonidan ishlab chiqarishning asosi yoki mamlakatning milliy boyligi deb ataluvchi zamonaviy axborot tizimidan foydalanadi. Ma’lumki, boylik yoki salohiyat bir nechta avlod va butun jamiyatning xatti-harakatlari evaziga yaratiladi. Korxonalarning vazifasi ushbu boylikni asrab-avaylash va undan samarali foydalanishda ifodalanadi. Xo’jalik yuritishning mazkur tamoyillaridan bir oz bo’lsada chetga chiqish jamoatchilik ishlab chiqarishi samardorligining pasayishiga, xo’jasizlik va isrofgarchilikka olib keladi. Korxonalar ham bundan mustasno emas.

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin