Mavzu: Muskul faoliyati natijasida odamning ish qobiliyatini tiklanishi Reja



Yüklə 66,79 Kb.
səhifə3/7
tarix21.09.2023
ölçüsü66,79 Kb.
#146348
1   2   3   4   5   6   7
Muskul faoliyati natijasida odamning ish qobiliyatini tiklanishi

Oqsil moddalar


Oqsillar (proteidlar) – tirik organizm hujayralarida sintezlanadigan biologik polimerlar. Oqsil tirik organizmning hayotiy mahsuloti bo’lib, uning yashashi, rivojlanishi, etilishi va o’ziga o’xshash nasl hosil qilishiga imkon yaratadi. Barcha oqsil molekulalari uglerod, vodorod, azot, kislorod va oz miqdorda oltingugurtdan tashkil topgan. Oqsil molekulalari zanjiridagi bo’g’inlar aminokislotalardan iborat. Hujayra quruq og’irli-gining 50% dan oshiqrog’ini oqsil tashkil etadi.
Oqsilning organizm hayot – faoliyatidagi ahamiyati niho-yatda xilma-xil. Oqsilning strukturali oqsil deb ataluvchi katta gruppasi organizm turlicha strukturasining hosil bo’lishida ishtirok etadi. Hujayralar qobig’i va ularning ichki tuzilmalari – organnellalar, shuningdek, nerv ustunlari qobiqlari polisaxa-ridlar va yog’lar bilan murakkab moddalar hosil qiluvchi alohida erimaydigan oqsildan tashkil topgan. Oqsil qon tomirlari devori tarkibiga qiradi. Teri, pay, boylam, tog’ay, suyak tarkibida kollagen oqsili bo’ladi. Keratin son, tirnoq tuzilmalarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.
Gormonlar oqsili organizmning barcha hayotiy jarayonla-rini, o’sishi va ko’payishini boshqarib turadi. Alohida yorug’lik sezgir oqsil – rodopsip yordamida ko’z to’r pardasida predmetlar tasviri aks etadi. Muskullarda qisqaradigan oqsil miozin va aktin borligi tufayli ular qisqaradi va yoziladi. Ayni shu oqsil tufayli barcha hayvonlar yurish qobiliyatiga ega. Ba’zi hayvonlar (ilon, hashorat va boshqa) hamda o’simliklarning kuchli zaharli moddalari, shuningdek bakteriyalar toksini xam oqsildir. Shuning uchun ular tuxum oqida va o’simliklar urug’ida to’planadi. Ba’zi oqsil zahira oziq moddalar hisoblanadi. Fermentlar oqsilning muhim va turli gruppasini tashkil etadi. Organizm-dagi barcha kimyoviy jarayonlar fermentlar ishtirokida o’tadi. Ovqat hazm bo’lishi, kislorodning o’zlashtirilishi, moddalarning o’zaro bir-biriga aylanishi, almashinuv mahsulotlarining hosil bo’lishi va organizmdan chiqarib yuborilishi, energiya to’planishi, qon ivishi va boshqa fermentlar ishtirokisiz amalga oshmaydi. Ba’zi oqsil gruppalari tashuvchanlik funktsiyasini bajaradi. Masalan, eritrotsitlardagi gemoglobin kislorodni o’pkadan organizmning turli to’qimalariga eltadi va to’qimalarda hosil bo’lgan karbonat angidridni o’pkaga olib kelib, nafas chiqarganda uning o’pkadan tashqariga chiqib ketishiga imkon yaratadi. Oqsil organizmni himoya qilish vazifasini ham o’taydi. Qonga kasallik paydo qiluvchi bakteriyalar yoki ularning organizm hayot faoliyati uchun xayf tug’diradigan mahsulotlar tushganda organizmda antitellar – immunoglobulin oqsil ishlab chiqariladi. Ular organizm uchun yot bo’lgan zaharli oqsilni yoki kasallik paydo qiluvchi mikroorganizmlar hayot-faoliyati mahsulotlarini neytrallashda ishtirok etadi. Oqsilning organizmni himoyalash vazifasiga qonning ivishini ham misol qilib keltirish mumkin. Qon plazmasida fibrinogen oqsili eriydi. U rangsiz va ko’rinmaydi. Lekin qon tomirning shikastlangan joyida fibrinogen tez polimerlanib, oq fibrin ipiga aylanadi va cho’qmaga tushib, jarohatlangan joyni paxta yanglig’ to’sib qo’yadi. Suvda eritmaydigan, kimyoviy jihatdan inert oqsildan tortib, suvda eriydigan, biologik jihatdan aktiv, zaharli barcha oqsilpeptid bog’i bilan bog’langan ayni bir xil aminokis-lotalardan tashkil topgan. Tabiatda 20 xilga yaqin aminokis-lotalar (oqsil shu aminokislotalardan tuzilgan) mavjudligi ularning zanjirlarda ma’lum ketma-ketlikda joylashishini cheksiz o’zgartirishga amaliy imkoniyat yaratib beradi.
Har bir oqsilning politeptid zanjiri oqsiliga xos bo’lgan aminokislotalarining tuzilishi bir xilda yoki bir-biriga yaqin bo’lgan, lekin aminokislota qoldiqlari turlicha ketma-ketlikda joylashgan ikkita oqsilning xossasi kimyoviy jihatdangina emas, balki biologik jihatdan xam deyarli turlicha bo’ladi. Oqsil molekulasi aminokislota zanjiridagi bittagina aminokislota qoldig’i o’rnining almashtirilishi ham ayni oqsil xossasining anchagina o’zgarishiga sabab bo’ladi. Aksari oqsil tarkibiga kiradigan aminokislota qoldiqlarining soni 100 dan kam emas. Ular oqsil tarkibida qat’iy tartibda birin-ketin joylashib, oqsil molekulasining polipeptid zanjirini, ya’ni barqaror birlamchi strukturasini tashkil qiladi. Juda ko’p aminokis-lotalardan tuzilgan uzun polipeptid zanjirining turli qismlari o’zaro bog’lanishi tufayli oqsil molekulasining yuksak tashkiliy shakllari – ikkilamchi, uchlamchi va to’rtlamchi strukturalari hosil bo’ladi. Tirik organizmda oqsil paydo bo’lishi nuklein kislotalari va ko’p sonli maxsus fermentlar ishtirokida o’tadigan murakkab jarayondir.
Oqsil shakli, to’qimasi va individual hossalari bilan farq qiladi. Har qanday oqsil issiq qonli hayvonlar, jumladan odam organizmiga kiritilganida antitela hosil bo’lishiga bo’lishiga olib keladi, ya’ni oqsil antigen xossasiga ega. Organizmga yot oqsil kirganida allergik holatni yuzaga kel-tiradi. Organizmga singmagan oqsil va polipeptidlar ichakda so’rilib, qonga o’tadi va organizmga allergiya singari ta’sir etadi.

Yüklə 66,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin