Mavzu: turkiy tillarda -lar ko’plik qo’shimchasining qiyosiy o’rganilishi reja: Ishning umumiy tavsifi


Ishning jamoatchilik e’tiboridan oʻtishi



Yüklə 47,55 Kb.
səhifə3/13
tarix24.03.2023
ölçüsü47,55 Kb.
#89591
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
maxtubova fereuzabonu kurs ishi turekiydocx

Ishning jamoatchilik e’tiboridan oʻtishi. Kur ishi mavzusi oʻzbek filologiyasi kafedrasi yigʻilishida tasdiqlangan. Mavzuning oʻrganilishi yuzasidan yigʻilishlarda axborot berilgan. Ish yuzasidan “Oʻzbek va turk tillarining qiyosiy grammatikasi” nomli oʻquv qoʻllanma tavsiya e’tilgan.
Kurs ishining tuzilishi. Tadqiqot ishning umumiy tavsifi, kirish, uch asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat. Bitiruv ishining umumiy hajmi 35 sahifani tashkil qiladi.


KIRISH
Ajdodlarimiz qoldirgan madaniy merosni oʻrganish, ular yaratgan olamshumul ilmiy kashfiyotlarni roʻy-rost bayon qilish imkoniyati faqat mustaqillik tufayligina vujudga keldi.
Ana shu imkoniyatdan foydalangan holda oʻtmish madaniy merosimizni sinchiklab oʻrganish, ajdodlarimizning dunyo tilshunosligiga qoʻshgan xizmatlarini faxr-iftixor tuyg‘usi bilan keng omma oʻrtasida targ‘ib va tashviq qilish har bir oʻzbek ziyolisining eng shavqli-zavqli ishiga aylanmog‘i lozim.
Rus imperiyasi davrida yoshlarni tarixdan uzib qoʻyish, oʻtmish madaniyati bilan oshno etmaslik, bu bilan ruslashtirish g‘oyasini osongina amalga oshirish siyosati yurgizildi. Ana shu siyosat ta’sirida barcha fanlar tarixi singari oʻzbek tili va tilshunosligi tarixi ham xaspoʻshlab koʻrsatildi.
Aslida oʻzbek tili va tilshunosligi oʻzining uzoq tarixiga ega. Tilshunoslik sohasida qalam tebratgan allomalarimiz oʻzlarigacha boʻlgan jahon olimlarining ilmiy merosidan bahramand boʻlishlari bilan birga, jahon tilshunosligining ravnaqi uchun ham oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshdilar.
Ajdodlarimiz qoldirgan madaniy merosni oʻrganish, ular yaratgan olamshumul ilmiy kashfiyotlarni roʻy-rost bayon qilish imkoniyati faqat mustaqillik tufayligina vujudga keldi.
Oʻzbek tili respublikamizning davlat tili deb qonunlashtirilishi xalqimizning tarixiy-madaniy hayotida katta voqea boʻldi. Bu oʻzbek xalqining hal qilinishi lozim boʻlgan muammolaridan biri edi. Chunki ushbu dolzarb muammoni hal qilmasdan turib, milliy siyosatni toʻla amalga oshirish, milliy tillar haqidagi ta’limotning oʻzbek tili taraqqiyotidagi rolini atroflicha, ilmiy asosda tushunish mumkin emas.
Til – kishilarga fikrlashuv, fikrlash quroli boʻlib xizmat qiladigan noyob ijtimoiy hodisa. Har bir til uning sohibi boʻlmish jamoaning bebaho mulki boʻlib, o’zi mansub jamoasining nomi bilan ataladi: jamoasiga xizmat qiluvchi tilga o’zbek tili
deyiladi. Oʻzbeklar oʻz tilidan koʻp asrlar davomida foydalanib keladi. Dastlab og‘zaki muloqotni ta’minlagan oʻzbek tili keyinchalik yozma shaklda ham namoyon boʻlgan. Yozma nutqda til hodisalaridan foydalanishning ma’lum me'yorlarini ishlab chiqish zaruriyati paydo boʻlgan. Til hodisalaridan ma’lum me'yor asosida foydalanish adabiy oʻzbek tilining shakllanishiga olib kelgan.
Ma’lumki, barcha turkiy tillar bir manba ̶ turkiy tillar oilasida birlashadi. Shu sababli qardosh boʻlgan bu ikki tilning til birliklarini oʻzaro qiyosiy aspektda oʻrganish oʻta dolzarbdir . Bilamizki, turklar qadimdan oʻgʻuz qavmlari tarkibida yashashgan, turkiy xalqlarning ilk VII- X asr yozma yodgorliklari ̶ Oʻrxun-Enasoy va qadimgi uygʻur yozuv bitiklarida turkiy qabilalar safida oʻgʻuzlarning nomi tilga olingan. U.Sanaqulovning yozishicha, Mahmud Koshgʻariyning “Devon”ida turkiy qavmlarning yetmishga yaqin urugʻ- qabilalari haqida ma’lumotlar uchraydi. Unda oʻguz qabilasiga xos boʻlgan yigirma uchdan oshiq urugʻlar nomma-nom qayd etilgan.
Turkiy tillar oilasi nazariyasiga koʻra, turkiy tillarni tasnif qilishda ba’zi olimlar geografik oʻrinlashishni asos qilib oladilar. Bu haqda G‘.Abdurahmonov, Sh.Shukurovlarning “O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi” nomli asarida quyidagicha keltirilgan: V.V.Radlov turkiy tillarni toʻrt guruhga boʻladi:
Sharqiy guruh — bunga oltoy, chulim turklari, qaragas, xakas, shoʻr, tuva va yenisey turklari tillari kiradi;
G‘arbiy guruh — Sibir tatarlari, qirg‘iz, qozoq, boshqird, qoraqalpoq tillari;
3) Oʻrta Osiyo guruhi — uyg‘ur, oʻzbek tillari;
4) Janubiy guruh — turkman, ozarbayjon, turk tillari, yoqut tili esa alohida guruhni tashkil etadi.
N.A.Baskakov va boshqa olimlar turkiy tillarni etnik tarkibiga koʻra tasnif qiladilar. Bu tasnifga koʻra, turkiy tillar sharqiy va g‘arbiy turkiy tillarga boʻlinadi.
Turkiy tillarning sharqiy guruhiga qadimgi uyg‘ur, tuva, tofalar (karagas), yoqut, xakas, shoʻr, chulem, altay, qirg‘iz, oltoy tillari kiradi. Oʻzbek tili tarixi bilan bevosita aloqador boʻlgan g‘arbiy tarmoq turkiy tillar quyidagicha guruhlarga boʻlinadi:
Oʻg‘uz guruhi (yoki janubiy va janubi-g‘arbiy guruh).
Bu guruhga turkman, gagauz, ozabayjon, turk tillari kiradi. Oʻg‘uz guruhiga kirgan tillarning asosiy xususiyatlari:

  • soʻz oxiridagi g, g‘ tovushlari saqlanadi: beg, dag‘

  • soʻz boshidagi t, k, q tovushlari jaranglilashadi: tildil, kѳr -gör;

  • boʻl —oʻrnida oʻl —shakli ishlatiladi;

  • tushum kelishigi -i, qaratqich kelishigi -in shaklida qoʻllanadi, joʻnalish kelishigining -a, ya shakllari bor;

  • singarmoniya, asosan, saqlanadi;

  • sifatdoshning -asi, -mish, -an shakllari qoʻllanadi va boshqalar.

Qipchoq guruhi yoki g‘arbiy va shimoli-g‘arbiy guruhi.
Bu guruhga tatar, boshqird, qarayim, qumiq, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, altay, noʻg‘ay tillari kiradi. Qipchoq guruhiga mansub turkiy tillarning ba’zi umumiy xususiyatlari:

  • t, k tovushlari soʻz boshida jaranglilashmaydi : til, kel

  • q tovushi x ga, ba’zi oʻrinlarda у tovushi j ga oʻtadi;

  • unlilar 8-9 gacha boradi (a –ӓ, ї-i, и—ü, ѳ-о, e);

  • ch>sh, sh>s: qash soʻzi qach oʻrnida, qis soʻzi qish oʻrnida (qozoq, qoraqalpoq tilida);

Qarluq guruhi yoki Oʻrta Osiyo guruhi.
Bu guruhga oʻzbek va hozirgi uyg‘ur tillari kiradi. Qarluq guruhiga kiruvchi tillarning asosiy xususiyatlari:

  • tillar va shevalararo unlilar miqdori 6 tadan 9 tagacha oʻzgarib turadi;

  • p, t, k, q tovushlari ikki unli oʻrtasida jarangsizligini saqlay oladi;

  • soʻz oxirida j, g‘, g undoshlari saqlanadi yoki q undoshi k ga oʻtadi;

  • q va k fonemalari farqlanadi;

  • -g‘an qoʻshimchali sifatdosh juda keng qoʻllanadi;

  • qaratqich kelishigining qoʻshimchasi toʻliq -niŋ shaklida qoʻllanadi.


Yüklə 47,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin