Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc



Yüklə 265,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/67
tarix20.11.2023
ölçüsü265,29 Kb.
#165067
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   67
Alkimyogar

IKKINCHI QISM 
Santyago qariyb bir oy do‘konda ishladi, biroq yangi ish ayni uning ko‘nglidagiday edi, 
deb bo‘lmasdi. Billur buyumlar sotuvchi savdogar kun bo‘yi do‘kon peshtaxtasi ortida 
o‘tirar va bo‘zbolaga idishlarga ehtiyot bo‘lishini tayinlab tinimsiz to‘ng‘illardi. 
Shunga qaramay ishdan bo‘shab ketishga majbur bo‘lgani yo‘q, chunki Savdogar, 
vaysaqiligiga qaramay, halol va va’dasida turadigan kishi edi: Santyago har bir sotilgan 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
23
idishdan shirinkoma olar va hatto ozgina pul ham jamg‘argandi. Bir kuni ertalab u 
topgan-tutganini sanab chamaladi, agar hozirgiday ishlab tursa, bir yildan keyingina 
to‘rt-beshta qo‘y sotib olishga qurbi yetar ekan. 
— Peshtaxtani tashqariga chiqarib, idishlarni shunga terib qo‘ysak yaxshi bo‘ladi, — dedi 
u xo‘jayinga. — Uni do‘konning eshigi oldiga qo‘yardik, o‘tgan-ketganning ko‘zi tushadi. 
—Shu paytgacha idishlarni ko‘chaga olib chiqqanimiz yo‘q, — javob qildi Savdogar. — 
Birortasi turtib yuborib billurni sindirishi mumkin. 
— Qo‘y boqib yurganimda ulardan birortasini ilon chaqib nobud qilishi mumkin edi. 
Biroq, nachora, qo‘ylarning, cho‘ponlarning ham hayoti shunaqa. 
Bu payt Savdogar uchta qadah sotib olayotgan xaridorga xizmat ko‘rsatayotgan edi. 
Xullas, savdo jonlangan, go‘yo bir paytlari bo‘lgani kabi, do‘kon joylashgan bu tor ko‘cha 
tag‘in butun shahardan odamlarni o‘ziga ohanraboday torta boshlagandi. 
— Ishlar yomonmas, — dedi u xaridor chiqib ketgach. — Hozir men yaxshi daromad 
qilayapman, nasib etsa senga yaqin-orada bir otar qo‘y sotib olishingga yetadigan pul 
beraman. Xo‘sh, senga nima yetmaydi o‘zi? Boriga qanoat qilmay, besh qo‘lni og‘izga 
tiqishga hojat bormi? 
— Bor, belgilarga qarab qadam tashlash kerak, — beixtiyor og‘zidan chiqib ketdi 
bo‘zbolaning va shu lahzadayoq u aytgan gapiga afsuslandi: axir, bu savdogar sehrli 
qariyani uchratmagan-ku. 
“Buni Xayrli Ibtido deydilar, — qariyaning gapi uning yodiga tushdi. — Yangi ish 
boshlaganlarga omad yor bo‘ladi. Zero, hayot insonning o‘z Taqdiri yo‘lidan borishiga 
xayrixohdir”. 
Shu orada xo‘jayin Santyago aytgan gapni fahmlab oldi. Ayonki, uning bu do‘konga 
qo‘ygan qadami xayru barakadan belgi berdi — pul oqib kela boshladi va Savdogar bu 
ispan bolani yollaganiga hech ham pushaymon bo‘lmadi. Garchi qilayotgan mehnatiga 
kutganidan ko‘ra ko‘p daromad olayotgan esa-da, Savdogar ishlari bu qadar yurishib 
ketishini o‘ylamay turib bo‘zbolaga binoyiday haq to‘lashni taklif qilgandi. Bola yaqin-
orada qo‘ylariga ketib qoladiganday tuyuldi unga. 
— Ehromlar senga nima uchun zarur bo‘lib qoldi? — so‘radi u mavzuni o‘zgartirish 
maqsadida. 
— Menga ular haqida juda ko‘p gapirib berishgan, — javob qildi Santyago. 
Xazina endi alamli xotiraga aylangani bois, bo‘zbola bu haqda o‘ylamaslikka harakat 
qildi, shu bois xo‘jayinga ko‘rgan tushini aytib o‘tirmadi. 
— Umrimda birinchi marta ehromlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish uchun sahroni kezib o‘tishga 
chog‘langan odamni uchratishim. Ehrom degani — bu shunchaki bir sangzor-ku. O‘zing 
ham hovlingda buni qursang bo‘ladi. 
— Bundan chiqdi, sizning tushingizga biror marta uzoq begona yurtlar kirmagan ekan, — 
dedi unga javoban Santyago va navbatdagi xaridor tomon yurdi. 
Oradan ikki kun o‘tib, xo‘jayin Santyagoning peshtaxtani do‘kon tashqarisiga chiqarish 
haqidagi taklifini esladi. 
— Men har xil yangiliklarga ishqiboz emasman, — dedi u. — Qolaversa, Hasanday boy 
ham emasman, u xato qilib qo‘yishdan qo‘rqmaydi, chunki bu unga qimmatga 
tushmaydi. Sen bilan men esa o‘z xatolarimiz uchun umr bo‘yi jabr chekamiz. 
“To‘g‘ri aytadi”, — o‘yladi bo‘zbola. 
— Qani, menga ayt-chi, peshtaxtani ko‘chaga chiqarib, idishlarni terib qo‘yishning senga 
nima nafi bor? — davom etdi xo‘jayin. 
— Men qo‘ylarimning oldiga tezroq qaytishni xohlayman. Ishimiz o‘ngidan kelib turganda 
fursatni boy bermaylik, omadimizdan foydalanib qolaylik. Buni Xayrli Ibtido, deyishadi. 
Yangi ish boshlaganlarga omad yor bo‘ladi. 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Yüklə 265,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin