Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc



Yüklə 265,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/67
tarix20.11.2023
ölçüsü265,29 Kb.
#165067
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   67
Alkimyogar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
31
— Bu yerga turli xil odamlar yig‘ilishgan va ular har turli tangrilarga sig‘inishadi. O‘zim 
yolg‘iz Ollohga sajda qilaman va Uning nomi bilan qasam ichaman: sahroni boz zabt 
etish uchun ilkimdagi borki imkonimni ishga solaman. Endi har qaysingiz o‘z 
tangringizga sajda qilib, har qanday vaziyatda ham menga bo‘ysunishga so‘z beringiz. 
Sahroda sarkashlik qilish — halokatdir. 
Past ohangdagi tovushlarning g‘ala-g‘ovuri ko‘tarildi — bu o‘z tangrilariga iltijo 
etayotganlarning tovushi edi. Santyago Iso Masih nomiga qasamyod qildi. Angliyalik 
sukut saqladi. Bu jarayon qasam ichishga ketadigan vaqtdan biroz cho‘zildi — odamlar 
samodan himoya va xayrixohlik tilashardi. 
Shundan so‘ng burg‘uning cho‘ziq tovushi eshitildi va odamlar egarga minishdi. 
Santyago bilan angliyalik ham o‘zlari sotib olishgan tuyalarga bir amallab minib olishdi. 
Bo‘zbola yonidagi yo‘ldoshi tuyasiga kitob joylangan og‘ir jomadonlarni rosa yuklaganini 
ko‘rib, jonivorga ichi achidi. 
— Ammo, aslida, hech qanaqa tasodifning o‘zi yo‘q, — go‘yo allaqachongi gurungni 
davom ettirgan bo‘lib dedi angliyalik. — Mening bu yerga kelishimning sababi, bir 
oshnam shunday arab haqida eshitgan ekan, u arab... 
Biroq uning so‘zlarini harakatga kelgan karvon shovqini yutib yubordi. Shunday esa-da 
Santyago angliyalikning muddaosini juda yaxshi bilardi: voqealarni bir-biriga bog‘lab 
turadigan sirli zanjir bo‘ladi. Ayni shu vosita uni qo‘ychivonlikka boshladi, bir tushni ikki 
marta ko‘rgani, Afrika qirg‘oqlariga yaqin joyga borgani-yu bu shaharchada podshohni 
uchratgani, tovlamachiga duchor bo‘lgani, billur sotadigan do‘konga yollangani... 
hammasi shundan. 
“O‘z Yo‘lingdan qancha uzoq ketsang, u hayotingni shu qadar izchil belgilaydi”, — o‘yladi 
bo‘zbola. 
Karvon sharqqa yo‘l tortdi. Sahar palla yo‘lga chiqilar, quyosh chosh tepaga kelganda 
dam olish uchun to‘xtalar, jazirama issiq biroz tushgach, yana yo‘lda davom etilardi. 
Santyago angliyalik bilan kam gaplashdi — muhojir boshini kitobdan deyarli uzmasdi. 
Bo‘zbola churq etmay ko‘p sonli yo‘ldoshlarini kuzatib borardi. Endi ular safar arafasidagi 
safardoshlariga o‘xshamasdi. O‘shanda yugur-yugur avjiga mingan: baqiriq-chaqiriq
bola yig‘isi va otlarning kishnashi, savdogaru tuyakashlarning hovliqqan, hayajonli 
ovozlariga qorishib ketgandi. Bu yerda, sahroda esa jimjitlikni doimiy shamolning 
hushtagi-yu ulovlar tuyog‘i ostidagi qumning g‘ijirlashigina buzardi. Hatto tuyakashlar 
ham sukut saqlashardi. 
— Men bu qumliklardan ko‘p o‘tganman, — dedi bir oqshom tuyakashlardan kimdir 
boshqasiga. — Biroq sahro shunaqangi ulug‘ va shunaqangi tilsimki, bexosdan o‘zingni 
qum zarrasiday g‘arib his eta boshlaysan. Qumning zarrasi esa gungu kar. 
Santyago, sahroda birinchi marta bo‘layotgan esa-da, tuyakashning nima haqda 
gapirayotganini tushundi. Uning o‘zi ham, dengizga yoki olovga, soatlab bir so‘z 
aytmasdan, hech nimani o‘ylamasdan, xayolan bu unsurlarning mislsiz qudratiga tamom 
asir bo‘lganday, termilib o‘tira olardi. 
“Men qo‘ydan saboq oldim, billurdan saboq oldim, — o‘yladi u. — Endi meni sahro 
o‘qitadi. Sahro, meningcha, eng ko‘hnasi, sahro — men oldin ko‘rganlarim orasida eng 
donishmandi”. 
Shamol esa bu yerda bir nafas ham tin olmas va Santyago Tarifdagi minorada turib 
uning kuchini qanday his etganini esladi. Andalusiya yaylovlarida o‘t va suv izlab izg‘igan 
qo‘ylarining junini yengil hilpiratib to‘zdiradigan mana shu shamol bo‘lishi kerak. 
“Endi ular meniki emas, — o‘yladi u ortiq g‘am chekmay. — Meni unutishgan hamdir, 
ehtimol, yangi cho‘ponga o‘rganib qolishgandir. Bo‘lganicha bo‘lar. Qo‘ylar, xuddi u 
yerdan bu yerga ko‘chib-kezib yuradigan odamlarday, ayriliq ham bir zarurat ekanini 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Yüklə 265,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin