Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc



Yüklə 265,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/67
tarix20.11.2023
ölçüsü265,29 Kb.
#165067
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   67
Alkimyogar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
30
uchrashiga shubhalanmagandim. 
— Menga ularni podshoh sovg‘a qildi, — javob berdi bo‘zbola. 
Muhojir, go‘yo tildan qolganday, bo‘shashgan qo‘li bilan cho‘ntagidan, xuddi 
Santyagonikiday, ikkita tosh oldi. 
— Sen podshoh bilan gaplashdingmi? — deb yubordi u. 
— Ha-da, podshohlarning cho‘ponlar bilan gaplashishini sen tasavvur qilishing qiyin, — 
dedi Santyago. Endi uning gurungni davom ettirish xohishi yo‘qolgandi. 
— Yo‘q, nega endi. Axir, birinchi bo‘lib Podshohni cho‘ponlar tan olishgan, bu payt Uni 
hali dunyoda hech kim bilmasdi. Ayni podshohlarning cho‘ponlar bilan muloqotining 
o‘zida hech bir ajablanarli hol yo‘q, — dedi angliyalik va bo‘zbola tushunmadi shekilli 
degan xavotirda qo‘shib qo‘ydi: — Bu haqda Injilda o‘qisa bo‘ladi, o‘sha, men Urim va 
Tummim haqida o‘qib bilgan kitobda. Tangri faqat mana shu toshlar bilan fol ochishga 
izn bergan. Kohinlar ularni oltin ko‘krak siparida olib yurishgan. 
Endi Santyago omborga kelganiga afsuslanmayotgan edi. 
— Ehtimol, bu belgidir, — angliyalik ovoz chiqarib fikrlayotganday gapirdi. 
— Kim senga belgilar haqida aytdi? — Santyagoning qiziqishi daqiqa sayin ortib borardi. 
— Dunyodagi borki narsalar — belgilar, — dedi angliyalik, jurnalini chetga qo‘yib. — 
Qadim-qadimda odamlar bir tilda gaplashishgan, keyin esa bu tilni unutishgan. Mana 
shu Umum Tilini men izlayapman. Shu bois bu yerdaman. Men shu Umum Tilini 
biladigan odamni topishim kerak. Alkimyogarni. 
To‘ladan kelgan arab — ombor egasining paydo bo‘lishi bilan ularning suhbati bo‘linib 
qoldi. 
— Omadlaring bor ekan, — dedi arab. — Bugun tushdan so‘ng karvon El-Fayumga yo‘l 
oladi. 
— Biroq men Misrga borishim kerak! — tashvishlanib xitob qildi Santyago. 
— El-Fayum Misrda-da. Sen o‘zing qaerliksan? 
Santyago Ispaniyadanman, deb javob qildi. Angliyalik xursand bo‘ldi: arabcha kiyingan 
bo‘lsa-da, o‘zi yevropalik ekan. 
— U belgilarni omad, deb ataydi, — dedi u, xo‘jayin chiqib ketgach. — Agar men “omad” 
va “tasodif” so‘zlari haqida kitob yozishga kirishsam, qalingina qomus yuzaga kelardi. 
Umum Tili aynan shu so‘zlardan tashkil topgan. 
Shunday deb, u o‘zining Santyago bilan uchrashgani, aytgancha, undayam Urim va 
Tummim bor ekan, bu shunchaki oddiy tasodif emasligini qo‘shib qo‘ydi. Keyin 
bo‘zboladan mabodo Alkimyogarni qidirayotganing yo‘qmi, deb surishtirdi. 
— Men xazinani izlayapman, — javob qildi u va xato qilganini payqab, tilini tishladi. 
Biroq angliyalik uning gapiga, aftidan, ahamiyat bermadi shekilli, faqat: 
— Qaysidir ma’noda — men ham, — dedi. 
— Men alkimyoning nimaligini, ochig‘i, yaxshi bilmayman, — dedi Santyago, biroq shu 
payt ombor egasining ularni chaqirgan ovozi eshitildi. 
Karvonga men sarbonlik qilaman, — dedi ularga hovlida soqoli ko‘ksiga tushgan, 
ko‘zlari qop-qora kishi. — Men bilan yo‘lga chiqadiganlarning hayot-mamoti mening 
qo‘limda bo‘ladi, chunki sahro — telbatabiat kimsaday gap, odamlarni tez-tez aqlidan 
ozdirib turadi. 
Ikki yuz choqli odam yo‘l tadorikini ko‘rishgan, ulovdan — tuyalar, otlar, eshaklar 
bundan sal kam ikki baravar ko‘p. Angliyalikning kitob tiqib joylangan bir necha 
jomadoni bor ekan. Hovlida ayollar, bolalar va belidagi kamarlariga qilich osgan, 
kiftlarida uzun qurollari bor erkaklar to‘pirlashib turishardi. Shovqin-suronning 
kuchliligidan Sarbon gapini bir necha marta takrorlashiga to‘g‘ri keldi. 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Yüklə 265,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin