Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc



Yüklə 265,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/67
tarix20.11.2023
ölçüsü265,29 Kb.
#165067
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   67
Alkimyogar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
33
esa unga yetishgay, degan kalomining ma’nosi ayon bo‘ldi.
Hammamiz ham bor narsalarimizni— bu ekin-tikin bo‘ladimi yoki hayotimizmi— yo‘qotib 
qo‘yishdan qo‘rqamiz. Biroq bu qo‘rquv vaqtinchalik, ammo bir narsani tushunib yetish 
lozimki, bizning qismatimizni ham, olam taqdirini ham bitta qo‘l bitgan. 
Ba’zan yo‘lda ikkita karvon duch kelib qolardi. Shunda bir karvondagi yo‘lovchilarda 
ikkinchisidagi odamlar muhtoj bo‘lgan narsalar topilmay qolmasdi. Chindan ham bu 
olamdagi kechmishlar bari bir qo‘l bilan bitilganday go‘yo. Tuyakashlar bir-biriga qum 
bo‘ronlari haqida gapirib berishar va gulxanni qo‘rg‘alab o‘tirishib, o‘zlari kuzatgan 
sahroning injiqliklaridan gurunglashardi. 
Gohida gulxan atrofidagi gurungga chetdan g‘alati-g‘alati badaviylar ham kelib 
qo‘shilardi, ular karvon borayotgan yo‘lni ipidan ignasigacha bilishardi. Ular qaerda 
qaroqchilardan va johil qabilalardan ehtiyot bo‘lish kerakligini uqtirishar, keyin esa 
qanday paydo bo‘lishgan bo‘lsa, xuddi shunday zim-ziyo tunga singib jimgina g‘oyib 
bo‘lishardi. 
Shunday oqshomlardan birida Santyago bilan angliyalik o‘tirgan gulxan oldiga tuyakash 
keldi. 
— Qabilalar o‘rtasida urush bo‘layotganmish, xabar kelayapti, — darakladi u. 
O‘rtaga cho‘kkan og‘ir jimlikdan Santyago chindan xavotir paydo bo‘lganini his etdi. U 
yana bir bor so‘zsiz Umum Tilini tushuna olishiga ishonch hosil qildi. 
Jimlikni, bu xatar karvon uchun qanchalik xavotirli ekanini aytib, angliyalik buzdi. 
— Sahro ichkarisiga kirganingdan so‘ng, tamom, orqaga yo‘l yo‘q, — javob qildi 
tuyakash. — Demak, faqat oldinga yurish kerak. Qolgani Ollohning qo‘lida, Uning o‘zi 
bizni balo-qazodan asraydi. Maktub, — deb gapiga sirli so‘zni qo‘shib qo‘ydi-da, nari 
ketdi. 
— Karvonning ahvoliga e’tiborsiz qarab, sen noto‘g‘ri qilayapsan, — dedi Santyago 
angliyalikka. — Zehn solib qara: qancha aylanma yo‘llardan yurmasin, karvon baribir 
manzildan chalg‘imay ketayapti. 
— Sen esa kitob o‘qimay bekor qilayapsan, dunyo nima,
dunyoda nimalar bo‘layapti — bexabar qolayapsan, — javob qildi angliyalik. —Bu 
ma’noda kitoblar karvonlarga o‘xshaydi. 
Odamlar endi, xuddi ulovlarday, qichab yurishardi. Agar oldinlari ular kunni jim yurib 
o‘tkazishgan, faqat dam olishga qo‘nishganda gulxan atrofida gurunglashgan bo‘lsa, endi 
oqshomlari ham churq etishmasdi. Sarbon gulxan yoqishni man etdi: olov qaroqchilar 
e’tiborini tortishi mumkin. 
Sovuqdan saqlanish uchun yo‘lovchilar tuyalar va otlarni qo‘rg‘alab terib qo‘yishar, 
o‘zlari esa shu doiraning ichida uymalashib cho‘zilishardi. Sarbon qo‘riqchilar tayinlardi, 
ular qo‘llarida qurol bilan qo‘nalg‘ani qo‘riqlashardi. 
Bir oqshom angliyalikning uyqusi qochdi. U Santyagoni chaqirdi va ular qo‘nalg‘a 
atrofida aylanib yurishdi. To‘lishgan oy nur sochib turardi va Santyago unga o‘zining 
butun kechmishini aytib berishga qaror qildi. 
Uning ko‘rgan-kechirganlaridan angliyalikka, ayniqsa, billur sotiladigan do‘konda savdo-
sotiqning bo‘zbola ishlay boshlagach qizib ketgani juda ma’qul bo‘ldi. 
— Mana, dunyoni harakatlantiradigan kuch, — dedi u. — Alkimyoda bu Olam Qalbi deb 
ataladi. Agar biror narsani butun borlig‘ing bilan xohlasang, shunda Olam Qalbiga 
uyg‘unlashasan. Unda esa juda katta qudrat mujassam. 
Shunday deb u qo‘shib qo‘ydi: qalb faqat odamlarga xos xususiyat emas, olamdagi 
jamiki unsurlarda — u toshmi, giyohmi, hayvon yoki hatto fikrmi — barisida qalb bor. 
— Barchasi, yerda neki mavjud, doimo o‘zgarib turadi, chunki yerning o‘zi — tirik va 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Yüklə 265,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin