Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc



Yüklə 265,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/67
tarix20.11.2023
ölçüsü265,29 Kb.
#165067
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   67
Alkimyogar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
36
to‘zg‘iyotganini kuzatmoqqa kirishdi. 
“Har kimning o‘zining o‘qib-o‘rganish usuli bor, — o‘yladi u. — Unga meniki to‘g‘ri 
kelmaydi, meniki esa — unga. Biroq har ikkalamiz ham o‘z yo‘limizni qidirayapmiz va 
faqat shuning uchungina uni hurmat qilmaslik qo‘limdan kelmaydi”. 
Quyosh ufqdan bosh ko‘tara boshlaganda Santyago uyg‘ondi. Tunda yulduzlar 
jilvalangan tomonda endi son-sanoqsiz xurmo daraxtlari ko‘zga ilinar, go‘yo butun 
sahroni xurmozor bosib ketganday tuyulardi. 
— Yetib keldik! — hayqirdi hozirgina uyqudan turgan angliyalik. 
Santyago jim turdi. Buni u sahrodan o‘rgangandi, endi daraxtlarga jimgina qarashning 
o‘zi kifoya qilardi. Ehromlargacha hali uzoq. Vaqti kelib bu tong ham uning uchun bir 
xotiraga aylanadi. Biroq hozir, Sarbon o‘rgatganday, u ayni daqiqalar uchun yashayotir, 
shundan sevinayotir va bu xushbaxt onlarni u o‘tkan kunlar xotiralari, kelajak haqidagi 
orzu-umidlari bilan bog‘lashga urindi. Ha, hali bir kun kelib bu ming bir xurmo daraxti 
ham xotiraga aylanadi, biroq ayni lahzalarda xurmozor soya-salqinni, suv va xavfsizlikni 
va’da qilib turibdi. Xuddi tunda tuyaning o‘kirgani dushman yaqinlab qolganini 
daraklaganday, qator-qator xurmo daraxtlari azob-uqubatdan xalos etadigan mo‘’jizadan 
darak berardi. 
“Dunyo ko‘p tillarda tillashadi”, — o‘ylardi Santyago. 
“Vaqt tez o‘tayotgan paytda karvonlar ham jadal odimlaydi”, — o‘yladi Alkimyogar, 
vohaga kirib kelayotgan yuzlab odamlar va ulovlarga qarab. 
Bu yerdagilarning va karvon bilan kelganlarning shovqini eshitildi, ko‘tarilgan chang-
to‘zon quyoshning betini qopladi, bolalar begonalarni ko‘rib irg‘ishlar, vijillashardi. 
Alkimyogar qabila boshlig‘ining Sarbonga yaqinlashib kelganini va u bilan uzoq 
suhbatlashganini kuzatib turdi. 
Biroq bu olatasir uni qiziqtirmasdi. Qancha odamlar kelib ketmadi, voha ham, sahro ham 
o‘sha-o‘sha — mangu va bir zayl. Bu qumlarga shohlarning ham, gadolarning ham 
qadam bosganini u ko‘rgan, garchi shamolning kuchidan o‘z shaklini o‘zgartirib tursa-da, 
qumlar ham aslidagiday — Alkimyogar bolaligida qanday ko‘rgan bo‘lsa o‘shanday. 
Shunday esa-da, zangori osmon va sariq qumni ko‘raverib zerikkan har qanday 
sayyohning ko‘ziga xurmo daraxtining yashil shox-barglari ko‘ringanda ko‘ngilga 
inadigan sevinch hozir uning ham yuragiga ko‘chdi. 
“Ehtimol, tangri sahroni yaratganda, odam daraxtlarga kulib, xursand bo‘lib qarasin 
degandir”, — o‘yladi u. 
Keyin u nigohini aniq narsalarga qaratishga chog‘landi. U bilardi — buni belgilar unga 
ayon etgandi — ayni shu karvon bilan o‘zining pinhona bilimlarining bir qismini ulashishi 
lozim bo‘lgan odam kelayotganini. Garchi Alkimyogar bu odam bilan tanish bo‘lmasa-da, 
sinchkov nazari bilan olomonning ichidan uni tanib olishiga ishonchi komil edi va u 
o‘zining o‘tmishdoshidan kam emasligiga umidlanardi. 
“Tushunolmayman, nima uchun bilgan narsalarimning hammasini unga sirli tarzda 
ma’lum qilishim kerak, — o‘yladi u. — Buni aslida sir deyish ham qiyin, zotan, Tangri 
o‘zining sirlarini jamiki mavjudotga bemalol oshkor etadi”. 
Alkimyogar buning bitta izohini topdi: avloddan avlodga o‘tkazish lozim bo‘lgan narsa — 
bu Sof Hayot hosilasidirki, uni so‘zlarda yoki rasmlarda tasvirlab bo‘lmaydi. Odamlar 
esa, so‘zlar va rasmlarga berilib ketib, oxir-oqibat Umum Tilini unutishga moyil 
bo‘lishadi. 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Yüklə 265,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin