Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc



Yüklə 265,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/67
tarix20.11.2023
ölçüsü265,29 Kb.
#165067
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   67
Alkimyogar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
37
Karvon bilan kelganlarni darhol mahalliy qabila boshliqlariga olib kirishadi. Santyago o‘z 
ko‘zlariga ishonmadi: voha deganlari, tarix kitoblarida yozilganday, ikki-uchta xurmo 
daraxtiyu quduqdangina iborat emas, balki ayrim ispan qishloqlaridan ko‘ra xiyla katta 
joy ekan. Quduqlarning o‘zi bu yerda uch yuz chog‘li, xurmo daraxtlari — besh 
mingtacha, ularning orasida esa turli rangdagi son-sanoqsiz chodirlar bor. 
— “Ming bir kecha”, — dedi angliyalik, u Alkimyogar bilan uchrashishni toqatsizlanib 
kutayotgandi.
Shu zumdayoq ularni otlarga, tuyalar va odamlarga qiziqsinib qarayotgan bola-baqralar 
qo‘rg‘alashdi. Erkaklar yo‘lovchilardan sahroda janglarni ko‘rdinglarmi, deb so‘rashsa, 
ayollar savdogarlardan qanday matolar, taqinchoqlar olib kelishganini bilishga oshiqardi. 
Sahroning o‘lik sukunati endi tushdagiday tuyular — g‘ala-g‘ovur avj olgan, kulgi, 
qiyqiriqlar quloqqa chalinar, go‘yo yo‘lovchilar sahroda jonsiz-tansiz arvohlarday 
yurishgan bo‘lsa, endi tag‘in etli, suyakli odamlarga aylanishganday. Ular mamnun va 
xushbaxt edilar. 
Sarbon Santyagoga vohaning hech qachon tayin bir egasi bo‘lmaganini, chunki bu yerda 
ayollar va bolalargina qo‘nim topishganini tushuntirdi. Ular biror-bir tarafning yonini 
olishmas, jangchilar esa sahro qumlarida jang qilishar, vohani chekinganda jon 
saqlaydigan pana joy, deb bilishardi. 
Sarbon yo‘lovchilarni qiyinchiliksiz yig‘ib, qabilalar o‘rtasidagi janglar tugaguncha karvon 
vohada qolishini e’lon qildi. Yo‘lovchilar, urf-udumga ko‘ra, qo‘noq olishga hozir mahalliy 
kishilarning chodirlaridan joy topishadi, dedi u. Shundan so‘ng Sarbon quroli borlar 
qurollarini topshirishini so‘radi. Oqshomlari karvonni qo‘riqlaganlar ham bundan chetda 
qolmadi. 
— Urushning qoidasi shunday, — tushuntirdi u. — Voha askar yoki jangchilarni qabul 
qila olmaydi. 
Angliyalik cho‘ntagidan xromlangan to‘pponchani chiqarib, qurol yig‘uvchiga berganda 
Santyago juda hayron qoldi. 
— To‘pponchaning senga nima keragi bor? — so‘radi bo‘zbola. 
— Odamlarga ishonishga ko‘nikish uchun, — dedi angliyalik, uning kayfiyati chog‘ edi, 
chunki uzoq yo‘l bosib izlayotganini yaqin-orada topishiga ishonardi. 
Santyago esa qidirayotgan xazinasini o‘ylardi. Orzusiga yetishishga yaqin qolgani sayin 
yo‘lida qiyinchiliklar tobora ortib borayotir. Podshoh Malkisidqning “boshlovchilarga 
omad yor bo‘ladi”, degan hikmati ham amal qilmay qo‘ydi, najot faqat, uning 
tushunishicha, o‘z yo‘lini qidirayotgan insonning qat’iyati va jasurligiga bog‘liq. Shu bois, 
u shoshilishi befoydaligini bilar, sabr-toqatidan voz kecholmas, aksincha bo‘lganda, 
Tangrining uning yo‘liga qo‘ygan belgi-alomatlarini payqamay o‘tib ketishi mumkin edi. 
“Tangri hammasini joy-joyiga qo‘ygan”, takrorladi u ichida, bu fikrdan ajablanib. 
Hanuzgacha unga bu belgilar, ocharchilik yoki tashnalik, sevgi azobi yoki mehnat kabi, 
olamning bir bo‘lagiday tuyulardi. Tangrining u bilan muloqotga kirishadigani, undan 
nimani istayotganini bildiradigani shu til ekani uning xayoliga kelmasdi. 
“Shoshilma, — dedi u o‘ziga. — Tuyakashning gapi gap: ovqat mahali ovqatingni yegin, 
vaqt-soati yetganda — yo‘lga chiq”. 
Vohaga yetib kelishgach, birinchi kun yo‘lovchilar, angliyalik ham, uyqudan to‘yib oldi. 
Santyagoni o‘zi tengi besh nafar bola bilan bir chodirga joylashtirishdi. Ularning bari 
mahalliy bolalar edi, shu bois ular katta shaharlardagi hayotni so‘rab bilishga 
qiziqishardi. 
U o‘zining qo‘y boqqanini aytib, endi billur do‘konidagi ishlaridan gap ochmoqchi 
bo‘lganida chodirga angliyalik kirib keldi. 
— Ertalab seni rosa qidirdim, — dedi u, Santyagoni tashqariga olib chiqib. — Sen menga 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Yüklə 265,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin