Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc



Yüklə 265,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/67
tarix20.11.2023
ölçüsü265,29 Kb.
#165067
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   67
Alkimyogar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
45
ta’birlab, Misrni ocharchilikdan saqlab qolgan. Uning ismi Yusuf edi. U ham senday bir 
musofir edi, yoshi ham sen tengi edi. 
Qariya jim qoldi. Uning ko‘zlari hanuz sovuq boqardi. 
— Biz doim urf-odatni saqlaymiz. Urf-odat Misrni ocharchilikdan qutqardi, xalqini boshqa 
xalqlar orasida eng boy-badavlatga aylantirdi. Urf-odat sahroda yurish va qizlarimizni 
erga uzatishni o‘rgatadi. Unga ko‘ra, voha — hech kimga tegishli bo‘lmagan yer, zotan, 
jang qilayotgan har ikki taraf bu yerga muhtoj, usiz halok bo‘lishi tayin. 
Hech kimdan sado chiqmadi. 
— Ammo Urf-odat bizga sahro daraklariga ishonishni uqtiradi. Nimagaki aqlimiz yetsa, 
bularni bizga sahro o‘rgatgan. 
Uning ishorasi bilan hamma arablar qo‘zg‘alishdi. Maslahat tugagan edi. Chilimning 
cho‘g‘ini o‘chirishdi, soqchilar saf tortishdi. Santyago tashqariga chiqmoqchi bo‘lgandi, 
qariya tag‘in gap boshladi: 
— Ertaga biz vohada hech kim qurol olib yurishga haqi yo‘q, degan qoidani bekor 
qilamiz. Kun bo‘yi dushmanni kutamiz, quyosh botganda jangchilarim menga qurollarini 
topshirishadi. O‘ldirgan har o‘n nafar dushman uchun sen tilla olasan. Biroq qurol, 
modomiki, qo‘lga olingan ekan, u shunchaki qayta joyiga qo‘yilmaydi, qurol dushman 
qonini tatishi kerak. Zotan, qurol sahroday injiq narsa, keyingi safar otishdan, 
chopishdan bo‘yin tovlashi mumkin. Agar ertaga bizning qurolimizga ish topilmasa, biz 
uni senga qarshi ishlatamiz. 
Bo‘zbola chodirdan uzoqlashganda vohani faqat to‘lin oy yoritib turganini ko‘rdi. U 
yashab turgan chodirgacha yigirma minutli yo‘l bosib o‘tilardi, u chodiri tomon yurdi. 
Bo‘lib o‘tgan voqeadan u tashvishga tushdi. U Olam Qalbiga uyg‘unlasha oldi va shuning 
evaziga, ehtimol, endi o‘z hayotini berib qutular. Bu juda qimmatga tushmaydimi? Biroq 
uning o‘zi tanladi buni, O‘z Taqdiri yo‘lidan bormoqchi bo‘lib qo‘ylarini sotdi. Tuyakash 
aytganiday, bir boshga bir o‘lim... Baribir emasmi: ertaga o‘lding nima-yu, boshqa kuni 
o‘lding nima? Yashaydigan yoki qazoyingni topadigan har qanday kun ma’qul aslida. 
Hammasi “Maktub” so‘ziga bog‘liq. 
Santyago jim yurib borayotir. U hech nimadan afsuslanmas, hech nimaga achinmasdi. 
Mabodo ertaga o‘lib qolsa, demak, Tangri uning kelajagini o‘zgartirishni xohlamagan 
bo‘ladi. Biroq u kuni bitguncha nimalargadir ulgurdi: bo‘g‘ozdan suzib o‘tdi, do‘kondagi 
ishlarni uddaladi, sahroni yengdi, uning sukunatini va Fotimaning ko‘zlaridagi ma’noni 
uqdi. Uyini tark etganidan beri biror-bir kuni bo‘sh, samarasiz ketgani yo‘q. Agar ertaga 
ko‘zlari manguga yumilsa-da alam qilmaydi, zotan, u boshqa cho‘ponlardan ko‘ra ko‘p 
narsalarni ko‘rib qolishga erishdi. Santyago shundan taskin topardi. 
U tuyqusdan gumburlagan tovushni eshitdi va quturib esgan sirli shamolning shiddati 
uni yerparchin qildi. Qum to‘zoni oyni bekitdi. Bo‘zbola ro‘parasida turgan haybatli oq 
otni ko‘rdi — ot orqa oyoqlariga tayanib, tik cho‘pchigancha qattiq kishnardi. 
Qum to‘zoni biroz bosilganda Santyagoni haligacha o‘zi his etmagan qo‘rquv dahshati 
chulg‘ab oldi. Oq otda sallali, qora libosda, chap kiftiga qirg‘iyni qo‘ndirgan suvori 
o‘tirardi. Uning yuzi burkangan, faqat ko‘zlari ko‘rinadi. Novchaligini aytmaganda, u 
karvonni qarshilab, sahroda nimalar sodir bo‘layotganidan yo‘lovchilarni xabardor qilgan 
badaviylarning biriga o‘xshardi. 
Oy shu’lasi egilgan tig‘da jilvalandi — chavandoz egarga qayish bilan tang‘ib boylangan 
qilichni qo‘liga oldi. U El-Fayum vohasining besh ming xurmo daraxtini titratadigan 
guldurosli ovozda hayqirdi: 
— Qirg‘iylar parvozining ma’nisini ilg‘amoqqa jur’at qilgan kim? 
— Men, — javob qildi Santyago. 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Yüklə 265,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin