Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc



Yüklə 265,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/67
tarix20.11.2023
ölçüsü265,29 Kb.
#165067
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   67
Alkimyogar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
44
Santyago Fotimani o‘yladi va vohada joylashgan qabila boshlig‘ining qoshiga borishga 
qaror qildi. 
—Meni boshliqlar oldiga o‘tkazib yubor, — dedi u kattakon oq chodir eshigi oldida turgan 
soqchiga. — Sahroda men alomatlarni ko‘rdim. 
Soqchi bir so‘z demay chodirga kirib ketdi va ichkarida ancha ushlanib qoldi. Keyin oq 
zarbof yaktakli yosh arab bilan birga chiqib keldi. Santyago unga o‘ziga ko‘ringan 
manzarani gapirib berdi. U kutib turishini aytib, tag‘in ichkariga kirib ketdi.
Oqshom tushdi. Chodirga arablar, chet ellik savdogarlar kirib-chiqib turishardi. Ko‘p 
o‘tmay gulxanlar ham o‘chdi va vohaga asta-sekin jimjitlik cho‘kdi. Faqat kattakon 
chodirda chiroq yonib turardi. Bu vaqt mobaynida Santyago Fotima haqida o‘yladi, 
garchi qizning boyagina aytgan gaplarining mohiyatini hali ilg‘ay olmagan bo‘lsa-da. 
Nihoyat uzoq kutishdan keyin uni chodirga qo‘yishdi.
Chodirda ko‘rganlari uni hayron qoldirdi. Sahroning qoq o‘rtasida bunday joyni 
ko‘raman, deb hech o‘ylamagandi. Oyoqlari qalin gulli gilamlarga botdi, tepada sof 
oltindan ishlangan qandilda shamlar yonib turibdi. Qabilalar boshliqlari to‘rda gul tikilgan 
ipak yostiqlarga yonboshlab o‘tirishibdi. Xizmatkorlar kumush patnislarda shirinliklar va 
choy keltirishadi. Boshqalari chilimlarning olovidan xabardor bo‘lib turishibdi, havodan 
tamaki tutunining yengil xushbo‘y hidi taraladi. 
Santyagoning ro‘parasida sakkiz nafar kishi bor edi, biroq u boshliq — o‘rtada o‘tirgan 
zarbof yaktakli arab ekanini aniq payqadi. Uning yonida boya chodirdan chiqib u bilan 
gaplashgan yigit o‘tiribdi. 
— Alomatlar haqida gapirgan musofir kim? — so‘radi qabila boshliqlaridan biri. 
— Menman, — javob qildi Santyago va ko‘rganlarini aytib berdi. 
— Nega endi sahro bir muhojirga bu haqda belgi beribdi, axir, bu yerda bizning 
ajdodlarimiz yashab o‘tgan bo‘lsa? — so‘radi boshqa bir qabila boshlig‘i. 
— Chunki mening ko‘zlarim hali sahroga ko‘nikmagan, bu yerliklar payqamagan 
narsalarni ko‘radi, — dedi Santyago va ko‘nglidan: “Boz ustiga menga Olam Qalbi 
ochilgan”, degan gap o‘tdi.
Bu so‘nggi gapni u ovoz chiqarib aytmadi — arablar bunday narsalarga ishonishmaydi. 
— Men faqat ko‘rganimni aytdim. Ishonmasangiz, bu sizning ixtiyoringiz.
Chodirga og‘ir jimlik cho‘kdi, keyin qabilalar boshliqlari qizishib, gapga kirishib ketishdi. 
Ular gapirayotgan lahjani Santyago tushunmasdi, biroq u eshikka tomon qadam 
tashlaganda soqchi qo‘lidan tutdi. Bo‘zbola qo‘rqib ketdi. Belgilar xatarni daraklardi va u 
Tuyakashga ko‘nglini ochganidan afsuslandi. 
Biroq o‘rtada o‘tirgan qariya kulimsiradi va Santyago darhol xotirjam bo‘ldi. Shu 
paytgacha u biror so‘z qotmagan, tortishuvga qo‘shilmay o‘tirgan edi. Biroq Umum 
Tilidan xabardor bo‘zbola qo‘shinning yaqinlashib kelayotganidan chodir titrayotganini 
his etdi va bu yerga kelib to‘g‘ri qilganini tushundi. 
Chodirdagilar jim bo‘lishdi va qariyaning gapini diqqat bilan eshitishdi. Qariya 
Santyagoga o‘girilib qaradi va bu safar bo‘zbola uning yuzida sovuq begonasirashni 
payqadi. 
— Ikki ming yilcha burun bu yerdan uzoqda, ko‘rgan tushlarga ishonadigan bir odamni 
quduqqa tashlashgan, keyin qul qilib sotib yuborishgan, — gap boshladi qariya. — 
Bizning savdogarlar uni Misrga olib kelishgan. Hammamizga ma’lum, tushlarga ishongan 
odam ularning ta’birini ham biladi.
“Garchi har doim ham ularni rostga o‘ngara olmasa-da”, — o‘yladi Santyago lo‘li 
kampirni eslab. 
— O‘sha odam Fir’avnga uning yetti ozg‘in va yetti semiz sigir haqidagi tushini to‘g‘ri 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Yüklə 265,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin