Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc



Yüklə 265,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/67
tarix20.11.2023
ölçüsü265,29 Kb.
#165067
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   67
Alkimyogar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
39
ham, jim turishni ham bilmayotganday himarilgan lablariga qarab, Santyago bir lahza 
ichida olam tillashadigan, jamiki odamlar so‘zsiz, faqat yurak orqali muloqot qiladigan 
tilning eng qadrli, eng aqlli bo‘lagini fahmlab yetdi. Uni Sevgi deb atashadi, u odam 
qavmidan-da qadimiy, sahrodan-da ko‘hna. Er yigit va bo‘y yetgan qiz ko‘zlari 
to‘qnashganda bu tuyg‘u beixtiyor paydo bo‘ladi — hozir, quduq oldida shu hodisa ro‘y 
berdi. 
Nihoyat, qizning lablari tabassumni ixtiyor etdi va bu belgi, ayni o‘sha — Santyago o‘zi 
bilmagan holda uzoq kutgan, qo‘ylaridan, kitoblardan, billur va sahro sukunatidan 
qidirgan belgi edi. 
Bu sof va tushunarli til edi, abadiyat sari yo‘l solgan Koinot singari, tarjimaga, sharhu 
izohga ehtiyoj sezmaydigan so‘zsiz zabon edi. Shu bir lahza ichida Santyagoning anglab 
yetgani shu bo‘ldiki, u o‘zining qallig‘i qoshida turar va qiz ham buni so‘zsiz anglab 
yetmog‘i kerak edi. Bunga u zig‘ircha shubha qilmas, bu ishonchi ota-onasining ra’yiga 
qarashdan, odatdagiday, sevganingdan keyin so‘rab-surishtirib, sovchi qo‘yib, qolaversa, 
to‘yga oz-moz pul jamg‘arib, shundan so‘ng uylangan ma’qul, deydiganlarning 
nasihatidan ko‘ra kuchli edi. 
Biroq bunday maslahat beradigan kishi Umum Tilini bilmaydi, aksincha, bu tilga 
uyg‘unlashganingda o‘z-o‘zidan ayon bo‘ladi: sahroning qoq o‘rtasidami yoki gavjum 
shahardami — doimo kimdir kimnidir kutadi, qidiradi. Ularning yo‘llari tutashganda, 
ko‘zlari ko‘zlariga tushganda o‘tmish ham, kelajak ham o‘z mohiyatini tamom yo‘qotadi, 
faqat mana shu bir lahza mavjud bo‘ladi va bu yorug‘ olamda kechadigan barcha 
kechmishlar faqat bitta qo‘l tomonidan yozilganiga cheksiz ishonch barqaror bo‘ladi. Bu 
qo‘l qalbda muhabbat alangasini yoqadi va har bir inson uchun, mehnat qilayotgani, 
dam olayotgan yoki xazina qidirayotganidan qat’i nazar, unga xuddi o‘zinikiday alangali 
qalbni muyassar etadi. Aksincha esa, odam qavmini iztiroblarga solguvchi orzu-
niyatlarning zig‘ircha ma’nisi qolmasdi. 
“Maktub”, — o‘yladi bo‘zbola. 
Angliyalik o‘rnidan sakrab turdi va Santyagoni yelkasidan ushlab silkilay boshladi: 
— So‘rasang-chi, axir! 
Santyago qizga yaqinlashdi. Qiz tabassum bilan u tomonga o‘girildi va bo‘zbola ham 
bunga javoban jilmaydi. 
— Isming nima? — so‘radi u. 
— Fotima, — uyalinqirab javob qildi qiz. 
— Men yashaydigan o‘lkalarda ko‘p ayollarning ismi shunday. 
— Payg‘ambarimizning qizining ismlari shunday ekan, — dedi Fotima. — O‘sha uzoq 
o‘lkalarga bu ismni bizning jangchilarimiz eltishgan. 
Bu ma’suma va ko‘rkam qizning so‘zlari g‘ururli jarangladi. Angliyalik betoqat bo‘lib 
Santyagoni turtdi va bo‘zbola qizdan har qanday kasallikni davolay oladigan odamni 
bilasanmi, deb so‘radi. 
— Bu odam dunyoning hamma siridan boxabar, — dedi qiz. — U sahro jinlari bilan 
muloqot qiladi. 
Jin — bu iblis. Qiz bola janubga ishora qildi — ular qidirayotgan odam o‘sha tarafda 
yashashini aytdi. Keyin ko‘zasini suvga to‘ldirib, ortiga qaytdi. 
Angliyalik Alkimyogarni qidirib ketdi. Santyago esa quduq oldida uzoq xayol surib o‘tirdi. 
Bir vaqtlar, o‘zining yurtida yurgan paytlarda, sharqdan esgan shamol mana shu qizning 
muattar bo‘yini unga olib kelar va u qizning mavjudligiga hecham shubha qilmay uni 
sevgan edi, bu sevgini, harqalay, yer yuzidagi borki xazinalardan ustun ko‘rardi. 
Ertasi kuni u tag‘in quduqning boshiga keldi va qizni kutdi. Biroq bu yerda angliyalikni 
uchratib ajablandi, u birinchi bor sahroga sinchiklab nazar tashlayotgan edi. 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Yüklə 265,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin