Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc



Yüklə 265,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/67
tarix20.11.2023
ölçüsü265,29 Kb.
#165067
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   67
Alkimyogar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
49
ortda qoldi, ulkan qoya toshlardan boshqa hammasi barkashday oy yorug‘ida ko‘zdan 
g‘oyib bo‘ldi. Nihoyat, Santyagoning oti to‘xtadi — bu yerga bo‘zbola burun kelmagan 
edi. 
— Bu yerda tiriklik alomati bor, — dedi u Alkimyogarga. — Menga sahroning tili 
tushunarsiz, biroq otim tiriklik tilini tushunadi. 
Ular shoshilishdi. Alkimyogar sukut saqlardi. Toshlarga nazar tashlab, u vazmin qadam 
tashlardi. Keyin birdan to‘xtadi va ehtiyot bo‘lib egildi. Toshlar orasida yer yorig‘i qorayib 
ko‘rinardi. Yoriqqa u barmog‘ini tiqdi, keyin esa qo‘lini yelkasigacha yoriqqa joyladi. 
Ichkarida nimadir shitirladi, Santyago Alkimyogarning ko‘zlarida (uning faqat ko‘zlarini 
ko‘rib turardi) jiddiy e’tiborni uqdi: go‘yo u birov bilan olishayotganday serdiqqat edi. 
Keyin u qo‘lini yoriqdan ilkis tortib oldi, kutilmagan bu harakatdan Santyago bir seskandi 
va Alkimyogar irg‘ib o‘rnidan turdi. U ilonni dumidan ushlab ko‘tarib turardi. 
Santyago ham chaqqon turib, ortga tislandi. Ilon tipirchilab sahroning o‘lik sukunatini 
buzib, Alkimyogarning barmoqlariga o‘zini urardi. Bu bir chaqishdayoq o‘ldiradigan kobra 
iloni edi. 
“Qo‘rqmas ekan-a?” — bo‘zbolaning xayolidan shu fikr o‘tdi. Alkimyogar ilonning iniga 
qo‘lini tiqib, hayotini xavf ostiga qo‘ydi, biroq uning yuzi xotirjam edi. “U ikki yuz 
yoshda”, — Santyago angliyalikning gapini esladi. Demak, sahroda ilonlar bilan 
muomala qilishni bilar ekan. 
Mana, u otining oldiga keldi va egarga tang‘igan qayirma qilichini qinidan chiqardi. 
Qumga doira shaklini chizib, o‘rtasiga tinchib qolgan kobrani qo‘ydi. 
— Qo‘rqma, — dedi Santyagoga. — Bu yerdan chiqib ketolmaydi. Sen esa sahroda hayot 
mavjudligiga dalilni ko‘rding. Menga shu kerak edi. 
— Bu shunchalik muhimmidi? 
— Juda muhim. Ehromlar sahrolar bilan o‘ralgan. 
Santyago yana ehromlar haqida gaplashishni istamayotgan — kechadan beri ko‘ngliga 
qil sig‘mayotgan edi. Xazinalarga borish Fotimadan ajralish bilan teng edi. 
— Men o‘zim senga yo‘l boshlovchi bo‘laman, — dedi Alkimyogar. 
— Vohada qolganim ma’qul edi, — javob qildi Santyago. — Fotimani uchratgan bo‘lsam, 
axir, u menga dunyodagi barcha xazinalardan ko‘ra aziz. 
— Fotima — sahro qizi. Unga erkaklarning bir kuni uylariga qaytib kelishi uchun safarga 
jo‘nab ketishlari oyday ravshan. U ham o‘zining xazinasini qo‘lga kiritdi — bu sen. Endi 
esa sening o‘zing qidirayotgan narsangni topishingga umid qilayotir. 
— Vohada qolishga qaror qilsam-chi? 
— Unda Oqsoqolga Maslahatchi bo‘lasan. Tillang ko‘p bo‘ladi, son-sanoqsiz qo‘y, tuya 
sotib olasan. Fotimaga uylanasan, bir yilcha u bilan baxtli yashaysan. Sahroga mehr 
qo‘yasan, besh ming to‘p xurmo daraxtining har birini taniydigan bo‘lasan, bo‘yini 
bo‘yingga o‘lchab, ularning qanday o‘sishini, dunyo muntazam o‘zgarib turishini 
tushunasan. Kun osha belgi-alomatlarni teranroq farqlay borasan, zotan, sahrodan-da 
yaxshi muallim yo‘q. Biroq oradan yil o‘tib, sen xazina haqida o‘ylaysan. Belgilar uni tez-
tez yodingga solaveradi, biroq sen bunga e’tibor qilmaslikka urinasan. Bor bilimingni 
voha, uning ahli farovonligi uchun sarflaysan. Qabilalar boshliqlari sendan mamnun 
bo‘lishadi, tuyalar senga ko‘p boylik keltiradi va hokimiyatingni mustahkamlaydi. 
Yana bir yil o‘tadi. Belgilar xazina va Yo‘lni muntazam uqtirib turadi. Uzoq tunlarda 
azongacha vohada sanqiysan, Fotima esa iztirob chekadi, chunki o‘zi tufayli sening 
izlanishlaring barbod bo‘lganini tushunib yetadi. Biroq sen Fotimani hanuz sevasan, u 
ham seni yaxshi ko‘radi. Biror marta ham u seni qolishga undamaganini bot-bot 
eslaysan, chunki sahro ayollari erlari qaytib kelguncha kuta olishadi. Va sen Fotimadan 
biror-bir ayb topa olmaysan, biroq ko‘p oqshomlarni birvarakayiga sahro va 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Yüklə 265,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin