Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc



Yüklə 265,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/67
tarix20.11.2023
ölçüsü265,29 Kb.
#165067
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   67
Alkimyogar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
57
Dengiz hanuz shu chig‘anoq ichida, demak, u o‘z Taqdiri yo‘lida. Va u chig‘anoqni, toki 
sahroda tag‘in to‘lqinlar oqib o‘ynamaguncha, tark etmaydi. 
Ular otlariga minishdi va Misr ehromlari tomon yo‘l tortishdi. 
Santyagoning yuragi xavfdan ogoh etib belgi bergan chog‘da quyosh mag‘ribga og‘a 
boshlagan edi. Ular bu daqiqalarda ulkan qum barxanlari orasida borishardi. Santyago 
Alkimyogarga qaradi, biroq u aftidan hech nimani payqamagandi. Besh daqiqada keyin 
bo‘zbola oldinda ikki nafar suvorining qorasini aniq-tiniq ko‘rdi. U gapirmoqchi bo‘lib 
og‘iz juftlagan ham ediki, ikkita o‘ntaga, o‘nta-yuztaga ko‘paydi va oxir-oqibat 
barxanlarni son-sanoqsiz lashkar qopladi. 
Suvorilar havorang kiyimda edi. Ularning sallalari qora tasma bilan tang‘ib boylangan, 
yuzlari esa ko‘zlarigacha havorang mato bilan bekitilgan. 
Hatto uzoqdan ham bu ko‘zlar ruh qudratini namoyon qilib, yo‘lovchilarga o‘limni 
daraklardi. 
Santyago bilan Alkimyogarni lashkargohga olib kelishdi, chodirga itarib kiritib yuborishdi, 
bo‘zbola hali bunaqasini ko‘rmagan edi; ularni qabila boshlig‘iga ro‘para qilishdi. Uning 
tevaragida harbiy sardorlari saf tortib turishardi. 
— Bular ayg‘oqchilar, — ma’lumot berdi asirlarni boshlab kelganlardan biri. 
— Yo‘q. Biz yo‘lovchilarmiz, xolos. 
— Uch kun burun sizlarni dushmanlarimiz qo‘nalg‘asida ko‘rishgan. Sizlar qaysidir bir 
jangchi bilan gaplashgansiz. 
— Men sahro yo‘llarini bilaman va yulduzlarga qarab yo‘l topaman, — javob qildi 
Alkimyogar. — Sizlarning dushmanlaring qancha ko‘pligi va ular qay tomonga harakat 
qilayotgani menga qorong‘u. Men lashkargohingizgacha o‘zimning do‘stimni kuzatib 
keldim. 
— Kim o‘zi bu? — so‘radi qabila boshlig‘i. 
— Alkimyogar, — javob qildi Alkimyogar. — U tabiatning jamiki kuch-qudratidan 
boxabar va senga o‘zining g‘aroyib iste’dodini ko‘rsatishni istaydi. 
Santyago miq etmay, qo‘rquv ichida tingladi. 
— Musofir bizning o‘lkamizda nima qilib yuribdi, — so‘radi boshqa bir harbiy sardor. 
— U sizning qabilaga pul olib keldi, — javob qildi Alkimyogar va bo‘zbola og‘zini juftlab 
ulgurmay boshliqqa uning hamyonini uzatdi. 
Qabila boshlig‘i indamay oltinni oldi — unga ko‘p qurol sotib olsa bo‘lardi. 
— “Alkimyogar” degani nima? — so‘radi harbiy sardorlardan biri. 
— Bu tabiat va olamning sirini biladigan odam. Agar xohlasa, u lashkargohingizni birgina 
shamolning kuchi bilan yo‘q qiladi. 
Arablar kulib yuborishdi. Ular urushning vayron qiluvchi kuchiga ko‘nikishgan edi, 
shamolning bunday qudratga egaligiga ishonishmasdi. Biroq ularning yuragiga qo‘rquv 
oraladi. Ularning bari sahroyi edi, shu boisdan ham sehrgarlardan cho‘chishardi. 
— Buni u qanchalik uddalay bilishini men ko‘rishni istayman, — dedi eng katta boshliq. 
— Bizga uch kun muhlat bering. Va mening hamrohim, sizga o‘z kuchini ko‘rsatish 
uchun, shamolga aylanadi. Agar buni u uddalay bilmasa, biz hayotimizni sizga 
topshiramiz. 
— Shunday ham menga tobe bo‘lgan hayotni menga topshirishning hojati yo‘q, — qat’i 
javob qildi harbiy boshliq.
Biroq uch kun kutishga rozi bo‘ldi. 
Santyago qo‘rquvdan tamom dovdirab qoldi. Alkimyogar uni qo‘lidan tortib chodirdan 
olib chiqdi. 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Yüklə 265,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin