Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc



Yüklə 265,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/67
tarix20.11.2023
ölçüsü265,29 Kb.
#165067
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Alkimyogar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
65
Biroq yuragi boshqa narsa haqida gapirdi. Yuragi g‘urur bilan ikki marta ko‘rgan tushini 
o‘ngga aylantirish niyatida qo‘ylarini tashlab safarga chiqqan cho‘pon tarixini hikoya 
qildi. O‘z Yo‘lini va uni yengib o‘tganlar — yangi yerlarni yoki go‘zallarni qidirib safarga 
otlanganlar va o‘z zamondoshlarining ko‘rsatgan yo‘l-yo‘riqlariga, aqidalariga jur’at bilan 
qarshi bora olganlar, buyuk o‘zgarishlaru kitoblar haqida hikoya qilardi.
Santyago barxanni yonbag‘irlab ko‘tarilayotgan paytdagina yuragi shivirlab dedi: 
“Hushyor bo‘l. Sen yig‘lab yuboradigan joyda men bo‘laman, demakki, sening xazinang 
ham o‘sha joyda bo‘ladi”. 
Bo‘zbola asta-sekin ko‘tarildi. Yulduzlar sochilgan osmonda yana to‘lin oy ko‘rindi — u 
sahro bo‘ylab bir oydan beri yo‘l yurayapti. Oy barxanni yoritdi va barxanlardan tushgan 
soyalar dengiz to‘lqinlariga o‘xshab tuyulardi, shunda Santyago Alkimyogar bilan 
xayrlashib, yuganni tashlab otini qo‘yib yuborgan kunni esladi. Oy sukutga cho‘mgan 
sahroni va xazinani qidirayotganlar bosib o‘tgan yo‘lni yoritardi.
Bir necha soniya o‘tib, tepaga ko‘tarilganda uning yuragi jon-jahdi bilan ura boshladi. 
Ro‘parasida, oy nurida va oppoq qumlar shu’lasida ehromlar qad rostlab turardi. 
Santyago tiz cho‘kdi va yig‘lab yubordi. U Ollohga o‘z Taqdiriga ishonch uyg‘otgani, uni 
Malkisidq bilan, billur Sotuvchi, angliyalik va Alkimyogar bilan duch keltirganiga 
shukronalar aytdi; muhimi, unga sahro ayoli bilan uchrashish nasib etdi, bu ayol esa 
sevgi hech qachon kishini O‘z Yo‘lidan adashtirmasligiga uni ishontirdi. 
Mingyilliklar ehromlar yuksakligidan bo‘zbolaga qarab turardi. Endi u, agar xohlasa, 
vohaga qaytishi, Fotimaga uylanishi, qo‘y boqib yurishi mumkin. Sahroda Umum Tilini 
biladigan, qo‘rg‘oshinni oltinga aylantira oladigan Alkimyogar ham yashagan-ku. 
Santyago o‘z san’atini namoyish qiladigan, donoligi bilan lol qoldiradigan odam yo‘q: O‘z 
Taqdiri yo‘lidan borib, u o‘ziga kerakli hamma narsaga o‘rgandi, orzu qilganlarini 
boshidan kechirdi. 
Biroq, eng muhimi, u o‘zining xazinasini qidirdi, zotan, har qanday ish maqsadga to‘la 
erishilgandagina bitgan hisoblanadi. Bo‘zbola tepalikda turar va yig‘lardi, pastga 
qaraganida esa ko‘rdi: ko‘z yoshlari to‘kilayotgan joyda go‘ng qo‘ng‘izi o‘rmalab 
borayotgandi. Sahro bo‘ylab kezgan vaqt mobaynida Santyago buning Misrda tangri 
timsoli ekanidan xabardor bo‘lgandi. 
Unga yana bir belgi berildi va bo‘zbola qumni kovlashga kirishdi, biroq avval billur 
Sotuvchini esladi va uning haq ekanini tushundi: umr bo‘yi tosh qalagani bilan hech 
kimga o‘z hovlisida ehrom qurish nasib etmaydi. 
Tun bo‘yi u belgilangan joyda qumni kovladi, biroq hech narsa topmadi. Ehromlar 
tepasidan mingyilliklar unga sukut saqlab termulardi. Biroq u yon bermasdi — qumni 
o‘raga qaytarib urayotgan shamolga qarshi basma-bas tinimsiz qazirdi. Santyago holdan 
toydi, qo‘lini yaraladi, biroq yuragiga ishonaverdi, yuragi unga xazinani ko‘z yoshi 
to‘kilgan joydan qidirishni uqtirardi. 
U o‘radan toshlarni olib tashlayotgan daqiqada tuyqusdan qadam tovushi eshitildi. 
Santyago o‘girilib, odamlarga ko‘zi tushdi — ular bir necha nafar edi, yuzlarini tanitib 
qo‘ymaslik uchun yorug‘ga orqalarini berib turishardi. 
— Sen bu yerda nima qilayapsan? — so‘radi ulardan biri. 
Bo‘zbola javob qilmadi. Uni qo‘rquv bosdi, chunki ayni paytda yo‘qotadigan narsasi bor 
edi. 
— Bizlar urushdan qochdik, — dedi boshqasi. — Bizga pul kerak. Sen bu yerga nima 
yashirding? 
— Hech nima yashirganim yo‘q, — javob qildi Santyago. 
Biroq qochoqlarning biri uni o‘radan tortib oldi, ikkinchisi cho‘ntaklarini titdi va quyma 
oltinni topdi. 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Yüklə 265,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin