Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc



Yüklə 265,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/67
tarix20.11.2023
ölçüsü265,29 Kb.
#165067
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Alkimyogar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
66
— Oltin! — qichqirdi u. 
Endi oy uning yuzini yoritardi, Santyago qaroqchining ko‘zlarida o‘zining ajalini ko‘rdi. 
— U yerda yana bo‘lishi kerak! — dedi boshqasi.
Ular Santyagoni qazishga majbur qilishdi va u bo‘ysunmay ilojsiz edi. Biroq xazinadan 
darak bo‘lmadi va qaroqchilar uni do‘pposlay boshlashdi. Do‘pposlash sahar pallasigacha 
davom etdi. Ustidagi kiyimi burda-burda bo‘ldi va ajali yetishiga ozgina qolganini his 
etdi. 
Shu payt Alkimyogarning gapi yodiga tushdi: “Pulning senga nima keragi bor, agar 
o‘lishingga to‘g‘ri kelsa? Pul ajalingni bir lahzaga ham kechiktirolmaydi”. 
— Men xazina qidirayapman! — baqirdi Santyago. 
Yorilib, qoni qotgan lablarini zo‘rg‘a qimirlatib, u qaroqchilarga tushida ikki marta misr 
ehromlari poyiga bekitilgan xazinani ko‘rganini gapirib berdi. 
Qaroqchilar sardori uzoq jim turdi va keyin sheriklaridan biriga murojaat qildi: 
— Uni qo‘yib yubor. Unda boshqa hech narsa yo‘q, bu quymani u biror joydan o‘margan. 
Santyago yiqildi. Qaroqchilar sardori uning ko‘ziga qaramoqchi bo‘ldi, biroq bo‘zbolaning 
nigohi ehromlarga qadalgan edi. 
— Ketdik bu yerdan, — dedi sardor sheriklariga, keyin o‘girilib Santyagoga dedi: 
— Men seni shuning uchun tirik qoldirayapmanki, sen bunaqa ahmoq bo‘lish 
yaramasligini tushungin. Xuddi o‘sha joyda, hozir sen turgan joyda, mening o‘zim ikki yil 
burun ayni bir tushni bir necha marta ko‘rdim. Tushimda ko‘rinishicha, go‘yo men 
Ispaniyaga borishim kerak, u yerda bir vayrona cherkov bor emish, unga cho‘ponlar 
qo‘ylarini qamab tunarmish, omborxonasida tutanjir o‘sib chiqqanmish, shu cherkovni 
qidirib topishim kerakmish. Biroq men tush ko‘rdim, deb sahroda tentirab yo‘l kezadigan 
ahmoq emasman. 
Shu gapdan keyin qaroqchilar ketishdi.
Santyago azob bilan o‘rnidan turdi va so‘nggi bor ehromlarga qaradi. Ular bo‘zbolaga 
tabassum qildi, u ham javoban kulib qo‘ydi va yuragi baxt-saodatga to‘lganini his etdi. 
U o‘z xazinasini qo‘lga kiritdi. 

Yüklə 265,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin