Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc



Yüklə 265,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/67
tarix20.11.2023
ölçüsü265,29 Kb.
#165067
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Alkimyogar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
62
kecharkan. Uni biz oziqlantiramiz va biz yashayotgan yerning yaxshilikka yoki 
yomonlikka yuz burishi bizning yaxshi yoki yomon bo‘lishimizga bog‘liq. Ayni mana shu 
joyda sevgi kuchi ish beradi, zero, sevsang yaxshi bo‘lishga intilasan.
— Xo‘sh, mendan nima istaysan? 
— Shamolga aylanishimga yordam ber. 
— Tabiatga ayonki, olamda mendan-da dono hech kim yo‘q, — javob qildi Quyosh, — 
biroq men ham sening qanday qilib shamolga aylanishingni bilmayman. 
— Endi men kimga murojaat qilay? 
Quyosh bir zum o‘ylanib qoldi: suhbatni eshitgan shamol darhol butun dunyoga olam 
chirog‘ining donoligi chegarasiz emas ekan, deya xabar tarqatadi. Qolaversa, Olam Tilida 
gapirib turgan bu bo‘zboladan ham qochish aqldan emas. 
— Yordamni Hammasini Bitgan Qo‘ldan so‘rab ko‘r, — dedi Quyosh. 
Shamol shodon qiyqirdi va behad kuch bilan esa boshladi. Bir necha chodirlar qulab 
tushdi, qoziqqa bog‘langan otlar yuganini uzdi, qoyadagi odamlar uchib tushib ketmaslik 
uchun bir-birlariga qapishib olishdi. 
Santyago Hammasini Bitgan Qo‘lga o‘girildi va shu damdayoq Olam sukutga cho‘mdi. U 
jimlikni buzishga jur’at etolmadi. 
Keyin Sevgi kuchi uning yuragidan toshdi va bo‘zbola ibodatga kirishdi. U ibodatida hech 
narsa tilanmadi, biror-bir so‘z demadi, qo‘ylari yaylovli bo‘lgani uchun shukrona aytmadi 
ham, billur do‘koniga ko‘proq xaridor kelishini-yu, o‘zi sahroda uchratgan qiz uni 
kutishini ham o‘tinib so‘ramadi. Atrofga cho‘kkan jimlikda u Qo‘l tomonidan kiritilgan 
belgilarni sahro, shamol va quyosh ham qidirayotganini tushundi. Bo‘zbola bu belgilar 
butun Yer yuzi va koinotga tarqalib ketganini tushundi va sirtdan qaraganda ularning 
hech qanday ahamiyatli jihati yo‘qligini angladi. Na sahro, na shamollar va na odamlar 
ularning nima maqsadda yaratilganini bilishmaydi. Faqat Hammasini Yaratgan Qo‘lning 
bunga aloqasi bor va faqat U mo‘’jiza yaratishga: okeanlarni sahrolarga, odamni — 
shamolga aylantirishga qodir. Zero, Uning yolg‘iz o‘zi Olam olti kunlik Ijod jarayonida 
Buyuk Ijod mahsuliga aylanishini tushunardi. 
Bo‘zbola Olam Qalbiga uyg‘unlashdi va ko‘rdiki, Olam Qalbi — Tangri Qalbining bir 
bo‘lagi, xolos, Tangri Qalbi esa uning o‘zining qalbi. Va, demak, u mo‘’jizalar yaratishga 
qodir. 
O‘sha kuni samum har qachongidan-da kuchli esdi. Shamolga aylangan bo‘zbola va bu 
shamolning butun qo‘nalg‘ani yer bilan yakson qilguday quturib, kimsan qabila 
boshlig‘ining o‘zini maydonga chorlagani haqidagi rivoyat avloddan avlodga o‘tib yuradi. 
Shamol tingach, hamma bo‘zbola turgan joyga qaradi, biroq u yo‘q edi. U qo‘nalg‘aning 
narigi boshida, yarmi qumga ko‘milgan qo‘riqchining yonida o‘tirardi. 
Sehrli Kuch hammani qo‘rqitdi. Faqat ikki kishi kuldi: shogirdidan ko‘ngli to‘lgan 
Alkimyogar va qabila boshlig‘i — u bo‘zbolaning Tangri taolo qudratini anglaganini 
tushundi. 
Ertasi kuni u Santyago bilan Alkimyogarni to‘rt taraflaring ochiq, deya qo‘yib yubordi, 
ularni kuzatib qo‘yish uchun jangchilaridan birini qo‘shdi. 
Ular otda kun bo‘yi yo‘l bosishdi, qosh qoraya boshlaganda esa Alkimyogar jangchini 
ortiga qaytardi va egardan tushdi. 
— Naryog‘iga yolg‘iz o‘zing ketasan, — dedi u Santyagoga. — Ehromlargacha uch soatli 
yo‘l qoldi. 
— Rahmat senga, — javob qildi bo‘zbola. — Sen meni Umum Tiliga o‘rgatding. 
— Men senga o‘zing biladigan narsani eslatdim, xolos. 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Yüklə 265,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin