Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc



Yüklə 265,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/67
tarix20.11.2023
ölçüsü265,29 Kb.
#165067
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Alkimyogar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
64
o‘g‘illaridan birining so‘zlari butun dunyoda mashhur bo‘lishi va bir necha yuzlab 
yillardan keyin ham ularni odamlar takrorlashini bashorat qiladi. Quvonganidan chol 
yig‘lab yuboradi: taqdir unga kulib boqqan, har qanday otaga ham nasib 
etavermaydigan oliy sevinchni in’om etgandi.
Oradan ko‘p o‘tmay u halok bo‘ladi — og‘ir aravaning g‘ildiragi tagidan bir yosh bolani 
qutqaradi, biroq o‘zi g‘ildirak tagida qoladi. Taqvoli umr kechirgani bois, uning ruhi to‘g‘ri 
samoga yo‘l oladi va samoda tushida ko‘rgan farishtani uchratadi. 
— Sen yaxshi, ezgu inson eding, — deydi unga farishta. — Hayoting mehr-muhabbatga 
to‘lug‘ edi, qazoying — izzatli bo‘ldi. Men sening xohlagan tilagingni ado eta olaman. 
— Hayot ham mendan ezguliklarini darig‘ tutmadi, — javob qiladi qariya. — Sen 
tushimda ko‘ringaningda, qilgan barcha sa’y-harakatlarim behuda emasligini his etdim. 
Zotan, o‘g‘limning she’rlari avloddan-avlodga o‘tadi. Men o‘zim uchun hech nima 
so‘ramayman, har qanday ota ham o‘zi tarbiyalagan, o‘qitgan farzandi shuhrati bilan 
g‘ururlanadi. Shuning uchun men uzoq kelajakda o‘g‘limning she’rlari qanday 
jaranglashini bir eshitsam, degandim. 
Shunda farishta uning yelkasiga yondashadi va har ikkalasi ko‘z ochib yumguncha uzoq 
kelajakda — katta shaharda, notanish tilda gaplashayotgan minglab odamlar orasida 
paydo bo‘lishadi. 
Qariya quvonganidan yana ko‘ziga yosh oladi. 
— Men o‘g‘limning she’rlari asrlar osha yashashini bilardim, — deydi u ko‘zlarida yosh 
bilan. — Ayt-chi, bu odamlar uning qaysi satrlarini takrorlashayotir. 
Farishta mehribonlik bilan uni o‘rindiqqa o‘tirg‘izadi va o‘zi ham uning yoniga o‘tiradi. 
— Sen aytayotgan she’rlar butun Rimda shuhrat qozongan edi, ularni hamma yod bilar, 
aytib huzur qilardi. Biroq Tiberiyaning podsholigi tugagan va she’rlar ham unutilgan. 
Odamlar sening boshqa o‘g‘lingning—jangchi o‘g‘lingning so‘zlarini takrorlashayotir. 
Qariya farishtaga taajjublanib tikilib qaradi.
— U uzoq bir hududda xizmat qildi, — davom etdi farishta. — Yuzboshi bo‘ldi. U ham 
adolatparvar va bag‘rikeng inson edi. Bir safar qullaridan biri kasal bo‘lib qoladi — o‘lim 
holatiga tushadi. Sening o‘g‘ling qaerdadir bir tabib borligini eshitib, o‘sha odamni izlab 
ketadi. Yo‘l-yo‘lakay bu odam — Xudo O‘g‘li ekanini biladi. U davolagan odamlarni 
uchratadi. Uning ta’limotini eshitadi va garchi o‘zi rimlik yuzboshi esa-da, Uning 
e’tiqodiga o‘tadi. Va bir kuni ertalab Uning qoshida hozir bo‘lib, xizmatkori kasal ekanini 
aytadi. Va Ustoz — bu odamni shunday atashardi — uning bilan birga borishga 
chog‘lanadi. Biroq yuzboshi dindor kishi edi, Ustozning ko‘ziga qarab olib tushunadiki, 
hozir u Xudo O‘g‘lining ro‘parasida turibdi. Ana shunda sening o‘g‘ling abadiy unut 
bo‘lmaydigan so‘zlarni aytadi. U shunday degan: 
“Tashvishlanma, Tangrim, men munosib emasmanki, Sen mening qavatimga 
qo‘shilsang. Biroq so‘zingni aytgin va mening xizmatkorim sog‘aygay”. 
Alkimyogar otini niqtadi. 
— Yerdagi har bir odam, u nima bilanki mashg‘ul bo‘lmasin, dunyo tarixida yetakchi 
ahamiyatga ega vazifani ado etadi. Odatda odamlar hatto bu haqda bilishmaydi ham. 
Bo‘zbola kuldi. Bir paytlar u hayotning mohiyati haqidagi muammolar cho‘pon uchun bu 
qadar muhim bo‘lishini xayoliga ham keltirmagandi. 
— Omon bo‘l, — dedi Alkimyogar. 
— Omon bo‘l, — dedi javoban bo‘zbola. 
Ikki yarim soat otda Santyago sahro bo‘ylab yo‘l bosdi. Yo‘l bo‘yi yuragining aytganlariga 
diqqat bilan quloq tutdi. Aynan yuragi unga xazina bekitilgan joyni ko‘rsatishi kerak edi. 
“Xazina qaerda bo‘lsa, sening yuraging ham o‘sha yerda”, — degan unga Alkimyogar. 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Yüklə 265,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin