Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc



Yüklə 265,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/67
tarix20.11.2023
ölçüsü265,29 Kb.
#165067
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   67
Alkimyogar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
56
Odamlar o‘zaro urushayotganda Olam Qalbiga jang shovqini yetib boradi. Quyosh ostida 
ro‘y berayotgan voqealar oqibatidan hech kim qochib qutulolmaydi, — Alkimyogarning 
ovozida alam ohangini sezish qiyin emasdi. 
“Hammasi — bir butun”, — o‘yladi Santyago. 
Shu payt, go‘yo keksa Alkimyogarning haqligiga dalilday, sahroda yo‘lovchilar ortidan 
quvib kelayotgan bir juft suvori ko‘rindi. 
— Yo‘lni davom ettirishlaring xavfli, — dedi ularga yetib kelgan jangchilardan biri. — Bu 
yerda urush ketayapti. 
— Biz ko‘p yurmaymiz, — javob qildi Alkimyogar uning ko‘ziga tik qarab. 
Jangchilar bir lahza qotib turishdi, keyin esa yo‘lovchilarni o‘tkazib yuborishdi. Santyago 
hayratga tushdi. 
— Sen ularni ko‘zing bilan qotirdingmi? 
— Ko‘zning qarashi ruhning qudratini namoyon etadi, — javob qildi Alkimyogar. 
“Ha, bu shunday”, — o‘yladi bo‘zbola, lashkargohni yonlab o‘tishayotganda 
jangchilardan biri ularga uzoq tikilib qaraganini eslab. Ular uzoqda edi, hatto o‘sha 
jangchining yuzini payqab bo‘lmasdi, biroq baribir Santyago o‘ziga tikilgan nigohni his 
etdi. 
Va nihoyat, ular ufqni to‘sgan toqqa ko‘tarila boshlaganda Alkimyogar ehromlargacha 
ikki kunlik yo‘l qoldi, deb aytdi. 
— Garchi yaqin orada xayrlashadigan bo‘lsak ham, meni alkimyoga o‘rgat. 
— Sening o‘rganishingga hojat yo‘q. Bu ilm Olam Qalbiga uyg‘unlasha bilishdan va u 
yerda o‘zingga tayin etilgan xazinani topishdan iborat ekanini bilasan. 
— Men boshqa narsani nazarda tutayapman. Men qo‘rg‘oshinni qanday qilib oltinga 
aylantirishni bilishni istayman. 
— Olamdagi jamiki mavjud narsalar rivojlanadi, biri boshqasiga aylanadi, — javob qildi 
u. — Va donishmandlar fikricha, oltin metall hisoblanadi, bu metall boshqalaridan ko‘ra 
uzoqroq rivojlanish, o‘zgarishga yuz tutgan. Nima uchun deb mendan so‘rama — 
bilmayman. Men faqat shunday bo‘lganidan xabardorman, xolos. Biroq odamlar 
donishmandlarning so‘zlarini buzib talqin qilishgan. Oqibatda oltin rivojlanish, taraqqiyot 
timsoli bo‘lish o‘rniga, adovat, nizo belgisiga aylangan. 
— Tevaragimizdagi olam ko‘p tillarda gapiradi, — dedi bo‘zbola. — Burun tuyaning 
o‘kirgani men uchun shunchaki o‘kirik edi, xolos. Keyin bu xatardan ogoh etuvchi 
tovushga aylandi. Va nihoyat — yana o‘kirik bo‘lib tuyuldi, — dedi Santyago, biroq shu 
lahzada Alkimyogarga usiz ham hamma narsa ayon ekanini anglab qolib, jim bo‘ldi. 
— Men chinakam alkimyogarlarni tanirdim, — davom etdi Alkimyogar. — Birlari o‘z 
laboratoriyalaridan chiqmay, xuddi oltin kabi rivoj topmoqchi bo‘lishdi — Iksir shu tariqa 
kashf etildi. Zotan, ular qandaydir bir narsa rivojlanayotgan ekan, demak, uning 
tevaragidagi bor narsalar ham o‘zgarishini tushunishgan. Boshqa birlari tasodifan Hikmat 
Toshini topishdi. Ular qobiliyatdan benasib bo‘lishmagan va ularning qalbi boshqa oddiy 
odamlarnikidan ko‘ra sezgir bo‘lgan. Biroq bundaylar juda kamchil. Uchinchi toifa 
alkimyogarlar esa faqat oltin izlashgan. Ularga sirni ochish, baribir, nasib etmagan. Ular 
qo‘rg‘oshinning ham, misning ham, temirning ham o‘z Yo‘li borligini unutishgan. Zero, 
birovning Taqdiriga aralashgan kishi, albatta, o‘zining shaxsiy Yo‘lini yo‘qotadi. 
Alkimyogarning ushbu so‘zlari xuddi la’natday eshitildi. Keyin u egildi va yerdan 
chig‘anoqni oldi. 
— Bir zamonlar bu yerda dengiz bo‘lgan, — dedi u. 
— Ha, men sezgandim, — dedi javoban bo‘zbola. 
Alkimyogar unga chig‘anoqni qulog‘iga tutishni aytdi. Santyago bolaligida ko‘p marta 
shunday qilgandi va hozir yana dengiz shovqinini eshitdi. 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Yüklə 265,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin