Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc



Yüklə 265,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/67
tarix20.11.2023
ölçüsü265,29 Kb.
#165067
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   67
Alkimyogar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
58
— Qo‘rqayotganingni ularga sezdirma. Bular jasoratli odamlar, qo‘rqoqlarni yomon 
ko‘rishadi. 
Shunga qaramay, Santyagoning ancha vaqt tili kalimaga kelavermadi. Ular qo‘nalg‘ada 
erkin aylanib yurishdi, arablar faqat otlarini olib qo‘yishdi. Va olam yana bir bor ko‘ptilli 
ekanini ko‘rsatdi: burun chek-chegarasiz va ochiq-oydin bo‘lgan sahro endi 
qamoqxonaga aylandiki, undan qochishning imkoni yo‘q. 
— Sen ularga mening bor pulimni berding! — dedi u. — Hammasini, umrim bo‘yi ishlab 
topgan boyligimni! 
— O‘lishga to‘g‘ri kelsa, ularning senga nima keragi bor? Sening pullaring umringni uch 
kunga uzaytirdi. Odatda pul ajalni bir daqiqaga ham kechiktirolmaydi. 
Biroq Santyago dono va’zlarni eshitishdan yiroq, u qattiq qo‘rqqan edi. U qanday qilib 
shamolga aylanishni bilmasdi — alkimyogar emasdi. 
Alkimyogar esa jangchidan choy opkelishini so‘radi va bo‘zbolaning bilagiga bir necha 
tomchi tomizib, allaqanday tushunarsiz so‘zlarni aytdi. Va darhol bo‘zbola vujudini 
qo‘rquv-xavotir tark etganini his qildi. 
— Ko‘pam afsus chekaverma, — favqulodda erkalagan ovozda dedi Alkimyogar. — Gap 
shundaki, hali sen yuraging bilan gaplashib olishga ulgurmagansan. 
— Axir, men shamolga aylana olmayman-ku! 
— Kimki O‘z Taqdiri yo‘lidan borayotgan ekan, u hamma narsani biladi va uddalay oladi. 
Faqat bir narsa orzuning ro‘yobga chiqishiga monelik qiladi— bu omadsizlikdan 
cho‘chish. 
— Men omadsizlikdan cho‘chimayman. Faqat bilmayman, qanday qilib shamolga 
aylanishni. 
— O‘rganishga to‘g‘ri keladi. Sening hayoting shunga bog‘liq. 
— Agar qo‘limdan kelmasa-chi? 
— U holda o‘lasan. Biroq O‘z Taqdiring yo‘lida o‘lmoq, hatto Yo‘lning mavjudligini 
xayoliga ham keltirmagan minglab odamlar qatori qazo qilishdan ko‘ra yuz bor afzal. 
Xullas, tashvishlanma. Odatda o‘lim xavfi hayotiy kuchlarni va sezgilarni kuchaytiradi. 
Birinchi kun o‘tdi. Sahroda katta jang bo‘ldi, yaradorlarni qo‘nalg‘aga keltirishdi. “O‘lim 
hech narsani o‘zgartirmaydi”, — o‘yladi Santyago. Safdan chiqqanlarning o‘rnini 
boshqalar egallashadi va hayot o‘z maromida davom etaveradi. 
— Sen keyinroq o‘lishing ham mumkin edi, do‘stim, — dedi jangchilardan biri o‘zining 
halok bo‘lgan birodariga. — Hozir bo‘lmasa, urushdan keyin. Qanday bo‘lmasin, baribir, 
ajalga chap berishning iloji yo‘q. 
Shomga yaqin bo‘zbola Alkimyogarni izlab ketdi. 
Men shamolga aylana olmayman, — dedi u Alkimyogarga. 
— Esla, men senga nima degandim: olam bu Tangrining zohiriy qismi. Alkimyo esa ruhiy 
komillikni moddiylashtiradi. 
— Sen nima qilayapsan, — so‘radi Santyago. 
— Qirg‘iyimni ovqatlantirayapman. 
— Shartmi? Agar men shamolga aylana olmasam ikkimizni ham o‘ldirishadi-ku. 
— Ikkalamiznimas, seni, — javob qildi Alkimyogar. — Men esa shamolga aylana olaman. 
Ikkinchi kuni bo‘zbola qo‘nalg‘a chetidagi qoyaning ustiga chiqdi. Qorovullar uni 
qarshiliksiz o‘tkazib yuborishdi: ular shamolga aylana oladigan sehrgar paydo bo‘lganini 
eshitishgan va undan chetroq yurishga urinishardi. Qolaversa, sahro harqalay zindondan 
tuzukroq. 
Santyago oqshomgacha — kun bo‘yi sahroni kuzatdi. Yuragiga quloq tutdi. Sahro esa 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Yüklə 265,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin