Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
17
KONFUTSIY
(Miloddan avvalgi 551-479 yillar)
Konfutsiy Xitoyning sharqidagi Lu knyazligida tug‘ildi. U aslzodalar xonadoniga
mansub bo‘lib, otasi Shulyan Xe Lu knyazligidagi Szou muzofotini boshqargan. Konfutsiy
tug‘ilganda otasi 70 yoshga to‘lgan edi. Uch yoshga to‘lganda otasidan, 17 yoshida
onasidan ayrildi. Oilada Konfutsiydan tashqari 9 qiz va bir nogiron o‘g‘il bo‘lgan.
Uning asl ismi Kun Syu bo‘lib, muxlislari Kun Fu-tszi, deb atashgan. Bu ism bora-bora
Kun Fu-tszi, degan faxrli laqabga aylangan. Bu ism «hurmatli ustoz Kun», degan ma’noni
anglatadi. XVII asrda Xitoyga kelgan iezuit-missionerlar xitoylik donishmand ta’limoti
bilan tanishib, uni Yevropa madaniyatining ham vakiliga aylantirish maqsadida Konfutsiy
deb atay boshlashgan.
Konfutsiy Pifagor va Suqrot kabi faqat og‘zaki ta’lim bergan. Shuning uchun undan bir
satr ham qo‘lyozma qolmagan. Bizga ma’lum asarlarining hammasi shogirdlari
tomonidan yozilgan.
Konfutsiy daosizm asoschisi Lao-Szi bilan uchrashgan, undan maslahatlar olgan.
Dostları ilə paylaş: