Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf
ostida chordona qurib chuqur o‘yga tolgancha o‘tirganda mo‘‘jiza yuz berib, ongi tiniqlashadi va donishmandlik sari yuz tutadi. Shu paytdan boshlab uni Budda deb atashadi. Budda — sanskritcha xotirjam, osoyishta, degan ma’noni bildiradi. Budda Gang daryosi bo‘yidagi Banoras shahrida o‘z ta’limoti asoslari bo‘yicha dars bergan. * * *
Budda Shakya Muni shunday degandi: «Inson hayoti azob-uqubatlardan iboratdir. Biroq doimo
to‘g‘ri so‘zlab, ezgulikka intilish, o‘zgalarning haqiga xiyonat qilmaslik, g‘azab va hasadni yengish
orqali uni yengillatish mumkin. Shuningdek, inson behuda yugur-yugurlardan, mol-dunyo orttirish
havasi va haddan ziyoda huzur-halovat istagidan ozod bo‘lmog‘i lozim. Ana shunda har bir boy va
kambag‘al, shoh va qul, ruhoniy va oddiy kimsalar dunyoga qayta-qayta kelish azobidan xalos
bo‘ladilar».
* * *
Budda shogirdlari toliqib qolgan kezlarda ularga kutilmagan savollar berib, tezlik bilan javob
qaytarishlarini so‘rardi. Masalan, gohida oddiy bir buyumni ko‘rsatib, uni ko‘pi bilan uchta so‘z va
kamida yuz satr orqali ta’riflab berishlarini buyurgan. Ba’zan talabalardan birini tanbalangan eshik
qarshisiga turg‘azib qo‘yib: «Eshikni nima bilan ochasan?» — deb savol bergan, goho musiqachilarni
deraza tagiga tizib, biror qo‘shiqni teskari mazmunda kuylashga majbur etgan. Ba’zida shogirdlari
safidan o‘ta turib, nechta qadam tashlaganini so‘rab qolardi. Biror jonivordan yoki tabiat hodisalaridan
cho‘chigan talabalardan esa o‘zlaridagi qo‘rquvni yengishni talab qilgan.
* * *
Uch shogird Byddadan uning mo‘‘jizalarini ko‘pish ychyn ijozat so‘radilar. Donishmand ularning har
birini qorong‘i xonaga kiritib, ustlaridan qulflab qo‘ydi. Oradan bir oz vaqt o‘tib, ularni huzuriga
chaqirdi va ko‘rganlarini so‘zlab berishlarini so‘radi. Talabalar birin-ketin ko‘rganlarini hikoya qilishdi.
Budda ularning hikoyalarini tinglab bo‘lgach, dedi:
— Endi siz mo‘‘jiza o‘zingiz uchun foydasiz ekaniga ishonch hosil qilmog‘ingiz lozim. Negaki, siz
asosiy mo‘‘jizani sezishga ojizlik qildingiz. Zero, botiniy borliqni his eta olganingizda edi, bu tuyg‘u
sizni o‘zga olamlarga yo‘llagan bo‘lardi. Ammo siz o‘zingizning yerda o‘tirganingizni his etishda davom
etdingiz. Sizning fikrlaringiz yerga turli kulfatlar yog‘dirdi. Siz qoyalarni vayron qilib, to‘fonda
kemalarni parchalab tashladingiz.
Shu so‘zlardan so‘ng Budda bir oz tin olib talabalarning biriga so‘z qotdi:
— Mana, sen boshiga alangadan toj kiygan alvon tusli jonivorni ko‘rding. Sen tubsizlikdan olib
chiqqan bu olov himoyasiz odamlarning boshpanalarini o‘z domiga olib, kuydirib yubordi. Zudlik bilan
ularga yordam ber!