Haqiqat manzaralari 96
mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
146
Garchi biz yerda yashab, samoga ko‘z tiksak-da, ruhimiz jism qo‘rg‘oniga bandidir.
Shu bois bandi
ruh hisobsiz aldamchi va yolg‘on timsollarni qabul qilishga mahkum.
* * *
Empiriklar (hissiy idrokni, tajribani bilimning birdan-bir manbai deb biladigan falsafiy ta’limot
namoyandalari) chumoliga o‘xshab faqat manba to‘plash bilan ovora bo‘ladilar va shu to‘plamlardan
foydalanadilar. Aqidaparastlarning (mohiyati tekshirilmay-netmay qabul qilinaveradigan qoidalarga
ko‘r-ko‘rona ishonuvchilarning) harakati esa o‘rgimchakni eslatadi. Ular o‘zlari uchun to‘r yasaydilar.
Asalari esa boshqacha yo‘l tanlaydi. U bog‘ va dalalardagi gullardan bol yig‘adi. To‘plagan bolini u
uquvi va maqsadiga moslab qayta ishlaydi. Haqiqiy falsafaning mohiyati ham shunday bo‘lmog‘i
darkor.
* * *
Tabiatni faqat uning qonunlariga bo‘ysunish yo‘li bilangina yengish mumkin.
* * *
Bir narsaning asl mohiyatini bilish uning sababini bilish demakdir.
* * *
Inson – tabiatning xizmatkori va sharhlovchisi.
* * *
Moddiyat tinim
bilmaydi, u mangu harakatdadir.
* * *
Tasodif ba’zan kashfiyotlarni maydonga keltiradi. Ammo shu tasodifning yuzaga chiqishi yillarni
emas, hatto asrlarni talab etadi.
* * *
Fikr olamning chegarasi va nihoyasini qamrab olishdan ojiz bo‘lsa-da, lekin doimo zaruriyat
tug‘ilganda juda uzoqni ko‘ra oladi.
* * *
Ohanraboning sehrli xossasi yordamida tafakkurning mohiyatini ochib berish mumkin. Ohanrabo
behisob ignalarni o‘ziga
tortib oladi-yu, sira kuchi kamaymaydi.
* * *
Tajriba – haqiqat garovi.
* * *
Odatda mayda va arzimas narsalar katta narsalar haqida ko‘proq bilim beradi. Yirik narsalar esa
aksincha, kichik narsalar haqida tasavvur berishga ojizlik qilib qoladi.
* * *
Ko‘nglini yoruvchi do‘sti bo‘lmagan odam o‘z yuragining kushandasidir.
* * *
Faqat nafrat va qo‘rquvgina zo‘ravonlik qilishga majbur etadi.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: