Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
175
Bordi-yu, sud hokimiyati qonun chiqarish bilan mashg‘ul bo‘lsa, fuqarolarning huquqlari toptaladi.
* * *
Agar sud hokimiyati ijro
hokimiyati bilan birlashsa, u holda sud hakami sitamgarga aylanishiga
imkoniyat tug‘iladi.
* * *
Agar ijro hokimiyati qonun chiqaruvchi yig‘inni tarqatish huquqiga ega bo‘lmasa, u holda qonun
chiqaruvchi hokimiyat hokimi mutlaqqa aylanib, qolgan barcha hokimiyatlarni yo‘q qiladi.
* * *
Qonun chiqaruvchi hokimiyat ijro hokimiyatining faoliyatini cheklash huquqiga ega bo‘lmasligi
mumkin. Chunki o‘z tabiatiga ko‘ra cheklangan narsani yana cheklashdan ne hojat?
Bundan tashqari
ijro hokimiyatining faoliyati tez hal qilinishi kerak bo‘lgan ishlarga qaratilgan bo‘ladi.
* * *
Shaxs va fuqaro erkinligi hamma vaqt ham bir-biriga mos kelavermaydi.
* * *
Har qanday ulug‘vorlik, kuch-qudrat va hokimiyat nisbiydir.
* * *
Me’yoridan ortiq tafakkur har qachon ham qo‘l kelavermaydi. Chunki odamlar deyarli hamma vaqt
o‘rtamiyonalikka tezroq moslashadilar.
* * *
Dinning qudrati unga bo‘lgan ishonch bilan belgilansa, qonunning
kuchi unga nisbatan yuzaga
keladigan qo‘rquv bilan belgilanadi. Qadimiylik din uchun qulaylik tug‘diradi. Chunki e’tiqodning
darajasi uning manbai bizdan qanchalik uzoq ekanligiga bog‘liq. Bizning aqlimiz e’tiqodimizga qarshi
turuvchi uzoq o‘tmishdagi turli qarashlar ta’siridan ozoddir. Qonunlar esa aksincha: qancha yangi
bo‘lsa, shuncha ustundir.
Yangi qonun, qonun chiqaruvchining uning ijrosiga qaratilgan alohida, jonli
e’tiborini ifodalaydi.
* * *
Luiziana yovvoyilari avval daraxtni kesib, so‘ng uning mevasini terib yeydilar. Mustabid tuzumning
mohiyatini ham shunga o‘xshatish mumkin.
* * *
Burgundiya qiroli Gundobad o‘g‘rining xotini yoki farzandi uning qilmishlari
haqida hukumatga
xabar qilishi shartligi, aks holda, har ikkisi ham qullikka mahkum etilishi to‘g‘risida qonun chiqardi.
Lekin bu qonun tabiatga zid edi. Xotin o‘z erining qoralovchisi bo‘lishi mumkinmi? O’g‘il
otasini qanday
qilib sotadi? Qirol shu tariqa bir jinoiy harakatni jazolash uchun undan ham og‘irroq ikkinchi bir
jinoyatga yo‘l ochib berdi.
* * *
Bolalarda Vatanga muhabbat uyg‘otishning eng yaxshi vositasi otalarning Vatanni sevishlaridir.
* * *
Mualliflar aktyorlardir.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: