Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf
tantana bilan kutib oladi. Shu kuni Volterning dafna (lavr) yaprog‘idan yasalgan chambar kiydirilgan byusti o‘rnatilgan Parij teatri sahnasida uning so‘nggi «Irina» (1778 y.) deb nomlangan fojiaviy asari namoyish etiladi. Biroq bu tantanalar, sershovqin Parij Volterni holdan toydirib qo‘yadi. U 1778 yilning 30 mayi oqshomida hayotdan ko‘z yumadi. * * *
A’lo narsa – yaxshi narsaning dushmani.
* * *
Tangrim, meni do‘stlardan panohingda saqla – dushmanlarni o‘zim eplayman.
* * *
«Volter: «Odamlar qanchalik ma’rifatli bo‘lsalar, shunchalik erkindirlar», — deb ta’lim bergandi.
Uning izdoshlari esa xalqqa: «Siz qanchalik erkin bo‘lsangiz, shunchalik ma’rifatlidirsiz», — deb
uqtirdilar. Halokatning siri ana shunda», — deb yozgandi frantsuz ma’rifatparvari Antuan Rivarol
(1753-1801 y.).
* * *
Men faqat shubhalanishnigina bilaman.
* * *
Men haqiqat deb ataluvchi falsafa toshini izlab 40 yil dunyoning turli burchaklarida bo‘ldim, antik
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
178
dunyo namoyandalari Epikur va Avgustin, Aflotun va Malbranshe bilan kengashdim. Ammo
izlaganimni topolmay, qashshoqligimcha qoldim.
* * *
Har qanday ijod namunasi ijodkor to‘g‘risida guvohlik beradi. Hech narsa meni bu oddiy
aksiomadan qaytarolmaydi.
* * *
Tasodif yo‘q narsa. Biz sababini izohlashga chog‘imiz kelmagan harakatlarni tasodif deb ataymiz.
Sababsiz harakat va mohiyatsiz mavjudlik bo‘lmaydi.
Bu fikr barcha faylasuflarning bosh qoidasidir.
* * *
Ulkan binoning mitti kavaklarida yashaydigan sichqonlar bino yana qancha turishi va uni kim
qurganidan bexabar umr kechiradilar. Ular faqat uzoq yashash va inlarini buzg‘unchi jonivorlardan
omon saqlashga harakat qiladilar. Biz ham sichqonlar kabimiz va Koinotni bunyod etgan Oliy me’mor
hech birimizga o‘z sirini oshkor etmaydi.
* * *
Ijtimoiy adolat – ham tabiiy, ham xayoliy g‘oya. Bizning sho‘rpeshona sayyoramizda jamoa-jamoa
bo‘lib yashovchi odamlar uchun buyruq beruvchi badavlatlar va ularga xizmat qiluvchi
kambag‘allardan iborat ikkita sinfga bo‘linishdan o‘zga chora yo‘q.
* * *
Huzur-halovat bag‘ishlovchi ishni bajarish – ozodlik belgisi.
* * *
Halol odamni ta’qib qilish mumkin, ammo uni sharmanda qilib bo‘lmaydi.
* * *
O’lim eng katta jismoniy yovuzlik bo‘lsa, urush eng katta axloqiy yovuzlikdir.
* * *
Yovuzlik imkoni kunda yuz bor, yaxshilik imkoni yilda bir bor namoyon bo‘ladi.
* * *
Biz bu yorug‘ jahonda ikki lahza yashaymiz va uning birini mulohazalarga bag‘ishlaymiz.
* * *
Asllik va go‘zallik mezonlari hamma zamonlarda va hamma xalqlarda bir xil bo‘lib kelgan.
* * *
Bugungi kundagi har qanday voqelik o‘tgan kunning hosilasi va kelajakning otasidir… Sababning
bechigal, mustahkam zanjiri mangudir. Taqdiri azal tabiatning yaxlit qonunidir.
* * *
Bid’at – insoniyatning eng mudhish g‘animi.
* * *