Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


deb baho berganlar. Benjamin Franklin 84 yoshida vafot etdi va butun Amerika xalqi 30



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/184
tarix03.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#151940
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   184
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf

deb baho berganlar. Benjamin Franklin 84 yoshida vafot etdi va butun Amerika xalqi 30 
kun motam tutdi. Uning nomi insoniyat ko‘rki, ilm, ozodlik va Vatan uchun beqiyos 
xizmat ko‘rsatgan daho sifatida «Insoniyatning eng buyuk namoyandalari» ro‘yxatiga 
kiritilgan. 
* * * 
Deyl Karnegi shunday yozgandi: «Agar siz odamlar bilan qanday muomalada bo‘lish, o‘zingizni 
qanday boshqarish va qaysi yo‘l bilan fazilatlaringizni kamolga yetkazish haqida a’lo maslahatlar 
olishni istasangiz, Benjamin Franklinning tarjimai holini o‘qing… Benjamin o‘z xotiralarida o‘zidagi eng 
katta qusur – bahslashish odatini qanday qilib yo‘qotgani va Amerika tarixidagi eng bilimdon, adabli, 
farosatli odamga aylangani haqida hikoya qiladi…» 
* * * 
Ma’naviyatdan mahrum siyosatda qonunlar nima ham qila olardi? 
* * * 
O’ylaymanki, fikrlar haqida ularning ta’siri va natijasiga qarab hukm chiqarmoq kerak. 
* * * 
Hamma bilan xushmuomala, ko‘pchilik bilan dilkash, ayrimlar bilan esa betakalluf bo‘l. 
* * * 
Siz bahsga kirishib, qiziqqonlik bilan suhbatdoshingizning fikrlarini rad etishingiz va g‘olib 
chiqishingiz mumkin. Lekin bu g‘alaba hech qanday naf keltirmaydi. Chunki hech qachon siz bilan 
bahslashgan muxolifingizning xayrixohligiga erisholmaysiz. 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
181
* * * 
Uch ko‘chish bir yong‘in bilan teng. 
* * * 
Dangasalik zangga o‘xshaydi. Narsalar ko‘p ishlash oqibatida emas, zangdan tezroq yemiriladi.
* * * 
Men asta-sekinlik bilan shunga ishonch hosil qildimki, insonlararo munosabatdagi samimiylik, 
haqiqatgo‘ylik va haqqoniylik hayotiy baxtga erishishda katta ahamiyatga ega. 
* * * 
Tajriba — qimmatli maktab. Lekin ahmoqlar uchun shundan o‘zga maktab bo‘lmasa nima qilish 
kerak? 
* * * 
Agar sen aql-zakovatga quloq tutmasang, u albatta qasos oladi. 
* * * 
Navbatdagi istaklarni qondirishdan ko‘ra, birinchisini yengish osonroqdir. 
* * * 
Ishlatiladigan kalit doimo yaltillab turadi.
* * * 
Shunday odamlar borki, diniy e’tiqodga ega bo‘la turib, juda notavonlar. Ular bu e’tiqoddan ham 
mahrum bo‘lsalar, nima qilarkinlar? 
* * * 
Biz uchun tabiat o‘z qonunlarini qanday qilib amalga oshirishini emas, balki shu qonunlarning o‘zini 
bilish muhimdir. Ya’ni, havoga irg‘itilgan chinni idishning yerga tushib sinishini bilish foydali. Lekin: «U 
qanday qilib yerga tushadi va nima uchun sinadi?» – degan savol ahmoqonadir. Albatta, bu savolga 
javob topish yoqimli. Ammo biz shusiz ham chinni idishni butun saqlab qola olamiz-ku! 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin