Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
6
donishmandlik payida bo‘lardilar».
ZEVS
VA ILON
Zevs to‘y qilayotgan edi. Hamma hayvonlar topganlarini unga sovg‘a qilib keltirishdi. Ilon ham gul
tishlagan ko‘yi sudralib keldi. Zevs ilonni ko‘rib shunday dedi: «Men boshqalarning sovg‘asini qabul
qilaman. Ammo sening tishingdagi tuhfani olmayman».
Masaldan
xulosa shuki, yomon odamlarning yaxshili-gida ham xatar bor.
QARIYA VA AJAL
Bir qariya o‘rmonda o‘tin kesib, uni uyi tomon sudray boshladi. Yo‘l juda olis edi. Qariya holdan
toyib, o‘tinni
tashladi-da, Yaratgandan o‘ziga o‘lim tilab yolvordi. Shunda Ajal hozir bo‘ldi va qariyadan
nima uchun yo‘qlaganini so‘radi. Qariya Ajalga shunday javob berdi: «O’tinimni ko‘tarishib
yuborishing uchun seni chorlagandim».
Qissadan hissa shuki, inson qanchalar baxtsiz bo‘lmasin, hayot baribir shirin.
* * *
Shohlarga yo
umuman yaqinlashmaslik kerak, yo faqat ularga yoqadigan so‘zlarni aytmoq lozim.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: