Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf
KRITLIK EPIMENID (Miloddan avvalgi VI asr)
Afsonaviy yunon donishmandi Epimenid Krit orolida tug‘ilgan. U donishmand Solon bilan yaqin do‘st bo‘lgan. Solonga qonunlarni tuzishda ko‘maklashgan. Miloddan avvalgi 596 yilda Epimenid Afina shahrini vabo epidemiyasidan saqlab qolgan. Manbalarda yozilishicha, faylasuf 300 yildan ortiq umr ko‘rgan. * * *
Epimenidning yolg‘on so‘zlagan kritlik haqidagi mantiqiy ziddiyati necha asrlardan buyon
donishmandlar uchun yechib bo‘lmas muammoligicha qolayotir. Bu zidlamaning mazmuni shunday:
«Bir kritlik so‘zlay turib: «Men aldayapman», deydi yoki: «Hozir men aytadigan so‘zlar yolg‘on»,
deyishi mumkin. Yo bo‘lmasa bunday deydi: «Aytgan so‘zlarimning bari yolg‘on». Agar so‘zlovchi
chindanam yolg‘on gapirgan bo‘lsa, uning iqrori — haqiqat. Aksincha, so‘zlovchining aytganlari chin
bo‘lsa-yu, «yolg‘on gapirdim», desa, u rostdan ham yolg‘on gapirgan. Shunday qilib, agar
so‘zlovchining iqrori rost bo‘lsa, u yolg‘on gapirayotgan bo‘ladi, aksincha, uning iqrori yolg‘on bo‘lsa,
gaplari rostdir.
Ushbu mantiqiy ziddiyatning kashf etilishi ko‘plab faylasuflarni boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘ydi.
Faylasuf Xristipp (miloddan avvalgi 281-208-yillar) ana shu zidlamaga bag‘ishlangan uchta kitob
yozdi. Kosslik Filet ismli donishmand esa bosh qotira-qotira, ziddiyatni yecholmagach, alam ustida o‘z
joniga qasd qildi.
Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, taniqli yunon olimi, mantiq ilmining bilimdoni Diodor Kronos
(miloddan avvalgi 307 yilda vafot etgan) hayotining so‘nggi yillarida ushbu zidlamani yechishga bel
bog‘lagan. U yechimni topmaguncha ovqat yemaslikka ont ichgan va oxir-oqibat bandalikni bajo
keltirgan.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
9