yangi shohi deb hisoblashgan. Qur’oni karimda shunday oyat keltiriladi. «Eslang (Ey
Muhammad), Olloh aytgan edi: «Ey Iso binni Maryam, senga va volidangga bergan
ne’matimni — seni Ruhul-Qudus (Jabroil) bilan quvvatlantirganimda odamlarga beshikda
(go‘dakligingda) ham balog‘atga yetgan holingdagi kabi so‘zlaganingni, senga Kitob —
xat va hikmat — ilmni, Tavrot va Injilni bildirganimni va Mening iznim-ixtiyorim bilan
loydan qush timsolini yasaganingni, so‘ngra unga puflaganingda, Mening iznim-ixtiyorim
bilan rostakam qushga aylanganini, Mening iznim-ixtiyorim bilan ko‘r va peslarni
tuzatganingni va Mening iznim-ixtiyorim bilan o‘liklarni (tiriltirib, qabrlardan)
chiqarganingni eslagin!» (Moida surasi, 110-oyat).
Iso alayhissalom o‘z ta’limotini ko‘proq masallar orqali bayon etgan. Uning chuqur,
ma’nodor va o‘ta mukammal tarzda ifodalangan fikrlari, har bir iborasi, so‘zlari hammani
hayratga solib, maftun etgan. Barcha buyuk zotlar kabi Iso alayhissalomning ham
g‘animlari bo‘lgan. Ana shu g‘animlari orasidan o‘rin olgan yaqin shogirdining sotqinligi
tufayli Iso xalqni g‘alayonga da’vat qilganlikda ayblangan. U Rum hukmdori Pontiy
Pilatning farmoni bilan dahshatli va azobli o‘lim jazosiga hukm qilingan.
Iso alayhissalomni tiriklayin xochga mixlab qatl etganlar.
* * *
Amalsiz e’tiqod — o‘lim.
* * *
Odamlarni ayblamang, shunda siz ham ayblanmaysiz, aks holda ularni qanday ayblagan bo‘lsangiz,
siz ham shunday ayblanasiz. O’zgalarning aybini qaysi qarichda o‘lchasangiz, sizniki ham o‘sha
mezonda o‘lchanadi.
* * *
Siz so‘rang — olarsiz, izlang — toparsiz, eshikni qoqing va u ochilgusidir. Har bir so‘rovchi oladi,
izlovchi topadi va keluvchiga eshik ochiladi.
* * *
Kim o‘zini osmon tutsa, yer bo‘lajak, o‘zni yer bilganlar esa osmon bo‘lajak.
* * *
Qo‘lga shamshir tutganlar uning tig‘idan halok bo‘lg‘aylar.
* * *
Kim senga g‘anim bo‘lsa, ketingda turgay.
* * *
So‘qir so‘qirni yetaklashi mumkinmi?
Har ikkisi chohga qulamaydimi, axir?
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
87
* * *
Qalbingizni sabr bilan qutqaring.
* * *
Sizga haqiqatni va yana haqiqatni aytaman: agar tuproqqa tushgan bug‘doy urug‘i unib chiqmasa,
yakkaligicha qolaveradi, agar tutib ketsa, katta xazinaga aylanadi.
* * *
O’zingizni bilmasangiz, qashshoqlikka duchor bo‘lasiz.
* * *
Baland tog‘ ustida qurilgan mustahkam shahar qulamaydi, ammo sirli bo‘lolmaydi.
* * *
Eshak tegirmon atrofida aylanib, 1000 mil masofani bosib o‘tibdi. Uni bo‘shatganlarida avvalgi
joyidan qimirlamagani ko‘rindi. Shunday odamlar borki, ko‘p yuradilar-u, ammo turgan joylaridan
siljimaydilar.
* * *
Havoriylar (Isoning shogirdlari) Iso alayhissalomdan so‘radilar:
— Bizning intihomiz qanday?
Iso alayhissalom shunday javob qaytardilar:
— Intihoni izlashdan avval ibtidoni topib oldingizmi? Zero, ibtido qaerda bo‘lsa, intiho ham o‘sha
yerdadir. Ibtidoni topgan odam saodatmanddir. Chunki u intihoni anglaydi va mangulikka doxil
bo‘ladi.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: |