saqlanib qolgan.
* * *
Quyosh, Oy, Osmon, Yer va dengiz butun insoniyatga birdek tegishli. Insonlar xoh shimolda, xoh
janubda yashasinlar, xoh yunon, xoh o‘zga yurtlik bo‘lsinlar, yagona Xudoga sig‘inadilar. Insonlar
Yaratuvchini turlicha nomlar bilan atasalar-da, butun olamga yolg‘iz Xudo hokimlik qiladi. Hamma
yerda ayni bir kuch hukmrondir. Faqat qalbni ilohiyot sari yo‘llovchi nomlar, timsollar va
marosimlargina turlicha, xolos.
* * *
Borliq — harakatdir.
* * *
Eshitish qobiliyati inson qalbini barcha sezgilardan ko‘ra osonroq chalg‘itib, tezroq hayajonga soladi
va aql-idrok bilan mulohaza yuritish qobiliyatidan mahrum etadi.
* * *
Insonning tabiati aslida o‘zgarmasdir. Ammo taqdir har xil yangi umidlar tug‘dirib, yangi
tashabbuslar sari boshlaydi.
* * *
Urush yovuzlikdir. Adolatsizlik va zo‘ravonlik unga doimo hamroh. Ammo vijdonli odam urushda
ham muayyan qoidalarga amal qiladi. U pastkashlik va jinoyat yo‘li bilan qo‘lga kiritiladigan g‘alaba
ketidan quvmaydi.
* * *
Buyuk sarkarda boshqalar tomonidan sodir etiladigan sotqinlikka emas, o‘z kuchiga tayanib, jang
olib borishni afzal deb hisoblaydi.
* * *
Yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqib, zarur narsani olishga ikkilangan kimsa qo‘rqoq va qat’iyatsizdir.
* * *
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
96
Kichik nuqsonlar, ayniqsa, hokimiyat ishonib topshirilgan zotlarda katta bo‘lib ko‘rinadi.
* * *
Tinch-xotirjam bo‘lishni istovchilar muhtojlikda yashashni o‘rganmoqlari lozim.
* * *
Eng zafarli harakatlarda ham ezgulik yoki axloqsizlik ochiq namoyon bo‘lavermaydi. Goho
qandaydir arzimas bir qiliq, so‘z yoki hazil inson fe’l-atvorini o‘n minglab odamlar halok bo‘ladigan
jangdagidan ko‘ra aniqroq va ro‘y-rost namoyon etadi.
* * *
Hamdardlik — o‘zgalarning baxtsizligidan aziyat chekish, hasad — birovlarning baxtini ko‘rib
g‘amga botish.
* * *
Ichiqoralik — o‘zgalarning musibatidan lazzatlanish demak.
* * *
Hech bir aytilgan so‘z aytilmay qolgan so‘zchalik foyda keltirmagan.
* * *
Har qanday adashish halokatlidir. Ehtiros hamroh bo‘lgan adashish esa ikki karra halokatliroq.
* * *
Biz ko‘pincha javobga muhtojligimiz tufayli emas, balki o‘zgalarning ovozini eshitib, ularni o‘zimizga
og‘dirib, suhbatga tortish uchun savol beramiz.
* * *
Kishining o‘ziga ortiqcha ishonib, ko‘hna e’tiqod va urf-odatlarni pisand etmasligi oqibatida xatoga
yo‘l qo‘yganidan ko‘ra, ularga ehtiyotkorona amal qilish natijasida adashmoqligi afzaldir.
* * *
Menimcha dag‘allikning ham, jur’atsizlikning ham ildizi ilmsizlikka borib taqaladi.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: |