www.ziyouz.com кутубхонаси
88
SENEKA KICHIK LUTSIY ANNEY (Miloddan avvalgi (taxminan) 4 yilda tug‘ilib, milodning 65 yilida vafot etgan)
Qadimgi Rim shahrida yashab o‘tgan faylasuf, shoir va siyosiy arbob Senekaning vatani Ispaniya edi. Otasi uni go‘daklik chog‘ida Rimga olib keldi. Seneka bu yerda Pifagorning izdoshi Sotion qo‘lida tahsil oldi. Seneka Kichik Agrippinning o‘g‘li, 11 yoshli bo‘lajak imperator Neronga murabbiylik qilgan. U o‘z ta’limotlarida haqiqiy falsafada bir-biriga sira o‘xshamaydigan nazariyotchilarning g‘oyalari amalda bir narsaga borib taqalishini ochib berishga intilgan. Taqdirni qarangki, Senekaning peshonasiga telba imperator Kaligula (37-41 yillar), aqli zaif hukmdor Klavdiy (41-54 yillar) hamda shafqatsizlik bobida dong taratgan imperator Neron (54-68 yillar)ning xizmatida bo‘lish yozilgandi (Neron milodning 68 yili 7 iyun kuni o‘z joniga qasd qilgan). Seneka o‘z qarashlarini quyidagi asarlarida bayon etgan: «Lutsilliyga bitilgan axloqiy maktublar» (Ushbu qo‘lyozma Senekaning eng yirik asari bo‘lib, uning asl nusxasi hozirga qadar saqlanib qolgan) «Tabiatshunoslik masalalari» «Baxtli hayot haqida» «Taqdiri ilohiy haqida» «Qahru g‘azab haqida» «Ruhiy xotirjamlik haqida» «Rahm-shafqat haqida» «Yupanch» Bundan tashqari Senekaning «Medeya», «Fedra», «Edip», «Agamenon» deb nomlanuvchi fojiaviy asarlari ham ma’lum. Seneka qo‘l urgan mavzular keng ko‘lamli bo‘lib, ularning har biri ma’lum maqsadlarga yo‘naltirilgandir. Quyida biz ulardan ba’zilarini sanab o‘tmoqchimiz: — ruhiy kamolotga yetish yo‘lida vaqtdan foydalana bilish;