20
1 D
Tayanch so‘z va iboralar:
xotira, favqulodda, aql-zakovat, mujassam,
yaratmoq, faxrlanmoq, zehn, ayon bo‘lmoq, ma’qul ko‘rmoq, kechmish,
loysuvoq uylar, saqlanmoq,
xat-savodli, dag‘dag‘a, olomon, tag-tomiri bilan
yo‘q qilmoq, farahbaxsh, shu taxlit, ezib tashlamoq, jonsarak, chiniqtirmoq,
otamning huzuriga bormoq, chayqalmoq, ulug‘vorlik, ko‘lmak, ayni
zamonda, to‘qay, ko‘nikmoq, faxrlanmoq, ta’qib, kom, qiyofa, g‘amgin.
Savollarga javob bering:
1.
Chingiz Aytmatov haqida nimalarni bilasiz?
2.
Yozuvchining qanday asarlarini o‘qigansiz?
Matnni o‘qing
BOLALIGIM
I
. Bolaligim haqidagi ilk
xotiralarimni
rahmatli katta buvim
Oyimxonni eslash bilan boshlamoq
burchimdir. Buvimda favqulodda
bir insoniy sifatlar mujassam edi.
Ovulda aql-zakovati, obro‘-e’tibori
bilan ajralib turardi. Xudo uni
tabiatan dono qilib yaratgan edi.
Undan juda ko‘p narsani o‘rgangan
otam ham onasi bilan faxrlanardi.
Katta buvim besh farzand
ko‘rgan – uch qiz va ikki o‘g‘il.
Uchinchi farzand mening otam –
To‘raqul. Eng kenjasi esa –
Risqulbek amakim. Risqulbek
amakim o‘tkir zehnli, bilimli kishi
bo‘lgan. Aytishlaricha, menga
“Chingiz” deb ism qo‘yishni ham u
kishi taklif etgan ekan. Kechmish
tarixni
yaxshi bilgani shundan ham
ayon – bundaylar bolalariga
tarixdagi buyuk shaxslar nomini
qo‘yishni ma’qul ko‘radi.
II
. Otamni eslashim bilan
Farg‘ona tarafdagi loysuvoq uylar
ko‘z oldimga keladi. Farg‘onaning
turmush tarzi bir boshqacha. El
birlashib ahil, inoq yashaydi.
Qishloqlarda ayol-erkak ittifoq-dosh,
oqsoqolning so‘zini yerga
tashlamaydi. Ular yaxshi-yomon
kunlarda doimo birga bo‘ladi.
Bunday ahillik bugungi kunga qadar
O‘zbekistonda saqlanib qolgan.
Ming to‘qqiz yuz o‘ttiz
to‘rtinchi yilning boshi. Mening
olti yoshli bolalik kezim. Otam
To‘raqul o‘z elining taniqli
insonlaridan biri bo‘lgan. Xat-
savodi erta chiqqan. Jambuldagi
Avliyoota
nomli rus maktabini
bitirgan, o‘ttizga yetar-yetmas
davlat idorasida ishlagan odam edi.
…yangi siyosatga o‘zini urgan,
hukumat to‘p-to‘p qilib o‘qitib,
odamlarning xat-savodini chiqarish
chorasini ko‘rar, o‘zicha ozodlikka
chiqqan olomon boy va quloqlarni
tag-tomiridan yo‘q qilamiz degan
shior ostida yashar, shu taxlit
kelajakning farahbaxsh kunlarini
kutar edi.
21
III
. Aravon tumani Farg‘ona
vodiysining paxta ekiladigan
mintaqasi hisoblanadi. Paxta qora ter
bilan ko‘karib,
mehnat bilan
oqaradigan bir o‘simlikdir. Otam shu
ishlarga bosh-qosh edi. U tun-u kun
aravada yurar, har doim el orasida
edi.
Bolaligim ocharchilikda o‘tdi.
Bir kuni otam ikkimiz Andijonga
bordik. Uzoq yo‘l yurdik. Yo‘l bo‘yi
uchragan odamlar otam bilan
salomlashar, allanimalarni so‘rardi.
Xalqning yashash sharoiti og‘ir edi.
Qanchalik qayg‘uli savol bermasin,
otam umidlantiruvchi qaytarardi.
Yolg‘iz umid shu kollektiv-
lashtirishda bo‘lsa-da, og‘ir hayot
xalqning belini bukib, ezib tashlagan
edi. Ana shu
tashvishlarning barchasi
bir odamga – aqlli, har doim
jonsarak, toliqmay ishlaydigan
otamga bog‘lanib qolgan edi.
Bir oz fursat o‘tgach, otamni
Moskvaga yuborishdi. Buning
sababini bilmas edim. Men faqat bir
narsani bilardim – biz Frunze
(hozirgi Bishkek)ga qaytib kelgan
bo‘lsak-da, otam uyga deyarli qadam
bosmasdi. Keyin bilsam, Moskvaga
o‘qishga ketibdi. Yuqori tashkilotlar
davlat
ishidagi taniqli arboblarni
siyosiy jihatdan yanada chiniqtirish
uchun Qizil professorlar institutiga
o‘qishga jo‘natayotgan ekan. Ular
orasida otam ham bor edi. Biz bir
otadan uch farzand edik: men, opam
va ukam.
IV
. Shunday qilib, onamiz bizni
otamiz huzuriga – Moskvaga olib
boradigan kun ham yetib keldi.
…Poyezdda roppa-posa besh kun
yurdik. Umrimda ilk bor Moskvaga
boryapmiz. Moskvaga – otajonim
huzuriga boryapman. Onam o‘sha
yerda o‘qishimizni orzu qilardi. Otam
ham Moskvada so‘qqabosh bo‘lib
yashayotganini rahbarlarga arz qilib,
bola-chaqasini
olib kelishga ruxsat
olgan ekan.
O‘sha safar-sayohatning esdan
chiqmas xotiralari Orol ko‘li
sohillarida qolib ketdi. Bu ko‘l u
paytlarda bepayon sahroning
o‘rtasida chayqalib yotgan ko‘m-
ko‘k dengiz edi. Hayotimda ilk bor
ko‘rgan dengizim ham Orol edi.
Uning zalvorli to‘lqinlari temir yo‘l
izlariga kelib urilishi hali-hanuz ko‘z
o‘ngimda turibdi.
Hozir esa dengizning na o‘sha
ulug‘vorligi, na sehri qolgan. Suvi
qurib, o‘lib borayotgan bir ko‘lmakka
o‘xshaydi. Dunyo ahlining ayni
zamondagi ekologik vazifasi –
Orolning qadimiy holatini tiklashdan
iboratdir.
Orol ko‘lidan keyin ulug‘ Volga
daryosiga duch keldik. Yam-yashil
vodiylar-u cheksiz to‘qaylaroralab
Rossiyaga kirib bordik.
Moskvaning qadimiy va tarixiy
Vorovcskiy ko‘chasi hozir ham bor.
Bu ko‘chada keyinchalik menga
qadrdon bo‘lib qolgan Yozuvchilar
uyushmasi joylashgan. Shu
ko‘chadagi
beshinchi uyda biz
yashaganmiz. Moskvaga kelib, bu
yerning shart-sharoitiga asta-sekin
ko‘nikdik.
Dostları ilə paylaş: