Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
87
Dadam musallas qovoq, oyim mosh qovoq, men bel qovoq... — dedi. Kulishdilar. 
Ermakchilardan bittasi yuqorida osilg‘an qovoqni ko‘rsatib ajablandi: 
— Iyi-iyi, anuv kimning qovog‘i-ya? 
Devona suyukli qovog‘ini so‘rida ko‘rib quvona ketdi: 
— Voy xo‘varingni... jinnilar, voy esi yo‘q xo‘varilar! Qovog‘imni ber jinnilar! 
— Tuzik-tuzik, avliya. Qovog‘ingizni tushirib bersam nima berasiz? 
— So‘rag‘aningni ol, jinni... Oyim qishlog‘ig‘a bek bo‘l, tentak: tilla jabduqliq ot min
jinni... 
— Men Oyim qishlog‘ining bekligi uhdasidan chiqolmayman. Qovoqlaringizning kasbini 
aytib bersangiz bo‘ladi manga. Devona bu shartka ko‘ndi, qovoq tushi-rilib, devonaning 
qo‘lig‘a eson-omon tegdi. Mahbuba ortiqcha bir ehtiyot va e’tibor bilan belga — boshqa 
yo‘ldoshlari yonig‘a tugildi. 
— Qani, endi bo‘lsin, devona! 
Qovoq devona belidagi qovoqlardan bitta egri maymog‘ini ko‘rsatib: — Manov 
Musulmon cho‘loq, — dedi, uning yonidag‘i kichkina tomosha qovoqni turtib: bunov, 
Xudoybachcha (Xudoyorbachcha), — dedi, suv qovog‘ini erkalab «Nor kalla» 
(Normuhammad qushbegi), — dedi. Qolg‘an ikkita silliq qovoqchalarni «nosqovoq, 
yupqa tomoq», deb qo‘ydi. Ermakchilar ku-lishdilar. Bu qovoq o‘g‘rilari ichidan tezroq 
qochib quti-lish uchun ketishka intilgan edi, biravi ushlab qoldi. 
— To‘xtang hali, gap bor! — devona so‘kinib to‘xta-di.— Manavi belingizdagi belboqni 
qayerdan o‘g‘irlab oldingiz? 
— Qo‘y, juvonmarg bo‘g‘ur! 
— O‘tkan kuni o‘g‘irlatqan belbog‘ing shu emasmi, Karimqul? — deb yonidag‘ig‘a 
qaradi ermakchi. 
— Ha,  ha, xudda o‘g‘irlatqan belbog‘im, tutdik o‘g‘-rini! 
Qovoq devona xudda belbog‘idan ajrayturg‘andek ikki qo‘li bilan beliga yopishdi. 
— Saniki bu emas, tentak! 
— Yo‘q, xudda maniki shu, yesh, bo‘lmasa mirshab chaqiraman. 
— Xo‘varingni... nima deydi, bu! 
— To‘g‘ri ayt, buni qayerdan o‘g‘irlading?! 
Devona belbog‘ining tuguniga aztahidil yopishqani holda: 
— O‘g‘irlamadim, tentak, hoji pochchangni to‘yidan oldim, jinni! — dedi. 
— Hoji pochchang kim? Yolg‘on so‘zlama, o‘g‘ri! 
— Hoji pochchangni tanimaysanmi, tentak? 
— Toshkandda hoji pochchadan ko‘pi bormi, o‘g‘ri? 
Esing ketibdi, jinni... Yusufbe hojing-chi. Axir; to‘y bo‘ldi, bazm bo‘ldi, o‘g‘ul 
uylandi... qo‘y, juvonmarg, bo‘g‘ur! 
Devona ermakchilar qo‘lidan arang qutilib chiqdi. Ammo ularning ichidagi ko‘zini 
bog‘lag‘an bir kishi nima uchundir devonaning orqasidan ergashdi. Choyxonadan 
anchagina uzoqlashqan edilar. 
— Devona! — deb chaqirdi haligi ergashuvchi. 
Devona o‘ziga qarab kelguchi bu ko‘z og‘rig‘ini tanidi. Suyukli qovoqlar ustiga kelgan 
balo bo‘lmasin uchun, ketar ekan, qovoqlarini ehtiyotlab ushladi: 
— Nima deysan, ko‘z og‘rig‘i? 
— Qo‘rqmangiz, devona! — dedi ko‘z og‘rig‘i va adimlarini tezlatdi. 
— Nima ishing bor? 
— To‘xtang. 
Devona arang to‘xtadi. Ko‘z og‘rig‘i uni cho‘chitmas uchun naridan turib yonchig‘ini 
kavliy berdi. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin