Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
13
— Bor o‘g‘lim, bor, — dedi Hasanali, — agar da’vongiz to‘g‘ri bo‘lsa, menga chindan 
o‘z kishim deb qarasangiz o‘sha sirni yashirmangiz. 
Otabek to‘satdan o‘zgarib, boyag‘i asabiylik holatini yo‘qotti, shundog‘ bo‘lsa ham 
o‘zini yig‘ib kulgan bo‘ldi: 
— Hali shunaqa sizdan yashirin sirrim bormi? 
— Bor. 
— Bo‘lmasa,  marhamat qilib kashfingizni so‘zlangiz. 
Hasanali piyolani og‘ziga ko‘tarib, choyni ho‘pladi, kashfini ochti: 
— Marg‘ilong‘a kelgan kunlardan boshlab sizda qiziq bir holat bor, — dedi, — siz bu 
holatni «Marg‘ilon havosi yoqmadi» deb ta’bir qilsangiz ham men mundan boshqa 
narsalar payqayman... 
Otabek o‘ziga qattig‘ tikilib turg‘an Hasanalidan yuzini chetka burishka majbur bo‘ldi. 
Go‘yo bu sehrgar chol hamma sirrni betdan o‘qub olar edi. Hasanalini hamon o‘ziga 
tikilib turg‘anini bilib, manglayini qashig‘an bo‘ldi: 
— Xo‘sh, davom etingiz... 
— Bu sirringizni mendan yashirmoqchi bo‘lasiz, — dedi tamom qanoat bilan Hasanali, 
chunki, endi o‘z kashfiga juda ishong‘an edi. — Xayr, yashirmoqqa ham balki haqqingiz 
bordir... ammo shu ko‘yi sir saqlash bilan birar natijaga yetish mumkinmi? 
— ... 
Otabek qip-qizil qizarib gunohkorlardek yerga qara-g‘an edi. Hasanalining yuziga 
padorona tarahhum tusi kirib, keksalarga maxsus ohangdor bir tovush bilan bek-ning 
ustidagi og‘ir yukni ola boshladi: 
— Aybi yo‘q, o‘g‘lim, — dedi, — muhabbat juda oz yigitlarga muyassar bo‘ladig‘an 
yurak javharidir. Shuning bilan birga ko‘b vaqtlar kishiga zararlik ham bo‘lib chiqadir. 
Shuning uchun kuch sarf qilib bo‘lsa ham unitish, ko‘b o‘ylamaslik kerakdir. 
Bu keyingi gap bilan Otabek ko‘tarilib Hasanaliga qaradi va uzoq tin olib yana yerga 
boqdi. Go‘yo buning ila «unitish mumkin emas» degan qat’iy so‘zni aytkan edi. Orag‘a 
so‘zsizlik kirdi. Ikkisi ham fikrga tolg‘an edi. Hasanalining ortiqcha berilib o‘ylag‘an kezda 
soqolini qayirib tishlaydigan bir odati bo‘lib, hozir ham soqolini yamlash bilan mashg‘ul 
edi. Uzoq o‘ylag‘andan so‘ng ishning ochilmay qolg‘an qismini yeshishni boshqa vaqtg‘a 
qoldirmoqchi bo‘ldi. Chunki Otabek shuning o‘ziga ham yaxshigina qizarinib, bo‘rtingan 
edi. 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin