Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

*  *  * 
O‘z og‘zidan eshitkanimizdek Sodiq uni, Homidning ta’limoticha Qo‘qon darbozasidan 
chiqarib to karvonlarga qo‘shilib olg‘uncha ta’qib etib borgan edi. Otabek bu ta’qibni juda 
yaxshi sezganlikdan Sodiq yo‘lda qolg‘andan so‘ng ham yana bir bekat olding‘a borg‘an 
va ikkinchi bekatdan yo‘lni chaplab, Toshloq darbozasi orqaliq yana qaytib Marg‘ilong‘a 
kirgan edi. 
Usta Farfining Homid va o‘zi to‘g‘rilaridag‘i mudhish hikoyasini eshitkach, Marg‘ilonda 
qolish va qayin otasining uyiga borib onglashish o‘rniga juda oshig‘ichliq bilan 
Marg‘ilondan jo‘nab ketkan bo‘lib ko‘rinishi albatta o‘rinsizga emas edi. Chunki Komilbek 
o‘ldirilgan bir kunda Homidning ko‘z o‘ngida qolishi, bilaturib, o‘z-o‘ziga qabr qazish
qabrg‘ina emas nomusni barbod berish va qotilliq ismini olib xalq oldida sharmanda 
bo‘lish bo‘lur edi, nuchukkim, biz yuqorida Sodiq og‘zidan eshitkanimizdek Homid bu 
tuhmatdan ham qaytmas va o‘z tuhmatini mahkama oldida mantiqiy ra-vishda isbot 
ham qila olur edi. Mana ul shu mudhish, boshqa tushmog‘i aniq turg‘an halokatning daf’i 
uchun Marg‘ilondan oshig‘ich chiqib jo‘nag‘an edi. Orqasidan qiling‘an ta’qibni payqashi 
esa avvalo bu uning bir mulohazasi bo‘lg‘an edi, ikkinchi, otini egarlar ekan, devordan 
o‘zig‘a qarag‘an bosh bilan bu mulohazasini chinga chiqishini bilgan edi. Uchunchi
ko‘chada usta Alim bilan xayrlashar ekan, qo‘shnining yo‘lagida ko‘ringan kishi ko‘lagasi 
yana ta’qib etilishini ta’kidlagan edi. 
Marg‘ilondan ikkinchi bekatka qo‘nib, choyxonada bir-ikki choydish choy ichib uzoq 
o‘ylag‘an va Marg‘i-long‘a qaytish quruq tuhmatka qolish bilan farqsiz ekanligini yana bir 
qat tushungan edi esa-da, Homidni maydonda muzaffar holda qoldirib ketishni hech bir 
turlik yuragiga sig‘dira olmag‘an, g‘ayri rasmiy yashirinib bo‘lsa ham Marg‘ilonda 
turishka va turib Homidning mundan so‘nggi rejalarini o‘rganishka va shunga qarab 
kurash boshlashg‘a qaror bergan, shom bilan asr orala-rida Marg‘ilong‘a kirgan edi. Kelib 
birinchi kelishida tushkan saroyga joylashqan va joylashib tinchiy olmag‘an, ya’ni 
ta’qibini bu kundanoq boshlashg‘a qaror bergan. Homidning yomonliq korxonasi usta 
Alimning qo‘shnisinikida bo‘lg‘anlig‘i uchun hech bir taraddudsiz yo‘lni to‘g‘rilab 
Sodiqnikiga solg‘an ediki, biz mundan keyingi gaplarni yuqorida ko‘rib o‘tdik. 
Usta Alimning eshigini ochib chiqg‘ach, Sodiqning yo‘lagiga quloq solib g‘o‘ng‘ir-
g‘o‘ng‘ir kelgan tovushni eshitdi va sekin-sekin yo‘lg‘a tushdi. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin