Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
137
qolabersa men uni uylantirib qo‘ydim... Men birav bilan oshnachiliq qilsam, hatto, undan 
jonimni ham ayamay, ko‘nglini olmoqg‘a tirishaman. 
Sodiq: 
— Mutalboy sizni o‘bdan yaxshi biladir, Homid aka! Sizning qanday xizmatingiz 
borlig‘ig‘a ham qong‘an... Ammo uning sizdan bir iltimosi bor ekan. 
Homid: 
— Nima iltimosingiz bor, Mutalboy? 
Mutal (sarxush): 
— Bitta ya-ya-ya -rimtadan uch-to‘rt t-t-tanga q-q-qarz-larim bor edi, Homid aka. 
Homid: 
— Oshnaliq degan uch-to‘rt tanga bilan bog‘lana olmaydir, Mutalboy! Men sizga hali 
aytib qo‘ydim: ma-ning oshnalig‘im oshnadan jonni ham ayamasliq bilan bo‘ladir. Uch-
to‘rt tanga emas, muhtoj bo‘lsangiz o‘ttuz-qirq tanga ham so‘ray bering! 
Jannat opa: 
— Ilohi Homidboy murod-maqsadig‘a yetsin, qix. Oshna-og‘aynidan dunyo 
ayamaydir! 
Bir oz vaqt tanga tovshi eshitilib turg‘ach, Homidning ovozi keldi: 
— Mana, Mutal polvon, hozirga oz bo‘lsa ham shuni olib turarsiz, ammo xizmat 
haqingiz o‘z yo‘lig‘a bo‘-ladir. 
Sarxush: 
—  R-rahmat, H-homid aka, siz j-jonni ayamasangiz, m-men ham yo‘lingizga 
boshimni tikdim, jamshidning arvoyi! 
Sodiq: 
—  Bizning Mutalboy ham quruq yigit emas! 
Homid: 
— Dasturxonni yig‘ishtirib olingiz-chi, Jannat opa! 
Lagan-tovoqning bir-birisiga tekkan tovshi eshitilib, Otabek o‘zini ohistagina yo‘lakka 
oldi. O‘choq boshida bir-ikki daqiqa chamasi tovoq-qoshiq va oyoq tovshi eshitilib 
turg‘ach, Jannat opa havlig‘a tushib keldi va qo‘lidag‘i dasturxonni tut ostig‘a qoqib 
ketdi. Otabek qaytib kelib daricha ostig‘a o‘lturgan ham edi, Homidning shu so‘zini 
eshitib qoldi. 
— Eshikning zanjiriga bir qarab kelingiz-chi, imon topkur Jannat opa! 
Sodiq: 
— Qo‘rqasiz-da, Homid aka, eshikni o‘zim zanjirlaganman. 
Homid: 
— San hali yoshsan, inim Sodiqboy, siz chiqabe-ringiz, Jannat opa! 
Otabek uchun vaqt ortiq tang va qo‘rqunch edi. Xaroba uyga boray desa, Jannat 
opaning ko‘rib qolishi aniq edi. Eshikni ochib chiqib ketay desa, o‘lturishning maqsadi 
hali ochilmag‘an bo‘lib, butun mashaqqati shamolg‘a ketar edi. Joni halqumig‘a tiqilib 
tevaragiga alang‘ladi va yo‘lakdan nariroqda usta Alimning devorig‘a suyog‘liq turg‘an 
zanbilga ko‘zi tushdi. Zanbilning ostig‘a yashirinish juda ham xavfli edi esa-da, ammo 
o‘lturishning maqsadig‘a qonmay ketish undan ham xatarlik edi. Sir fosh bo‘la qolsa, uch 
dushmanga barobar hujum qilishni bo‘yniga olib qo‘ydi. Uy eshigi ochila boshlag‘anda 
zanbilning ostig‘a kirib olg‘an edi. O‘zini nechog‘liq siqib g‘ujanak qilg‘an bo‘lsa ham, 
ammo bir qarash bilan zanbil ostida kishi borlig‘ini bi-lish uncha qiyin emas edi. Zanbil 
ostida xanjarini qisimlab, go‘yo sichqonni poylag‘an mushukdek hujumga hozirlanib 
yotar edi. 
Jannat opa yo‘lakka tomon yurib keldi-da, zanbil ostidag‘ini payqamay yo‘lakka 
burildi. Oydindan eshik-ning zanjirligi aniq ko‘rinib turar edi. Shuning uchun eshik 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin