Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

16. O‘ZNI TANITISH 
Ertasi kun butun Marg‘ilon deyarlik Malikboyning maydonida voqi’ bo‘lg‘an ishka juda 
hayron edi: 
— Mutal bilan Sodiq bo‘lsa shaharning tomteshar yigitlaridan, ular qutidornikiga 
o‘g‘riliq uchun borg‘an bo‘lsalar borg‘andirlar... Lekin shaharning katta boylaridan 
hisoblang‘an Homidning ishi qiziq. Xayr, Homidning o‘g‘riliq hunari ham bor bo‘lsin, 
bularni kim o‘ldirgan? Qutidor bo‘lsa ertalab uyqudan turg‘ach, bu hangamani bilibdir, 
juda ajoyib! 
*  *  * 
Kuch choshkohga yetkanda Otabek saroy darbozasidan chiqdi. Ul o‘zining so‘l qo‘lini 
doka bilan o‘rab bog‘lag‘an va ko‘kragiga ko‘tarib ushlagan edi. Kecha Homid xanjarlik 
qo‘lini siltab tortqanda, xanjar uning bosh barmog‘i orasini suyakka yetkuncha shipirib 
ketkan edi. Uning oyog‘ olishida ham bir oz oqsoqlanish sezilar edi. 
Saroydan ancha uzoqlashqan edi, qarshidan o‘ziga qarab kelguchi Rahmatni ko‘rdi va 
chor-nochor so‘rash-moqqa to‘g‘ri keldi: 
— Ha, mulla Rahmat, salomatmisiz? 
Rahmat oshiqibg‘ina uning bilan ko‘rishdi: 
— Qachon keldingiz, bek aka? 
— Kelganimga bir-ikki kun bo‘ldi... Nega xafa ko‘rinasiz, mulla Rahmat? 
Rahmat uflab oldi: 
— Eyyy, bek aka, bizning boshka tushkanni dushmaningizga ham ko‘rsatmasin! 
Otabek ajabsinish tusi ko‘rsatib so‘radi: 
— Nima bo‘ldi, uy-ichingiz bilan salomatmisiz? 
— O‘zingiz bilasiz, bultur padar marhum bo‘lg‘an edilar, bu kun yana boshimizg‘a 
o‘lim tushaturg‘an bo‘lib qoldi, tog‘am Homidni allakimlar chavog‘lab ketibdirlar. 
Otabek ko‘zini olalantirg‘an bo‘ldi: 
— Qayerda, kimlar, yarasi qo‘rqunch emasmi? 
Rahmat voqi’ani qayerda bo‘lg‘anlig‘ini so‘zlab turmadi: 
Yarasi yomon, hushsiz holda hiqillab yotibdir. Qornini tikdirmakchi bo‘lg‘an edim, 
jarroh bo‘lmaydir, dedi. 
—Chavog‘lag‘uchini aytmadimi? 
— Til bo‘lsa aytadi-da, — dedi Rahmat, — ul yiqi-lib yotqan joyda yana ikki yigitning 
o‘lugi bor ekan... Shulardan zarb olg‘anmi deb o‘ylayman. 
— Xudo shifo bersin! — dedi Otabek. 
Ajralishdilar. 
Otabek usta Alimning ko‘chasiga burilg‘ach, Sodiq eshigida uch-to‘rtta bel bog‘lag‘an 
kishilarni tobut yasash bilan mashg‘ul ko‘rib tinchsizlanib ketdi. Usta Alimning yo‘lagiga 
kirar ekan, Jannat opa bilan yana bir xotinning yig‘i tovushlarini eshitdi... 
Janozaga tahorat olish uchun obdasta yonig‘a o‘lturgan usta Alim Toshkand jo‘nab 
ketkan Shokirbekni oradan uch-to‘rt kun o‘tmay qaytib kelishiga ajabsingan edi: 
Keling-keling, Shokirbek... Toshkand jo‘na-mag‘anmi edingiz?! 
Otabek ayvonning oldig‘a o‘lturar ekan, kuldi: 
— Toshkandga borib keldim... 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin